110
Geofazoviy ma‟lumotlarni boshqarish tizimida ma‟lumotlar texnologiyasini
boshqarish ham muhim o„rin egallaydi. Ma‟lumotlar texnologiyasini boshqarishga
asosan AT bo„linmasini boshqarish kiradi. Odatda biznes-jarayonlar AT xizmatida
u yoki bu ma‟lumotlardan foydalanishga olib keladi. Ma‟lumotlarni yaratish,
to„plash, modifikatsiyalash, saqlash, yo„q qilish va arxivlashtirish jarayonlari –
ma‟lumotlar hayotiy tsiklining jarayoni etarli darajada to„g„ri qurilgan bo„lishi
zarur.
Geofazoviy ma‟lumotlarni ma‟murlashtirishning muhim bo„g„inlaridan biri –
bu ma‟lumotlarga standartlarning qo„llanilishini ta‟minlashdir. Masalan, qanday
ma‟lumotlar geofazoviy ma‟lumotlarning asosiy turlarida saqlanishi zarur?
Turli
aniq ma‟lumotlar geofazoviy axborotlarning tarkiblangan jadval ko„rinishida
saqlanishi mumkin. Egasi to„g„risidagi ma‟lumotlar ham geofazoviy
ma‟lumotlarning asosiy qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, geofazoviy
ma‟lumotlarning muhim elementlariga quyidagilar ham kiradi:
–turli ko„rinishdagi unikal identifikatorlar;
–biznes terminlarining izohi;
–formatning izohi.
Geofazoviy ma‟lumotlarni boshqarish tizimida ularga to„g„ridan-to„g„ri egalik
qilish ham muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda ma‟lumotlar ma‟muriyati
servislarni ishlab chiqaruvchilarga biznes bilan ATning bo„limi o„rtasida
ma‟lumotlar taqsimlashga mas‟uliyatni ta‟minlashda ma‟lum
tartibda yordam
ko„rsatishi mumkin. Buni bajarishning eng qulay usullaridan biri – bu biznes bilan
AT bo„limi o„rtasida ma‟lumotlar nizomini imzolash hisoblanadi. Ma‟lumotlar
nizomini imzolash – ma‟lum bir korporativ standartlar asosida tashkilotda
ma‟lumotlarni har tomonlama to„g„ri va asoslangan tarzda boshqarish to„g„risidagi
standartlar va qoidalar to„plamidir.Ma‟lumotlar egasining vazifalari ko„pincha
ushbu nizomda aniqlanadi va ular quyidagilarni o„z ichiga oladi:
–ma‟lumotlar uchun biznes izoh va maqsadlarni kelishish;
–ma‟lumotlarni kim yaratishi, o„zgartirishi, o„qishi va yo„q qilishi
mumkinligini belgilovchi ro„yxatni aniqlash;
111
–ma‟lumotlarni o„zboshimchalik bilan egallab olish yoki umuman olish
usullarini o„zgartirishni sanktsiyalash;
–geofazoviy ma‟lumot
qiymatlarining formatlari, sohalari (domenlar) va
diapazonlarini tasdiqlash;
–tegishli darajadagi xavfsizlikni ta‟minlash, shu jumladan ma‟lumotlar
xavfsizligi to„g„risidagi yuridik talablar va ichki siyosatga rioya qilishni
ta‟minlash.
Geofazoviy ma‟lumotlardan foydalanish, ularni boshqarish jarayonida
ko„pincha bunday ma‟lumotlarni yangi servisga ko„chirishga, ya‟ni ma‟lumotlarni
migratsiyalashga to„g„ri keladi. Geofazoviy ma‟lumotlarni migratsiyalash –bu
muammo bo„lib, ko„pincha yangi servis bir yoki bir necha oldingi servislarni
almashtiradi va buning natijasida yangi servisga mavjud
tizimlar va servislardan
sifatli ma‟lumotlarni ko„chirishga zaruriyat tug„iladi.
Geofazoviy ma‟lumotlarni migratsiyalashning ikkita turi mavjud: birinchi –
ma‟lumotlarni ma‟lumotlar saqlash joyiga migratsiyalash; ikkinchisi –
ma‟lumotlarni yangi tranzitsion operativ servisga o„tkazish. Ikkala holatda ham,
agar standartlar, muolajalar va ma‟lumotlarni bir joydan ikkinchi joyga ko„chirish
ma‟lumotlarni boshqarish bo„linmalari tomonidan belgilansa, bu, albatta foydali
bo„ladi.
Texnologiya eng yuqori darajada rivojlanayotgan sohalardan biri – bu
geofazoviy ma‟lumotlarni saqlashdir.
Axborotlar va ma‟lumotlarni saqlashning qator vositalarini ko„rib
chiqish
mumkin. Bular yig„ish (to„plash) dan iboratdir. Ushbu jarayonda shu narsa
ta‟minlanishi zarurki, ma‟lumotlarni to„plash jarayonida mumkin qadar kam
miqdorda manipulyatsiya talab qilinishi, shuningdek,ma‟lumotlarni to„plash
vaqtida mumkin qadar kamroq xatoliklarga yo„l qo„yilishi kerak.
Buning uchun
foydalanuvchilarning grafik interfeysi imkoniyatlaridan foydalanish kerak bo„ladi.
Geofazoviy ma‟lumotlarni boshqarish jarayonida turli muhitlarda
ma‟lumotlarni to„plashning samarali usullari uchun standartlarga ega bo„lish
112
yaxshi samara beradi. Bunday sharoitda ma‟lumotlarni «tarkiblanmagan» holda
to„plash, ya‟ni skanerga o„xshash mexanizmlardan ham foydalanish mumkin.
Ma‟lumotlar egallab olingan va ma‟lum joylarda saqlangandan keyingi
harakat – bu ma‟lumotlardan axborotlarni ajratib olishdir. Turli darajadagi
murakkablikka ega bo„lgan asbob-uskunalar yordamida ma‟lumotlarga
engil
ravishda kirishni ta‟minlovchi servislar barcha tashkilotlarda ham zarurdir. Bundan
tashqari, tashkilotlarda o„zlarining o„ziga xos arxitekturaviy talablari ham vujudga
keladi.
Skanerlangan matnda va boshqa tarkiblanmagan ma‟lumotlarda, xususan,
video, statik tasvirda yoki tovushda axborotlarni qidirish – bu rivojlanishning
asosiy yo„nalishi hisoblanadi. Avtomatik tarzda indeksatsiyalash, qidiruv
mashinalaridan foydalanish, hujjatlarning tegishli qismlariga kalit so„zlar
yordamida samarali kirib borish ayniqsa muhim texnologiyalar sanaladi. Ular
internetda keng qo„llaniladi.