92
o„rnatishi, olingan ma‟lumotlarning tahlilini amalga oshirishi, amaldagi va rejaviy
ko„rsatkichlar o„rtasidagi farqlarni tahlil qilishi, shu vaqtga qolgan ishlarni
bajarishni prognoz qilib borishi zarur bo„ladi.
Loyihaning bajarilish holatini nazorat qilishda
nazorat tizimiga talablar
muhim o„rin tutadi. Bunday talablar asosan barcha manfaatdor tomonlar
ishtirokida loyiha amalga oshirilgunga qadar ishlab chiqiladi va ular tahlil
qilinadigan axborotlar tarkibini, hisobotlar tarkibini hamda ma‟lumotlar to„plashga,
axborotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilishga mas‟uliyatni aniqlaydi.
Nazoratning samarali tizimini yaratish uchun quyidagilar zarur:
–loyihaning nihoyalanishi uchun bajarilishi zarur bo„lgan barcha ishlarni aniq
rejalashtirish;
–vaqt, resurslar va xarajatlarni aniq baholash;
–vaqt oralig„ida xarajatlarning va ishlarning haqiqiy bajarilishini hisob qilish;
–qolgan ishlarning bajarilishi uchun talab qilinadigan vaqt va xarajatlarni
davriy ravishda qayta baholab borish;
–haqiqiy bajarilgan ishlarni va sarflangan xarajatlarni grafik hamda byudjet
bilan ko„p marta davriy taqqoslash.
Loyihalarni boshqarish tizimi qaerda va qachon qanday narsa zarur bo„lsa,
aynan shuning ta‟siri to„g„rilanishini ta‟minlash zarur, masalan, alohida ishlarni
tugallash kechikayotgan bo„lsa, uni mehnat resurslari va qurilmalarni qayta
taqsimlash hisobiga tezlashtirish mumkin. Agar loyiha hujjatlarini etkazib berish
kechikayotgan hamda materiallar va qurilmalarga xarajat ko„payib ketayotgan
bo„lsa, bunday holda loyiha rejasini qaytadan ko„rib chiqish zarur bo„ladi.