GATning mehnat va vositalarni tashkil etishga ta‟siri




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

 
3.3. GATning mehnat va vositalarni tashkil etishga ta‟siri 
 
Mehnat va vositalarni tashkil etish deganda ishlab chiqarish sohasida mehnat 
va vositalarni joy-joyiga qo„yish tushuniladi. Ishchi kuchi va ishlab chiqarish 
vositalarini birlashtirish moddiy boyliklar ishlab chiqarishning asosini tashkil 
etadi. Shuning uchun ham mehnat va vositalardan to„g„ri foydalanish, ularni to„g„ri 
tashkil etish har qanday ishlab chiqarishning muhim shartidir. 
Har qanday ishlab chiqarish korxonasida mehnatni tashkil etish oqilona 
bo„lishi, ya‟ni ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida iqtisodiy natijalarga 
erishish maqsadlarida fan yutuqlari va ilg„or tajribalar imkon qadar hisobga 
olingan bo„lishi, ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari to„liq hamda samarali 
foydalanilishi zarur. Ishlab chiqarish korxonalarining amaliyoti ko„rsatadiki, 
quyidagilarga rioya qilish mehnat va vositalarning samarali tashkil etilishiga zamin 
bo„ladi: 


85 
–kadrlarning doimiy tarkibi; 
–ishlab chiqarish vositalarining uzoq muddatga bitta sub‟ektga biriktirilishi; 
–mahsulot ishlab chiqarish bilan bog„liq ishlar majmuasining bitta mehnat 
jamoasi a‟zolari tomonidan bajarilishi; 
–ishlarning yakuniy natijalari bo„yicha moddiy manfaatdorlik; 
–ishlab chiqarish dasturi va shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda moddiy 
mas‟uliyat. 
Mehnat va vositalarni oqilona tashkil etishning asosiy yo„nalishlari 
quyidagilardir: 
–tarmoqlar bo„yicha ularni taqsimlash va kooperatsiyalash shakllarini 
takomillashtirish; 
–me‟yorlashtirish va mehnatga haq to„lashni takomillashtirish; 
–ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko„rsatishni yaxshilash; 
–mehnatning ilg„or usullarini qo„llash; 
–sanitariya-gigiena sharoitlarini yaxshilash; 
–ish jarayonlarini to„g„ri tashkil etish. 
Ma‟lumki, aksariyat mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida turli 
toifalardagi, kasblardagi ishchilar ishtirok etadilar. Mehnatni oqilona tashkil etish 
talablariga ko„ra ular o„rtasida shunday proportsiya va nisbatlar o„rnatilishi zarurki, 
bunda barcha ishlar yuqori sifatlarda imkoni boricha kamroq mehnat va vositalar 
sarfi bilan bajarilishiga imkon yaratilishi kerak. Ushbu muammoni hal qilishning 
asosiy echimi keng profilli kadrlar tayyorlashni yo„lga qo„yishdir. 
Mehnatni tashkil etish shakllarini va mehnat jamoalari o„lchamini to„g„ri 
tanlash, ularga mumkin qadar ko„proq erkinlik berish qo„shimcha sarf-xarajatlarsiz 
mehnat unumdorligini va bajariladigan ishlar sifatini oshiradi. 
Ishchilar tarkibiy soni asosan ikkita ko„rsatkich asosida hisoblanishi mumkin: 
ishlarning mehnat hajmi va bitta ishchining yillik ish vaqti fondi. Bunda quyidagi 
formuladan foydalaniladi: 
,
 


86 
bunda: 
K
s
– ishchilar soni, kishi; 
M
h
–ishlarning mehnat hajmi, odam/soat; 
F
y
–bitta ishchining yillik ish vaqti fondi, odam/soat. 
Shular nuqtai nazaridan ham bugungi kunning asosiy yo„nalishlaridan 
hisoblangan geoaxborot tizim (GAT) lari har qanday ishlab chiqarish jarayonida 
mehnat va vositalarni tashkil etishga ijobiy ta‟sir ko„rsatadigan omil sifatida tan 
olinmoqda. 
Ma‟lumki, GAT – bu real dunyo ob‟ektlarini kartalashtirish va tahlil qilish, 
shuningdek, sayyoramizda yuz berayotgan voqeliklarni tahlil qilishga 
yo„naltirilgan zamonaviy kompyuter texnologiyasi hisoblanadi. Bu texnologiya 
an‟anaviy ish operatsiyalarini ma‟lumotlar bazasi bilan, xususan, so„rov va statistik 
tahlil bilan, vizuallashtirishning afzalliklarini geografik tahlil bilan birlashtiradi. 
Bu GATni boshqa axborotlar tizimlaridan keskin farqlaydi hamda atrof-muhitdagi 
voqeliklar va hodisalarni tahlil va prognoz qilish bilan asosiy omillar va 
sabablarni ajratib olish va tushunib etish bilan bog„liq keng qamrovli masalalarni 
hal qilishda qo„llash, shuningdek, ularning bo„lishi mumkin bo„ladigan oqibatlarini 
aniqlash uchun ulkan imkoniyatlarni ta‟minlaydi. Kartalar yaratish va geografik 
tahlil qandaydir mutlaq yangi narsa emas. Ammo GAT texnologiyalari inson 
oldida turgan muammolarni tahlil qilish va masalalarni hal qilishning anchagina 
yangi, zamonaviy, anchagina samarali, qulay va tezkor yondashuvini taqdim etadi. 
U tahlil qilish va prognoz ishlarini avtomatlashtiradi. GAT qo„llanilguniga qadar 
zamonaviy yondashuvlar va vositalarga asoslangan optimal echimni asosli tarzda 
qabul qilish maqsadida geografik axborotlarni umumlashtirish va to„laqonli tahlil 
qilish imkoniyatiga uncha ko„p bo„lmagan mutaxassislar ega bo„lishgan. Bugungi 
kunda GAT – bu ko„p millionli industriya, unga dunyoning barcha 
mamlakatlaridan yuz minglab odamlar jalb qilingan. GAT maktablarda, kollej va 
universitetlarda o„qitilmoqda. Bu texnologiya amaliy jihatdan inson faoliyatining 
barcha jabhalarida qo„llaniladi. Shunday global muammolar sanalgan aholi 
sonining keskin oshib ketayotganligi, hududlarning ifloslanishi, o„rmonlarning 
qisqarishi, tabiiy ofatlar bilan birga xususiy, kichik masalalar hisoblangan punktlar 


