Predmet sohani boshqarish rejasi




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

Predmet sohani boshqarish rejasi
. Bu hujjat loyihaning predmet sohasi 
qanday boshqarilishini hamda yuz berishi mumkin bo„ladigan o„zgarishlar 
loyihaga qay tarzda tushirilishini izohlaydi. Shuningdek, u loyihaning predmet 
sohasining ko„zda tutilgan barqarorligini baholashni o„zida mujassamlashtirgan 
bo„lishi zarur, ya‟ni uning o„zgarish ehtimoli qanday, qanchalik tez va qanchaga 
o„zgarishi mumkinligi ko„rsatiladi; predmet sohaning o„zgarishini izohlash 
qoidalari va tasnifi, bular ham murakkab va zaruriydir (agar mahsulotning 
tavsifnomasi yakuniy tarzda to„la aniqlanmagan bo„lsa). 


56 
Predmet sohani boshqarish rejasi odatda rasmiy yoki norasmiy, loyihaning 
talablariga ko„ra detallashtirilgan yoki umumiy bo„lishi mumkin. U loyiha yig„ma 
rejasining yordamchi hujjati bo„ladi. 
GAT loyihalarini rejalashtirish jarayonining muhim bosqichlaridan biri 
loyihaning predmet sohasini aniqlashdir. U o„z ichiga loyiha natijalarini (predmet 
sohani aniqlovchi hujjatda izohlangan ) ancha mayda va boshqariladigan 
komponentlarga ajratishni oladi. Bu tadbir asosan quyidagi maqsadlar uchun 
bajariladi: 
–loyiha ishlarining bajarilish muddatlari va davomiyligining, buning uchun 
resurslarning zaruriy miqdorlari va sarf-xarajatlari baholanishining aniqligini 
oshirish; 
–loyiha ishlarini bajarish va nazorat qilish darajasini aniqlash uchunasos 
yaratish; 
–loyihada mas‟uliyatning aniq taqsimlanishiga ta‟sir ko„rsatish. 
GAT 
loyihalarining 
predmet 
sohasini 
to„g„ri 
aniqlash 
loyiha 
muvaffaqiyatining eng asosiy zaminidir. Agar predmet soha yaxshi, aniq 
belgilanmagan bo„lsa, bunday hollarda yakuniy loyihaviy xarajatlar kutilmagan 
o„zgarishlar natijasida rejalashtirilganidan ancha yuqori bo„lishi mumkin. Bu esa, 
o„z navbatida, loyihaning maromini buzadi, bir qism ishlarni boshqalarga berishga 
majbur qiladi, loyihaning davomiyligini oshiradi, loyihani bajarishdagi 
unumdorlikni va jamoadagi psixologik muhitni pasaytiradi. Shu sababli ham 
loyihaning predmet sohasini aniqlab olish uni kelgusida to„g„ri amalga 
oshirishning muhim garovidir. 
GAT loyihasining predmet sohasini aniqlash masalasi quyidagi ko„rinishda 
aks ettirilishi mumkin: 
Quyidagilar berilgan: 
–loyihaning predmet sohasini aniqlovchi hujjat; 

predmet sohaga aniqlik kiritishga ta‟sir ko„rsatuvchi loyihaning kontseptual 
fazasida olingan rejalashtirish natijalari; 
–o„xshash loyihalarning bajarilishi to„g„risidagi arxiv ma‟lumotlari; 


57 
–loyihani amalga oshirish chog„ida qabul qilingan chegaralanishlar va 
taxminlar. 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda loyihani rejalashtirish va nazorat qilish uchun 
uning etarli darajadagi elementlarini aniqlash maqsadida loyihada imkoni boricha 
yanada tarkiblashtirishni o„tkazish talab qilinadi. 
GAT loyihalarini rejalashtirish jarayonida yuqoridagi tadbirlar bilan 
birgaloyihaning predmet sohasini aniqlashda foydalaniladigan axborotlarni ham 
aniqlab olish muhim. 
Agar loyiha shartnoma asosida bajarilsa, shartnomaning talablari loyihaning 
predmet sohasini aniqlash uchun asosiy omillardan biri bo„lib xizmat 
qiladi.Boshqa jarayonlarning natijalari va loyihani boshqarish funktsiyalari 
loyihaning predmet sohasini aniqlashdagi o„rni nuqtai nazaridan qaraladi. 
Loyihaning predmet sohasini aniqlash va rejalashtirishda arxivdagi tarixiy 
ma‟lumotlarga ham alohida e‟tibor beriladi. Umuman, oldin tuzilgan loyihalar 
to„g„risidagi ma‟lumotlar loyihaning predmet sohasini aniqlashda albatta e‟tiborga 
olinishi zarur. Bunday sharoitda tarixiy ma‟lumotlar deganda oldin bajarilgan 
o„xshashloyihalar to„g„risidagi, o„xshash sohalardagi loyihalarni bajarish 
tajribalarini umumlashtirish va tahlil qilish to„g„risidagi arxiv materiallari 
tushuniladi. Boshqa loyihalarda yo„l qo„yilgan xato va kamchiliklar to„g„risidagi 
ma‟lumotlar ham juda foydali bo„lishi mumkin. 

Download 2,58 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish