Loyihaning resurslarga bo„lgan talabini aniqlash . Loyiha ishlarining
jadvali tuzilganidan keyin loyiha ishlarini bajarish uchun zarur bo„ladigan
resurslarga talab grafigini tuzish mumkin. Resurslar iste‟molining katta hajmli va
muvaqqat
tavsiflari
odatda
loyiha
qiymatini
aniqlash
uchun
64
foydalaniladi.Loyihaning to„la qiymatini aniqlash uchun unda foydalaniladigan
quyidagi resurslarni hisobga olish zarur:
–mehnat resurslari;
–mashinalar, asbob-uskunalar;
–materiallar;
–pul vositalari;
–energetika resurslari;
–axborot resurslari;
–hisoblash va tashkil etish texnikasi;
–ishlab chiqarish maydonlari vaboshqa resurslar.
Shunday qilib, resurslarni rejalashtirish loyiha ishlarini muvaffaqiyatli
nihoyasiga etkazish uchun zarur bo„ladigan resurslar hamda ularning miqdorlarini
aniqlashni o„z ichiga oladi.Bu jarayon sarf- xarajatlarni aniqlash hamda
belgilangan aniq qiymatlar bilan qat‟iy muvofiqlashtirilgan bo„lishi zarur.
Masalan, GAT asosida ishlab chiqilgan qurilish loyihasini olib ko„raylik. Bunda
qurilish loyihasining komandasi, eng avvalo, mahalliy qurilish qoidalari va tartibi
bilan yaxshi tanish bo„lishi kerak. Bunday axborotni joydagi mahalliy
mutaxassislardan amalda bepul olish mumkin. Ammo mahalliy mehnat
resurslarining nostandart yoki maxsus qurilish texnologiyalari bilan ishlash
tartiblari etarli bo„lsa, mahalliy qurilish qoidalari to„g„risida bilimlar olish uchun
ancha samarali yo„l sifatida maslahatchini jalb qilishbo„yicha qo„shimcha
xarajatlarni kiritish mumkin.
Yangi avtomobilni yaratish komandasi avtomobillarni yig„ishning eng
so„nggi tehnologiyasi bilan yaxshi tanish bo„lishi kerak. Ushbu bilimlar
maslahatchilarni qo„llash, loyihachilarni qo„shimcha o„qishga yuborish yoki ishlab
chiqarish bo„limidan kimnidir komandaga qo„shish yo„li bilan olinishi mumkin.
Loyihada qiymatni rejalashtirish jarayonida loyihaning resurslarga bo„lgan
talabini aniqlash masalasini qo„yish ham muhimdir. Bu masalani loyiha oldiga
qo„yish quyidagicha shakllantirilishi mumkin,xususan, quyidagilar berilgan:
–loyihaning predmet sohasini aniqlovchi hujjat;
65
–tarkibli dekompozitsiya;
–loyiha ishlarining kalendar rejasi;
–resurslar mavjudligi;
–tashkilot siyosati va tarkibi;
–arxiv ma‟lumotlari;
–cheklanishlar.
Bunday holatda loyiha ishlarini bajarish va topshiriq shartlarini qondirish
uchun zarur bo„lgan resurslarning to„la ro„yxati va hajmini aniqlash talab qilinadi.