87 
orasidagi eng maqbul yo„nalishni aniqlash, yangi ofis binosini eng maqbul 
joylashtirish, joylarda quvurlarni maqbul o„tkazish kabi mahalliy masalalarning 
barchasi ushbu texnologiya asosida hal qilinadi. Hududiy qamrab olishi bo„yicha 
GAT –global, subkontinental, milliy, ko„pincha davlat statusiga ega, regional, 
subregional va lokal yoki mahalliy GATlardan iborat bo„ladi. 
Axborot modellashtirishning predmet sohalari bo„yicha ham GAT bir qancha 
turlarga ajratiladi: shahar yoki munitsipal GAT, tabiatni muhofazalash GAT va 
hokazo. Shular ichida geoaxborotlar tizimi alohida ahamiyatga egadir. 
Yuqoridagilardan ko„rinib turibdiki, GAT texnologiyalari bugungi kunda 
keskin ravishda rivojlanayotgan asosiy texnologiyalardan biri bo„lib qolmoqda. 
Haqiqatan ham, inson faoliyatining barcha jabhalarida amaliy jihatdan biz karta, 
atlas, plan, sxema, diagramma va boshqalar ko„rinishidagi axborotlarga duch 
kelamiz. Bu metroning sxemasi, binoning plani, hududning ekologik monitoring 
plani, o„rmonlarni ekish plani, er kadastri kartasi va boshqalar bo„lishi mumkin. 
Demak, GAT bunday axborotlarni tezkorlik bilan to„plash va tahlil qilish, zarur 
ma‟lumotlarni tezkor ravishda topish va ularni foydalanishga qulay ko„rinishda 
yoritish imkonini beradi. GAT texnologiyalarini qo„llash an‟anaviy «qog„ozli»
uslub bilan taqqoslanganda, fazoviy-taqsimlangan axborotlar bilan ishlash sifatini 
va tezkorligini keskin oshirishga imkon beradi. 
An‟anaviy GAT texnologiyalari er kadastrida, tabiiy resurslar kadastrida, 
ekologiyada, ko„chmas mulk bilan ishlash sohasida hamda resurslarni tezkor 
boshqarish va qarorlar qabul qilish zarur bo„ladigan boshqa sohalarda qo„llaniladi. 
Hozirgi kunda shaharning elektron planlari, transport harakatining sxemasi va 
hokazo tiplardagi ommaviy foydalaniladigan GAT keng qo„llanila boshlandi. Ba‟zi 
bir hisob-kitoblarga ko„ra, foydalaniladigan axborotlarning 80–90 foizini GAT 
ko„rinishida berishimiz mumkin ekan. Shunday ekan, GAT yordamida ishlash 
qanday imkoniyatlarni beradi? Birinchidan, GATda karta bilan ishlash mumkin; 
ikkinchidan, GAT ko„rinishida atributiv axborotlar bilan ishlash mumkin; 
uchinchidan, GAT atributiv axborotlarini kartalarga bog„lash ishini bajarish 
mumkin. Natijada GAT axborot resurslari bilan oson va tezkor ishlashga imkon 


88 
beradi. Masalan, shahar hududida bizni qiziqtirgan ma‟lum bir tuman hududini 
yoki tuman markazini olib, unda aniq bir mavzeni ko„rsatadigan bo„lsak, ushbu 
mavzeda istiqomat qiladigan odamlar soni, ushbu hududdagi uy-joyning o„rtacha 
qiymati va boshqalar to„g„risidagi axborotlarni GAT yordamida olish mumkin. Shu 
bilan birga GATda ma‟lumotlar integratsiyalanadi, buning natijasida biz o„zimizni 
qiziqtirgan hudud bo„yicha turli toifadagi axborotlarni olishimiz mumkin. Bizdan 
ma‟lumotlarni ko„p sonli jadvallar ichidan qidirib yurish talab qilinmaydi, balki 
ularning barchasini birdaniga olamiz. Eng muhim afzallik shundan iboratki, GAT 
yordamida ko„rishimiz mumkin bo„lgan narsalarni jadvallarda ko„rmaymiz. 
Aynan: ko„chmas mulk ob‟ektining hududning boshqa qismlariga nisbatan 
joylashishi, kirib-chiqish yo„llari va kommunikatsiyalarning mavjudligi, shahar va 
tuman markazlaridan uzoqligi, er uchastkalarining qiymati va buning oqibatida 
ushbu uchastkaning jozibadorligi, shuningdek, boshqa qator tavsiflar. Bu 
ma‟lumotlar hudud tahlilini o„tkazishda juda muhimdir. 
Yuqoridagilar asosida e‟tirof etish mumkinki, zamonaviy GAT 
texnologiyalari har qanday korxona ishlab chiqarishini tashkil etishda ulardagi 
mehnat va vositalarni tashkil etishga so„zsiz ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 

Download 2,58 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 GATning mehnat va vositalarni tashkil etishga ta‟siri

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish