68
dasturlar smetalarni tuzish murakkabligini kamaytirishga hamda bir necha
alternativ, ya‟ni o„xshash variantlarni tahlil qilishga imkon beradi.
Odatda, smetalar tuzishning quyidagi turlari va metodlari ajratiladi:
Smetani analoglari bo„yicha tuzish.
O„xshashlari bo„yicha tuzilgan smetalar
yoki o„xshash smetalar loyihaning umumiy xarajatlarini hisoblash uchun
foydalaniladi. Bunday smetalar, ya‟ni ba‟zida «yuqoridan pastga» deb
nomlanadigan smetalarning mohiyati shundan iboratki, ular joriy loyihaning
smetasini tuzish uchun asos sifatida oldingi o„xshash loyihalarning haqiqiy
smetalaridan foydalanishni bildiradi. Bunday yondashuv, odatda, loyihaning
boshlag„ich fazasida, ya‟ni hali barcha zaruriy axborotlar to„la etarli bo„lmagan
paytida qo„llaniladi.
O„xshashlari bo„yicha tuzilgan smetalar boshqa usullardan foydalanishga
qaraganda kam xarajat bo„lsa-da, ammo shu bilan bir vaqtda aniqliklar va
tuzatishlar talab qiladi. Bunday smetalarning haqqoniyligi bajarilgan loyiha va
o„xshash loyihaning bir-biriga o„xshashlik darajasiga bog„liqdir.
Bunday smetalarni tuzishga umumiy yondashuvning mohiyati xarajatlar
umumiy summasini hisoblash uchun loyiha ishlari elementlarining individual,
ya‟ni alohida-alohida qiymatlarini aniqlash hamda jamlashdan iboratdir. Ushbu
tipdagi smetalar qiymatining haqiqiyligi qarab chiqiladigan ishlar elementlarining
o„lchamlari bilan aniqlanadi: elementlar qanchalik mayda bo„lsa,xarajatlar ham,
hisob-kitoblarning ishonchliligi ham shunchalik yuqori bo„ladi. Loyiha
komandasining vazifasi shundan iboratki, ular loyiha xarajatlarini kamaytirish va
loyiha qiymatini baholash ishonchliligini oshirish o„rtasidagi eng muhim echimni
topishlari zarur.