• Ishlarni bajarishga ruxsat berish tizimi
  • Operativ (tezkor) majlislar
  • Loyihani tashkil etish va boshqarish




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/83
    Sana25.05.2024
    Hajmi2,58 Mb.
    #253842
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
    Bog'liq
    LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

    rejasi 
    bajarilishini 
    boshqarishda 
    qo„llaniladigan metodlar va vositalar.
    Loyiha rejasini bajarish uchun 
    menejmentning umumiy ko„nikmalaridan, xususan, liderlik, loyiha qatnashchilari 
    o„rtasida muloqot usulidan, so„zlashuv (peregovor) yuritish va boshqalardan 
    foydalaniladi. 
    Loyihani boshqarish loyihaning barcha qirralari bo„yicha natijalarni aks 
    ettiruvchi hamda loyihaning amaliy o„ziga xosligini hisobga olishga imkon 
    beruvchi loyiha-smeta va texnik hujjatlariga mos tarzda amalga oshiriladi.
    Ishlarni bajarishga ruxsat berish tizimi
    . Bu tizim rasmiy muolaja bo„lib, u 
    loyiha bo„yicha ishlarni belgilangan ketma-ketlikda va o„rnatilgan ketma-ketlikda 
    va o„rnatilgan vaqtda bajarishga ruxsat beradi. Ishning boshlanishiga ruxsat berish 
    uchun tegishli tashkiliy farmoyishli hujjatlar (qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar, 
    ko„rsatmalar va boshqalar) chiqariladi. Ishlarni bajarishga ruxsat berish tizimini 
    ishlab chiqishda nazorat qilishning qabul qilingan tipini amalga oshirish uchun 
    sarflanadigan xarajatlarni asoslash va hisobga olish zarur.
    Operativ (tezkor) majlislar
    . Bunday majlislar loyiha ishlarining joriy holati 
    bo„yicha axborotlar almashish maqsadida loyiha qatnashchilari o„rtasida doimiy 
    ravishda o„tkaziladigan tezkor uchrashuvlardir (majlis, yig„ilish va boshqalar). 
    Ko„pgina loyihalarda bunday uchrashuvlar turli muddatlarda va turli darajalarda 
    o„tkaziladi.
    Tezkor uchrashuvlar quyidagilarni tashkil etish yo„li bilan o„tkazilishi 
    mumkin: 
    –internet 
    tarmoqlaridan 
    foydalangan 
    holda 
    loyihaning 
    asosiy 
    qatnashchilarining tezkor majlislari; 
    –selektor aloqasidan (shaharlararo, vazirlik tasarrufidagi, mahalliy) 
    foydalanish asosida loyihaning asosiy qatnashchilarining tezkor majlislari; 
    –loyihaning qatnashchilari va ijrochilari – tashkilotlarning mas‟ul vakillarini 
    taklif etish asosida tezkor majlislar.

    Download 2,58 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish