GAT loyihalarining predmet sohasini aniqlash usullari va vositalari




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

GAT loyihalarining predmet sohasini aniqlash usullari va vositalari.
Odatda, loyihaning predmet sohasini aniqlash uchun quyidagi usullar va 
vositalardan foydalaniladi: 
Ishlarni tarkibli maydalashtirish
. Oldin bajarilgan loyihalarni tarkibli 
maydalashtirish materiallari yangi tuzilayotgan loyiha uchun namunaviy model 
sifatida foydalanilishi mumkin. Ammo e‟tirof etish zarurki, har bir yangidan 
tuzilgan loyiha o„ziga xos muhim hujjatlar bo„lib, shu sababli ham ishlarni tarkibli 
maydalashtirish ko„p hollarda qaytadan, takroriy foydalanilishi mumkin, negaki 
loyihalarning katta qismi qandaydir darajada boshqa loyihalarni qaytaradi, bu 
tabiiy holdir. Umuman, loyiha ishlarini tarkibli maydalashtirish usulining asl 


58 
mohiyati–bu loyiha natijalarini o„lchamlari bo„yicha kichik va boshqarilishi oson 
bo„ladigan tarkibli elementlarga ajratishdan iboratdir. Tarkibli maydalashtirish 
usuli loyihalash jarayonida juda keng qo„llaniladi. Natijalarni maydalashtirish 
darajasi loyihani samarali rejalashtirish, bajarish, ishlarni nazorat qilish va 
loyihani yopish uchun etarli bo„lguniga qadar davom ettiriladi. 
Maydalashtirish quyidagi asosiy qadamlardan iborat bo„ladi: 
1.Loyihaning asosiy elementlarini aniqlash. Umumiy mazmunda bunga loyiha 
natijalari va loyihani boshqarishlar kirishi mumkin. Ammo asosiy elementlar 
doimo loyihani boshqarish kontseptsiyasini va boshlang„ich axborotlar 
mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanishi zarur. 
2.Loyihani boshqarish uchun ishlarni tarkibli maydalashtirish (ITM) ni 
berilgan elementining muddatlari va boshqa ko„rsatkichlarni, xarajatlarni 
baholashning detallashtirilganlik darajasi etarli ekanligi bo„yicha xulosa qilish. Har 
bir elementni alohida-alohida ko„rib chiqib, agar ijobiy javob olinsa 4 - qadamga 
va detallashtirish etarli bo„lmasa 3 - qadamga o„tish zarur. Bu holat shuni 
bildiradiki, ishlarni tarkibli maydalashtirishning turli elementlari turlicha 
detallashtirilish darajasiga egadir. 
3.Natijaning tashkil etuvchi elementlarini aniqlash. Ular loyiha ishlarini 
bajarish darajasini tavsiflaydigan, real o„lchanadigan natijalar sifatida namoyon 
bo„lishi hamda ushbu natijalarga erishish uchun zarur bo„lgan ishlarni bajarishning 
texnologik ketma-ketligi nuqtai nazaridan aniqlanishi zarur. Ular ko„pincha 
xizmatlar ko„rinishida ham, mahsulotlar ko„rinishida ham namoyon bo„lishlari 
mumkin. 
4.Maydalashtirishni yakuniy ravishda tasdiqlash. Bunday tasdiqlash amalga 
oshirilganidan so„ng loyihaning predmet sohasini aniqlash bo„yicha olingan 
natijalar o„rganiladi. 
GAT loyihalarining predmet sohasini aniqlash natijasida quyidagi axborotlar 
olinishi zarur: 
–loyiha predmet sohasini tasdiqlovchi hujjat hamda uni rivojlantirish uchun 
xizmat qiluvchi asos; 


59 
–loyiha predmet sohasini aniqlaydigan barcha ishlarni tarkibli 
maydalashtirish. ITMga kirmaydigan ishlar loyihaning predmetsohasidan 
tashqarida bo„ladi. 
ITMning pastki darajasidagi elementlar ko„pincha ishlar paketi deb yuritiladi. 
Bu paketlar ancha detallashgan elementlarga ajratilishi mumkin. Ular ko„pincha 
loyiha ishlarining tarkibini aniqlaydi. 
GAT loyihalarini rejalashtirish jarayonida ularni vaqt o„lchamlari doirasida 
ham rejalashtirish zarur, chunki har bir loyihani amalga oshirish ma‟lum bir 
belgilangan muddatlarda bajarilishi zarur.Ayniqsa,oqilona tuzilgan kalendar rejalar 
vositasida loyihani boshqarish ishlarni muvaffaqiyatli bajarishning hamda loyihani 
samarali 
boshqarishning 
zaruriy 
sharti 
bo„ladi. 
Loyihaning 
barcha 
shartlariningo„zaro kelishilgan tarzdagi ishi kalendar rejalar (ishlar jadvali) asosida 
tashkil etiladi. Kalendar rejani ishlab chiqish–bu loyiha ishlarini boshqarish va 
nihoyalash sohasini aniqlashdir. 
Kalendar reja debloyiha ishlarining to„la ro„yxatini,ularning ketma-ketligi va 
o„zaro bog„liqligini , bajarilish muddatlari va davomiyligini, shuningdek,loyiha 
ishlarini bajarish uchun zarur bo„ladigan ijrochilar va resurslarni belgilab beruvchi 
loyihaviy-texnologik hujjatga aytiladi. 
GAT loyihalarini bajarish uchun ko„p sonli rejalar tuziladi. Ular bir- biridan 
loyiha ishlariningqamrab olinishi va detallashtirilganligi, ularning mohiyati va 
funktsional qarashliligi bilan farq qiladi. Kalendar rejalar loyihaning butun davriga 
va uning bosqichlariga, boshqarishning turli darajalari hamda shartnoma tuzgan 
loyihani bajaruvchilar uchun tuziladi. Bundan tashqari, loyiha-smeta hujjatlarini 
ishlab chiqish va tayyorlash, materiallar va qurilmalarni etkazib berish jadvallari 
tuziladi. Rejalar to„plami loyiha rejalarining muvofiqlashtirilgan tizimidan iborat 
bo„lib, ularning asosini loyihaning strategik rejasi tashkil etadi. Bunday reja 
loyihaning turli bosqichlarini yagona bir strategiyaga bog„laydi, asosiy ishlarni va 
ularning bajarilish muddatlarini kelishadi. Loyihaning alohida bosqichlarini yoki 
uning butun bir majmuasini to„la bajarishga shartnoma tuzgan loyiha ijrochilari 


60 
o„zlarining ishlarini rejalashtirishda direktivali muvaqqat chegaralanishlar sifatida 
ushbu nazorat muddatlarini hisobga oladilar. 
Shunday qilib, muddatli parametrlar bo„yichaloyihani rejalashtirish kalendar 
rejalarni ishlab chiqish uchun birlamchi axborot sifatida echimlar natijasiga olib 
keluvchi vazifalarni (jarayonlarni) o„z ichiga oladi. Ular qatorida quyidagilarni 
e‟tirof etish mumkin:
–loyihaning natijalariga erishish uchun bajarilishi zarur bo„lgan ishlar 
ro„yxatini aniqlash; 
–ishlarning bajarilish ketma-ketligi va ular o„rtasidagi o„zaro bog„liqliklarni 
aniqlash; 
–ishlarning davomiyligini baholash,har bir alohida ishni bajarish uchun zarur 
bo„lgan vaqtni aniqlash; 
–ishlarni bajarish uchun zarur bo„lgan resurslarni aniqlash; 
–jadvalni ishlab chiqish,qabul qilingan tartib bo„yicha kalendar rejalashtirish 
masalalarini echish. 
Bu jarayonlar bir-biri bilan, shuningdek,loyihalarni boshqarishning boshqa 
funktsiyalari bilan o„zaro bog„liqdir. Har bir jarayon loyihaning o„lchamlari va 
murakkabligiga qarab bitta ishchi yoki bir guruh ishchilar harakatlarini talab qiladi. 
GAT loyihalarining kalendar rejasini ishlab chiqishda ushbu loyihaning 
barcha ishlar ro„yxatini aniqlash muhimdir, chunki bunday ishni bajarish loyiha 
ishlarining elementlarini yanada maydalashtirishga va shu asosda tarmoqli 
modellarni va boshqarishning pastki darajasi uchun loyihaning kalendar rejasini 
tuzish uchun etarli va zaruriy qismlarga bo„lishga imkon beradi.
GAT loyihalarini rejalashtirish jarayonida bajariladigan ishlar ro„yxatini 
aniqlash barcha ish turlarini aniqlash va hujjatlashtirishni o„z ichiga oladi. Loyiha 
ishlarining ro„yxatini aniqlashmasalalarini ijobiy hal qilish natijalari asosan 
loyihaningtarmoqli modelini va kalendar rejasini tuzish uchun zarur hamda 
umumiy tarzda quyidagicha shakllantirilishi mumkin. 
Odatda,quyidagilar beriladi: 
–loyihani asoslash ma‟lumotlari; 


61 
–loyihaning maqsadi va natijalari;
–loyiha ishlarini tarkibli tuzish; 
–loyiha ishlarini detallashtirish darajasiga talablar; 
–oldinbajarilgan loyihalar to„g„risidagi ma‟lumotlar. 
Yuqoridagi malumotlar va materiallar asosida vazifa shartlarini to„la 
qondiruvchi loyiha ishlarining ro„yxatini aniqlash talab qilinadi. 
Shuni alohida etirof etish zarurki, GAT loyihalari ishlarining ro„yxatini 
aniqlash uchun ham bir qator axborotlar zarur. Bunday axborotlar 
tarkibigayuqoridagilar kabi loyiha ishlarining tarkibiy ko„rinishi to„g„risidagi 
axborotlar, loyihaning predmet sohasini aniqlovchi hujjatlar, arxiv ma‟lumotlari va 
chegaralanishlarni kiritish mumkin. Aynan ushbu axborotlar va hujjatlardan 
foydalangan holda turli usullar yordamida loyiha ishlarining to„la ro„yxatini 
aniqlash mumkin bo„ladi. 
GAT loyihalarini rejalashtirish jarayonida loyiha ishlarining o„zaro 
bog„liqligini aniqlash ham muhim, chunki bunday o„zaro bog„liqliklar loyihaning 
butun bir yaxlitligini ta‟minlaydi. 
Loyiha ishlarining ketma-ketligini va o„zaro bog„liqligini aniqlash loyihani 
amalga oshirish jarayoni tashkiliy-texnologik modeli (TTM) ning vazifasi 
hisoblanadi.
TTM da loyihaning natijalari, loyiha ishlarining ro„yxati,ularning bajarilish 
ketma-ketligi va ular o„rtasidagi o„zaro bog„liqliklar, shuningdek, muvaqqat va 
texnologik chegaralanishlar shunday yoritilgan bo„lishi zarurki, bunda texnologik 
model modellashtiriladigan jarayonga etarli darajada o„xshash bo„lishi zarur. 
Modellarning o„xshashlik talablari shundan iboratki, ularning berilgan 
boshlang„ich ma‟lumotlario„zlarining aniqlik darajasi va detallashtirilganligi 
bo„yicha olinadigan natijalarning berilgan aniqligiga mos bo„lishi kerak. 
TTM ko„rgazmalilik, foydalanishning oddiyligi, tahlil qilishning qulayligi, 
uni tuzishda kam mehnat sarfi kabi sifatlarni o„zida jamlaydi. 


62 
Loyiha ishlarining o„zaro bog„liqligini aniqlash masalasini kun tartibiga 
qo„yish va uni hal qilish ham GAT loyihalarini amalga oshirishda muhimdir. 
Umuman olganda, bu masalani quyidagicha tartibda shakllantirish mumkin: 
Berilgan: 
–loyiha ishlarining ro„yxati va ularning tasnifi; 
–ishlar bajarilishining texnologik ketma-ketligi vatashkiliy shart-sharoitlari; 
–ishlarning o„zaro bog„liqligi va ularning tavsifi; 
–vaqtbo„yicha chegaralanishlar; 
–ishlarning bajarilish shartlariga chegaralanishlar; 
–tashqi chegaralar va o„zaro bog„liqliklar. 
Ushbu berilgan shartlar asosida loyihada rejalashtirish va nazorat qilishning 
o„rnatilgan talablarini qondiradigan tashkiliy-texnologik model (tarmoqli grafik, 
tarmoqli model) qurish talab qilinadi. 
Qayd qilish zarurki, loyihaning murakkabligiga, ko„lamiga, uning 
qatnashchilari soniga qarab boshqa model yoki ierarxik modellar tizimi qurilishi
mumkin. 
GAT loyihalaridagi ishlarning bajarilish ketma-ketligi va o„zaro bog„liqligini 
aniqlash uchun asosan quyidagi axborotlar zarur bo„ladi: 
–loyiha ishlarining ro„yxati va ularning tavsifi; 
–loyiha natijalarining izohi; 
–loyiha ishlarining texnologik ketma-ketligi; 
–ishlarning o„zaro bog„liqligi bo„yicha axborotlar; 
–vaqtbo„yicha chegaralanish axborotlari; 
–tashqi chegaralanishlar va o„zaro bog„liqliklar to„g„risidagi axborotlar. 
Aynan shunday tarzda loyiha ishlarini bajarish davomiyligini baholash amalga 
oshiriladi. 

Download 2,58 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GAT loyihalarining predmet sohasini aniqlash usullari va vositalari

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish