|
-bob. GAT LOYIHALARINI TATBIQ ETISh, MONITORINGINIBog'liq LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz3-bob. GAT LOYIHALARINI TATBIQ ETISh, MONITORINGINI
YuRITISh VA NAZORAT QILISh
3.1. GAT loyihalarini tatbiq etish jarayoni
GAT loyihalarini bajarishda ularni boshqarish jarayoni quyidagi vazifalarni
o„z ichiga oladi:
1.Loyihaning yig„ma (umumlashgan) rejasini bajarish –unga qo„shilgan
ishlarni bajarish yo„li bilan loyiha rejasini amalga oshirish.
2.Predmet sohani tasdiqlash–loyihaning predmet sohasini rasmiy ravishda
qabul qilish jarayoni.
3.Sifatni ta‟minlash –loyiha qabul qilingan sifat standartlarini qoniqtirishini
tasdiqlashi uchun loyiha ishlarining bajarilishini doimiy ravishda baholab borish
jarayoni.
4.Komandani rivojlantirish –loyihaning bajarilishini yaxshilash maqsadida
individual va guruhiy ko„nikmalar va malakalarni o„zlashtirish.
5.Axborotlarni taqsimlash – zaruriy axborotlarni loyiha qatnashchi-lariga
davriy ravishda etkazish.
6.Takliflar olish – mos keluvchi arizalar, tender takliflari, xom ashyolar
etkazib berish va shartnomalar bo„yicha takliflarning kelib tushishi.
7.Manbani tanlash – xom ashyolarni potentsial etkazib beruvchilar va
shartnoma qatnashchilarini tanlash.
8.Shartnomaga rahbarlik – ishlarni bajaruvchilar va xomashyo etkazib
beruvchilar o„rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish.
GAT loyihalarini tatbiq qilish jarayonida loyihaning yig„ma rejasining
bajarilishini boshqarish muhim bosqichlardan biridir. Shuni e‟tirof etish joizki,
loyihaning yig„ma rejasini bajarish – bu loyihani amalga oshirishning asosiy
jarayonidir. Loyiha byudjetining katta qismi aynan shuning bajarilishiga sarflanadi.
Bu jarayon davomida loyiha menejeri va uning komandasi loyihada ishni tashkil
etishi, uni samarali bajarilishiga loyiha ishtirokchilarining butun kuch-g„ayratlarini
muvofiqlashtirishi va yo„naltirishi zarur. Loyiha rejasi bajarish jarayonining tarkibi
va mazmuni loyihaning tipi, turi va ishlab chiqilganlik sohasiga bog„liqdir.
|
| |