• Strategik ma‟lumotlar.
  • Loyihani tashkil etish va boshqarish




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/83
    Sana25.05.2024
    Hajmi2,58 Mb.
    #253842
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
    Bog'liq
    LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

    Operatsion ma‟lumotlar. 
    Tashkilotning joriy faoliyati uchun zarur 
    bo„ladigan ma‟lumotlar bo„lib, ularga eng past toifali, detallashtirilgan 
    ma‟lumotlar sifatida qarash mumkin.
     
    Taktik ma‟lumotlar. 
    Odatda, bunday ma‟lumotlar boshqarishning ikkinchi 
    liniyasi (yoki undan yuqoridagisi) uchun zarur bo„ladi. Qoidaga binoan, bu 
    umumlashtirilgan va tarixiy ma‟lumotlar, masalan, yillik va chorak ma‟lumotlardir. 
    Ko„pincha bu erda eslatib o„tilgan ma‟lumotlar axborot tizimlarining rahbarlari 
    tomonidan taqdim etiladi va ular operatsion tizimlarning butun bir qatorining 
    umumlashtirilgan ma‟lumotlarini talab qiladi, masalan, buxgalteriya hisobotining 
    qoidalariga mos kelishi zarur. 
    Strategik ma‟lumotlar.
    Uzoq muddatli o„zgarishlar hamda tashqi muhit 
    bilan taqqoslangan ma‟lumotlar. Shunday qilib, strategik tizimlar uchun zarur 
    bo„ladigan axborotlarni taqdim etish tegishli tashqi ma‟lumotlarga ega bo„lgan turli 
    sohalarning operativ va taktik ma‟lumotlarini birlashtirishni ko„zda tutadi. Bunda 
    tashqi manbalardan ayniqsa ko„proq ma‟lumotlar talab qilinadi. 
    Yuqoridagilar bilan bir qatorda alternativ usullardan biri – bu ma‟lumotlar va 
    hujjatlarga maxfiylik toifasini (Security classification) qo„llashdan iboratdir. Bu 
    odatda tashkilotning ichki korporativ siyosati sifatida tushuniladi. 
    Ma‟lumotlarni baholashda ko„pincha ortogonal toifalash ham amalga 
    oshiriladi. Bunday toifalashda umumtashkiliy ma‟lumotlar, funktsional soha 
    ma‟lumotlari va ma‟lum bir servis ma‟lumotlari alohida ajratiladi.
     
    Xususan, umumtashkiliy ma‟lumotlar markazlashgan boshqaruvni talab 
    qiladi. Axborotlarning keyingi darajasi – funktsional sohaning ma‟lumotlari, ular 
    ish funktsiyalari orqali birga foydalanilishi zarur. Bu ma‟lumotlarning birgalikda 
    foydalaniladigan «nusxasi»ni hamda funktsional soha uchun haqiqatan ham o„zaro 
    kelishilgan metama‟lumotlar, jumladan manzilning standart formatlari singari 
    ma‟lumotlardan foydalanish kafolatini o„z ichiga oladi. Yakuniy daraja – bu 


    109 
    axborot texnologiyalari servislarida aniqlanadigan ma‟lumotlar bo„lib, bu erdagi 
    ma‟lumotlar va metama‟lumotlar faqatgina ATning bitta servisi uchun haqiqiydir 
    hamda ular boshqa servislar bilan birga foydalanilishi kerak emas. 
    Xulosa qilish mumkinki, ma‟lumotlar «foydaliligi»ni belgilashda ularning 
    barcha xususiyatlarini chuqur ilg„ab olish hamda ushbu xususiyatlari bo„yicha 
    foydalanish kerakli natijalarni beradi. 

    Download 2,58 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish