63
resurslarni aniqlash
– loyihadagi ishlarni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur
bo„ladigan resurslar talabini hisoblash;
qiymatni baholash
– loyiha bo„yicha ishlarni bajarish uchun zarur bo„ladigan
mehnat xarajatlari va resurslar qiymatini baholash;
loyiha byudjetini ishlab chiqish
– loyihani bajarish muddatlariga mos ravishda
ko„zda tutiladigan xarajatlar taqsimoti.
Shuni e‟tirof
etish zarurki, loyihaning qiymatini bajarish,avvalo,
loyihani
bajarish uchun zarur bo„ladigan resurslar sarfi bilan bog„liqdir. Shuning uchun ham
ushbu resurslarni to„g„ri aniqlash, miqdorlarini ilmiy asoslangan tarzda belgilash
muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ko„p sohalarda loyiha mahsulotini moliyaviy rivojlantirishni qo„llash, taqdim
etish va tahlil qilish ko„pincha loyihadan tashqarida amalga oshiriladi. Boshqa
sohalarda (masalan,
kapital qurilishda, hususan, GAT loyihalari asosida
bajariladigan ishlarda ham) bu ish loyiha qiymatini bajarish jarayoniga qo„shiladi.
Bunda albatta qo„shimcha jarayonlar paydo bo„ladi.
Bu jarayonlarda, masalan,
investitsiyalarning qiymatlari, pul miqdorlarining
diskontirlangan oqimi,
xarajatlarning qoplanishi va boshqalar ko„rib chiqiladi.
Loyihada qiymatni rejalashtirish va boshqarish yuqoridagilar bilan bir
qatorda alohida topshiriqlarga sarflangan xarajatlar, mukofotlar va boshqalar kabi
loyihaning barcha qo„shimcha sarf - xarajatlarini ham ko„rib
chiqishi va hisobga
olishi zarurdir.
Ba‟zi bir loyihalarda, ayniqsa, uncha katta bo„lmagan loyihalarda, resurslarni
rejalashtirish, qiymatni baholash va byudjetni ishlab chiqish ko„pincha bitta
jarayon sifatida qaraladi.Ushbu bo„limda u alohida
jarayonlar sifatida taqdim
etiladi, negaki ularning har birini bajarishda qo„llaniladigan usullar va vositalar
turlichadir.