• 3.2. Loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash
  • Inspektsiya (tekshirish, audit




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/83
    Sana25.05.2024
    Hajmi2,58 Mb.
    #253842
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
    Bog'liq
    LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

    Inspektsiya (tekshirish, audit
    ). Bajarilgan ishlar va olingan natijalarni 
    rasmiy ravishda tasdiqlash hamda predmet soha ishlarining bajarilish darajasini 
    aniqlash uchun o„lchovlar, ekspertizalar, testlar amalga oshiriladi.
    Tahlil qilish.
    Loyihaning predmet sohasi holatini tahlil qilish va loyihaning 
    bajarilishini prognozlash ishlari o„tkaziladi.
    Loyihani bajarishda predmet sohani tasdiqlash natijalarini aniqlash ham 
    muhim jarayondir. Buning asosiy mohiyati shundan iboratki, bunda buyurtmachi 
    bajarilgan loyiha ishlarini ma‟qullagan va qabul qilganligini hujjatli tasdiqlagan 
    hisoblanadi hamda bu ishlarni qabul qilganligining rasmiy hujjati bo„ladi. Bunday 
    hujjat dalolatnomalar hisoblanadi va ular quyidagilar to„g„risida tuziladi: 
    –ishlarning bajarilishi; 
    –loyiha-smeta hujjatlarini qabul qilish; 
    –ob‟ektni foydalanishga topshirish va boshqalar. 
    Shunday qilib, oldin rejalashtirilgan GAT loyihalarini amaliyotga tatbiq qilish 
    yoki qo„llash ushbu loyihada ko„zda tutilgan sarf-xarajatlar asosida ishlarning 
    bajarilishini va buyurtmachilar (investorlar) tomonidan uning to„la qabul qilib 
    olinishini ko„zda tutadi. 


    78 
    3.2. Loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash 
     
    Har qanday loyihaning, xususan, GAT loyihasining zarurligi va 
    samaradorligini asoslaydigan asosiy hujjat – bu loyihaning texnik-iqtisodiy asosi 
    hisoblanadi. Bunday hujjat, birinchinavbatda, investor uchun zarurdir, chunki 
    ushbu hujjatga asoslangan holda u qandaydir loyihani moliyalash va asosiy 
    fondlarni yaratishva qayta tiklashga yo„naltirilgan kapital qo„yilmalar to„g„risida 
    yakuniy qarorlar qabul qiladi. Investor doimo o„zining foydalanishda 
    bo„lmaganbo„sh turgan vositalarini foydali tarzda biror-bir sohaga kiritishni 
    o„ylaydi. Unga o„zining vositalarini qaysi loyihaga qo„yishi, ushbu loyiha unga 
    qanchaga tushishi, qancha muddatdan so„ng loyihaga qo„yilgan vositalar foyda 
    olib kela boshlashi farqsiz emas. Aynan ushbu masalalar loyihaningtexnik-
    iqtisodiy asoslanishi yordamida hal qilinadi. 
    Agar asosiy fondlarga kapital mablag„larni moliyalash to„la ravishda yoki 
    ulushli tarzda davlat byudjetidan yoki uning byudjetdan tashqari fondlaridan
    vazirlik va idoralarning markazlashgan fondlaridan, shuningdek, davlat 
    korxonalarining o„z moliyaviy resurslaridan amalga oshirilsa, bunday hollarda 
    texnik-iqtisodiy asoslash majburiy hujjat bo„ladi. 
    Moliyalashning boshqa manbalari hisobiga loyihani asoslashning maqsadga 
    muvofiqligi bo„yicha, texnik-iqtisodiy ishlab chiqish zarurligi bo„yicha qaror 
    investor(buyurtmachi) tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi.
    Quyida qurilish loyihasini amalga oshirishda texnik-iqtisodiy asoslashni 
    tuzish uchun birlamchi ma‟lumotlarni keltiramiz. Aynan shunday ma‟lumotlar 
    ro„yxati GAT loyihalarini amalga oshirishdagi texnik-iqtisodiy asoslashda ham 
    bo„lishi mumkin: 
    1.
    Mamlakatni uzoq muddatli iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning 
    (masalan, 2020 yilgacha) prognoz ma‟lumotlari. 
    2.
    Ob‟ektni qurish ko„zda tutilganligi to„g„risidagi davlat va mahalliy 
    organlarning qarorlaridan nusxa. 
    3.
    Bo„lg„usi ob‟ekt (korxona) tomonidan xo„jalik faoliyatiga kiritiladigan 
    resurslarning holati, qurilishi ko„zda tutiladigan rayonning tabiiy atrof-muhiti 


    79 
    to„g„risida, infratuzilmalar to„g„risida, rekreatsion va alohida muhofaza qilinadigan 
    hududlar to„g„risidagi ma‟lumotlar. 
    4.
    Chetdan keltirilgan qurilmalarning ob‟ektda qo„llanish imkoniyatlari 
    to„g„risida ma‟lumotlar. 
    5.
    Pul va natural ko„rsatkichlarda namunaviy ishlab chiqarish dasturi, asosiy 
    va 
    qo„shimcha 
    mahsulotlarning 
    nomenklaturasi, 
    uning 
    sifatiga 
    va 
    raqobatbardoshligiga talablar. 
    6.
    Qurilish ob‟ekti(korxonasi) to„g„risida umumiy ma‟lumotlar, uning optimal 
    imkoniyatlarini aniqlash ma‟lumotlari. 
    7.
    Mavjud korxonalarda ishlab chiqarishni ko„paytirishning maqsadga 
    muvofiq emasligi yoki imkoniyati mavjud emasligi to„g„risida Monopoliyadan 
    chiqarish qo„mitasining xulosasi. 
    8.
    Texnologik jarayonlar, qurilmalar, mavjud bozorni tahlil qilish va uni 
    rivojlantirish tendentsiyalari bo„yicha oldin bajarilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-
    konstruktorlik ishlarining natijalari. 
    9.
    Qurilishi ko„zda tutiladigan ob‟ektning maydoni hamda ushbu ob‟ektni 
    tarmoqlar va kommunikatsiyalarga qo„shish mumkin bo„ladigan joylarni 
    ko„rsatgan holda o„rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-rejalashtirish 
    hujjatlaridan tanlab olingan qismlar. 
    10.
    Ob‟ekt qurilishi natijasida buzilishga tushgan bino va inshootlar 
    to„g„risidagi ma‟lumotlar, ko„chiriladigan fuqarolarning nisbatan soni to„g„risidagi 
    ma‟lumotlar. 
    11.
    Qurilishi ko„zda tutiladigan ob‟ektning o„ziga xos xususiyatlarini 
    tavsiflovchi boshqa ma‟lumotlar. 
    Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash hujjati asosan quyidagi maqsadlar uchun 
    ishlab chiqiladi: 
    1.
    Olingan kreditlar bo„yicha kreditorga yoki tashkilotlarga ushbu kreditlarga 
    kafolatlarni ta‟minlash, moliyaviy barqarorlikni va ulush majburiyatlarini bajarish 
    bo„yicha to„lov qobiliyatini tasdiqlash. 
    2.
    Kelishuv va ekspertizalarni amalga oshirish. 


    80 
    3.
    Davlat hokimiyati organlari va regional mahalliy davlat hokimiyati 
    organlari bilan soliq va boshqa imtiyozlar berish, shuningdek, subsidiyalar ajratish 
    va boshqalar bo„yicha muhokamalar olib borishda foydalanish. 
    4.
    Investor tomonidan qo„yilgan maqsadga erishishning o„xshash 
    variantlarini, shu jumladan loyihani moliyalashning turli manbalarini ishlab 
    chiqish. 
    5.
    Soliq, kredit, amortizatsiya siyosatlarini va mahalliy hokimiyat 
    organlarining siyosatini hisobga olish. 
    6.
    Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtiruvchi O„zbekiston Respublikasi 
    qonunlari va me‟yoriy hujjatlari talablarini, shuningdek, tabiiy resurslar va erdan 
    foydalanish shartlarini hisobga olish. 
    7.
    Bir tomondan investorlar manfaatlari, ikkinchi tomondan esa davlat va 
    regionlar manfaatlari muhofazasini ta‟minlash. 
    8.
    Sotsiologik tadqiqotlar va referendumlar o„tkazish. 
    Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash tegishli turdagi ishlarni va hisob-kitoblarni 
    bajarishga o„rnatilgan tartibda litsenziya va ruxsatnomalar olgan yuridik va 
    jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. U bilan buyurtmachi o„rtasida 
    shartnoma tuziladi. Buyurtmachi ba‟zida texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab 
    chiqishga tanlov ham e‟lon qilishi mumkin. Shartnomaga texnik-iqtisodiy asosni 
    ishlab chiqishga topshiriq ilova qilinadi. Unda investorning fikri bo„yicha rioya 
    qilinishi zarur bo„ladigan barcha talablar ko„rsatiladi. 
    Loyihaning maqsadga muvofiq emasligi, kerak emasligi aniqlanib qolgan 
    taqdirda texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish qiymati belgilangan tartibda 
    buyurtmachining zarariga kiritiladi. Ushbu texnik-iqtisodiy asosnoma materiallari 
    buyurtmachiga taalluqlidir va u qonunda ko„zda tutilgan tartibda sug„urta qilinishi 
    mumkin. 
    Quyida sanoat korxonasini qurish loyihasini amalga oshirish uchun texnik-
    iqtisodiy asosnomaning tavsiya etiladigan tarkibi keltiriladi. 
    Birlamchi ma‟lumotlar va shartlar, shu jumladan: 
    –texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish uchun asos; 


    81 
    –investitsiyalashning maqsadi; 
    –investitsiyalash ob‟ektining umumiy tavsifi; 
    –korxonaning xo„jalik faoliyatiga jalb qilinadigan resurslarning holati 
    to„g„risidagi ma‟lumotlar; 
    –boshlang„ich baholash va tadqiqotlar natijalari; 
    –buyurtmachi, investor, mumkin bo„ladigan pudratchilar, xomashyo etkazib 
    beruvchilar, shuningdek, texnik-iqtisodiy asosnomaning ijrochisi – loyiha 
    tashkiloti to„g„risida ma‟lumotlar; 
    –bozor va korxonaning quvvati, mahsulotning nomlari (nomenkla-turasi); 
    –korxonaning resurs ta‟minoti; 
    –korxonaning joylashgan o„rni; 
    –asosiy texnik echimlar; 
    –asosiy qurilish echimlari; 
    –yirik o„lchamli va og„ir qurilmalarni tashishni tashkil etish; 
    –atrof-muhitga ta‟sirini baholash; 
    –kadrlar va ijtimoiy rivojlanish; 
    –loyihani amalga oshirish grafigi; 
    –iqtisodiy baholash va moliyaviy tahlil; 
    –xulosalar va takliflar; 
    –ilovalar (kelishuv hujjatlari, grafik materiallar). 
    Texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish natijasida loyihaning texnik-
    iqtisodiy va moliyaviy ko„rsatkichlari aniqlanadi. Masalan: 
    –o„lchami(miqyosi, hajmi); 
    –umumiy tarzda va fazalar bo„yicha loyihani amalga oshirish muddatlari; 
    –resurslarning etarliligi va oson olish mumkinligi; 
    –loyihaning yakuniy natijalariga talab; 
    –ko„zda tutilmagan omillarni hisobga olgan holda loyihaning sarf-xarajatlari; 
    –texnik-texnologik jihatdan shunga o„xshashlar va hokazo. 
    Ma‟lumki, bugungi bozor raqobatchiligi sharoitida loyihaning amalga 
    oshirilishini baholash va asoslash muhim amaliy ahamiyatga ega. Bu qoida, 


    82 
    ayniqsa, GAT loyihalari uchun muhimdir,chunki geoaxborot tizimlari bilan bog„liq 
    bo„lgan loyihalar o„zlarining zamonaviyligi, murakkabligi hamda oldinga 
    qo„yilgan vazifalarning bajarilish aniqligining yuqoriligi bilan alohida ajralib 
    turadi. Shuning uchun ham ularni asoslashda biznes-reja asosiy hujjatlardan biri 
    sifatida ishlab chiqiladi.
    Biznes-rejaning asosiy mohiyati –u yoki bu loyihaga, xususan, GAT 
    loyihasiga pul sarflash maqsadga muvofiqmi, degan savolga javob berishdan 
    iborat. Shundan kelib chiqqan holda e‟tirof etish mumkinki, biznes-reja 
    majmuaviy, yakuniy hujjatdir. U loyihaning turli qirralarini baholaydi, asoslaydi 
    hamda uni tahlil qilishning barcha yo„nalishlarini o„zida mujassamlashtiradi. Unda 
    loyihaning samaradorlikka erishishi bo„yicha barcha real harakatlar qayd etiladi. 
    Biznes-rejada loyihaning imkoniyatlari baholanadi, kutiladigan xarajatlar va 
    daromadlar ko„rsatiladi, uningxarajatlarni qoplashi tahlil qilinadi. 
    Biznes-reja loyihaning kuchli va kuchsiz tomonlarini izohlaydi, bozor 
    raqobatchiligi sharoitida loyiha hayotiyligini aniqlash imkonini beradi, moliyaviy 
    yordam olish uchun asos hamda uni amalga oshirish uchun kapitalni jalb qilish 
    vositasi hisoblanadi. 
    Biznes-rejani ishlab chiqishda, eng avvalo, uning uchun zarur bo„ladigan 
    axborotni aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, biznes-rejani 
    tuzishda loyiha natijalariga, ya‟ni mahsulotlar yoki xizmatlarga bo„lgan talab 
    darajasini bilish zarur. Iste‟molchilar (buyurtmachilar) oddiy tovarni emas, balki 
    ma‟lum bir afzalliklar to„plamini olishni xohlaydilar. Shuning uchun ham biznes-
    rejani shakllantirishda, birinchi navbatda, loyihalar bozoridagi holat to„g„risidagi 
    bilimlar, ya‟ni quyidagi yo„nalishlardagi axborotlar zarur: 
    –bozor (iste‟mol darajasi); 
    –moliyaviy (baholar, sarf-xarajatlar , real pul oqimlari); 
    –ishlab chiqarish (xom ashyo, materiallar, qurilmalar, texnologiya, bino, 
    mehnat resurslari va hokazo). 
    Biznes-rejani ishlab chiqishda uning tarkibiga alohida e‟tibor beriladi. GAT 
    loyihasi biznes-rejasining tarkibi va uni detallashtirish darajasi loyihaning katta-


    83 
    kichikligiga va uning qiymatiga bog„liqdir. Loyiha qanchalik katta ahamiyatga 
    molik bo„lsa, uning biznes-rejasi shunchalik aniq bo„lishi zarur. Bu esa, o„z 
    navbatida, investorga loyihaning jozibadorligi hamda realligi, haqqoniyligi 
    to„g„risida etarli javob olishga imkon beradi. Biznes-rejaning asosi, yadrosi – bu 
    loyihani turli nuqtai nazarlardan tavsiflovchi, uni tashkil etuvchi rejalardir. Quyida 
    biznes-rejaning namunaviy tarkibini keltirib o„tamiz: 
    1.
    Kirish qismi: 
    –firmaning nomi va manzili; 
    –ta‟sischilar; 
    –loyihaning maqsadi; 
    –loyiha qiymati; 
    –moliyaga bo„lgan talab. 
    2.
    Tarmoqdagi ishlar holatining tahlili: 
    –joriy holat va tarmoqning rivojlanish tendentsiyasi; 
    –loyihaning yo„nalishi va vazifalari. 
    3.
    Ko„zda tutiladigan loyihaning mazmuni: 
    –yakuniy natija; 
    –texnologiyalar; 
    –litsenziyalar; 
    –patent huquqlari. 
    4.
    Bozorni tahlil qilish va o„rganish: 
    –natijalarning potentsial iste‟molchilari; 
    –potentsial raqobatchilar; 
    –bozor o„lchami va mumkin bo„ladigan dinamikasi; 
    –bozorda ko„zda tutiladigan ulush. 
    5.
    Marketing rejasi: 
    –baholar; 
    –baho siyosati; 
    –sotish kanallari; 
    –reklama. 


    84 
    6.
    Ishlab chiqarish rejasi: 
    –ishlab chiqarish jarayoni; 
    –xonalar, binolar; 
    –qurilmalar; 
    – xomashyo, moddiy qurilmalar,ishchi kadrlar etkazib berish manbalari; 
    –subpudrat tashkilotlar. 
    7.
    Tashkiliy reja: 
    –loyihani boshqarish tizimini takomillashtirish; 
    –loyiha komandasini yaratish; 
    –loyihalarni boshqarishning tashkiliy tarkibini loyihalash. 
    8.
    Moliyaviy reja: 
    –daromadlar va sarf-xarajatlar; 
    –pul tushumlari va to„lovlar; 
    –balans; 
    –zararsizlik nuqtasi. 
    9.
    Ilovalar. 

    Download 2,58 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish