-bob. LOYIHALARNI BOShQARISh SOHASIDA STANDARTLASh VA




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

6-bob. LOYIHALARNI BOShQARISh SOHASIDA STANDARTLASh VA
SERTIFIKATLASh 
6.1. Loyihalarni boshqarish sohasidagi standartlar tavsifi 
Bugungi kunda turli tashkilotlar va tashabbuskor guruhlar tomonidan loyihani
boshqarish bilan bog„liq bo„lgan etarli darajadagi katta miqdorda standartlar ishlab 
chiqilgan. Xalqaro va milliy darajalarda ma‟lum bo„lgan standartlar 6.1-chizmada 
yoritilgan. Qo„llanilishining asosiy sohalariga qarab bu standartlar quyidagi 
guruhlarga ajratiladi: 
1.Boshqarishning alohida ob‟ektlariga qo„llaniladigan (loyiha, dastur, 
loyihalar portfeli) hamda boshqarishning tegishli jarayonlarini ko„rsatib beruvchi 
standartlar. 
2.Boshqarish sub‟ektlariga qo„llaniladigan (loyihani boshqaruvchilar, loyihani 
boshqarish komandasining qatnashchilari) hamda tegishli mutaxassislar malakalari 
va bilimlariga va malakani baholash jarayoniga bo„lgan talablarni aniqlovchi 
standartlar. 
3.Loyihalarni boshqarish tizimiga va umuman tashkil etishga qo„llaniladigan 
hamda boshqarishning tashkiliy tizimining etuklik darajasini baholashga imkon 
beruvchi standartlar. 
Yuqorida e‟tirof etilganidek, 6.1-chizmada loyihalarni boshqarish sohasida 
ancha ma‟lum bo„lgan standartlar keltirilgan. Bular ichida quyidagilarni alohida 
ajratish mumkin: 
– ISO 10006. Sifatni boshqarish tizimi. Loyihalar sifatini boshqarish bo„yicha 
rahbarlik ko„rsatmalari [1]; 
– PMBOX Guide. A Guide to the Project Management Body of Knowledge. 
Loyihalarni boshqarish bo„yicha bilimlar to„plamiga oid qo„llanma,PMI[2]; 
– PMBOX Guide Government Extension. Hukumat tashkilotlari uchun 
loyihalarni boshqarish bo„yicha bilimlar to„plamiga oid qo„llanma, PMI[11]; 
– WBS. Loyiha ishlarining ierarxik tarkibini ishlab chiqishga oid qo„llanma, 
PMI[13]; 


141 
– Earmed Valne. Bajarilgan ish hajmi uslubiyatini qo„llash bo„yicha 
qo„llanma,PMI[14]; 
– Prince2. Loyihalarni boshqarish standarti, OGC (Office of Government 
Commerce). Buyuk Britaniya [10]; 
– The Standard for Project Portfolio Management, PMI. Loyihalar portfelini 
boshqarish standarti, PMI[3]; 
– The Standard for Program Management, PMI. Dasturni boshqarish 
standarti, PMI[4]; 
– Managing Successaul Programmes. OGS UK. Loyihani boshqarish 
standarti. OGS (Office of Government Commerce), Buyuk Britaniya[9]; 
– P2M Japan. Tashkilotlarda loyiha va dasturlarni boshqarish standarti, 
Yaponiya[6]; 
– OPM3. Loyihani boshqarish sohasida tashkilotlarning etuklik modeli, 
PMI[7]; 
– IPMA Competence Baseline (ICB). Loyiha menejerlarining vakolatlariga 
xalqaro talablar, IPMA[5]; 
– Rossiyaning vakolatliligiga milliy talablar (BMT). Loyihani boshqarish 
bo„yicha mutaxassislarning vakolatliligiga milliy talablar.COBHET[15]; 
– PMCDF PMI. Loyihaviy menejmentda vakolatlarning rivojlanish tarkibi 
(Project Management Competence Development Framework), PMI[8]; 
– GPBSPM. Tajriba asosida loyihaviy hodisalarni baholashning umumiy 
standarti ( Global Performance Based Standards for Project Management 
Personal), GPBSPM Initiative. 
Standartlarni ishlab chiquvchilar asosan yuqori malakali tashkilotlar, xalqaro 
yoki milliy darajadagi bir guruh mutaxassislar hisoblanadilar. 
IPMA tomonidan ishlab chiqilgan asosiy standart– ICB (IPMA Competence 
Baseline, 3-versiyasi 2006 yilda chiqarilgan). 
Bu standart loyihani boshqarish sohasida mutaxassislar malakalariga 
talablarni belgilaydi hamda xalqaro sertifikatlashtirish uchun asos hisoblanadi. 
IPMAning qoidalari va talablariga mos ravishda O„zbekistonda loyiha 


142 
menejerining vakolatlariga milliy talablar va loyihani boshqarish bo„yicha 
mutaxassislarni sertifikatlashtirish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim bo„yicha 
sertifikatlashdan o„tgan mutaxassislar butun dunyo bo„yicha e‟tirof etiladigan 
xalqaro namunadagi sertifikat oladilar. 
Loyihaviy menejment sohasidagi boshqa bir obro„-e‟tiborli tashkilot 
AQShdagi loyihani boshqarish instituti (PMI) hisoblanadi. Unga a‟zolikning 
individual tizimi mavjud bo„lib, bugungi kunda dunyoning 125 mamlakatidan 
a‟zolar soni 200 ming kishidan ortadi. Loyihani boshqarish instituti standartlarni 
ishlab chiqish sohasida anchagina keng va faol strategiyaga egadir. 
Standart turli darajalardagi murakkablikka ega bo„lgan, uncha katta 
bo„lmagan yoki katta, qisqa muddatli yoki uzoq muddatli, mahsulot yoki 
jarayonlarning turlaridan qat‟i nazar turli muhit sharoitida bajariladigan loyihalarga 
qo„llaniladi. Berilgan ramkadagi talablar alohida olingan loyihani bajarish va 
amalga oshirishning aniq bir shart-sharoitlariga ushbu rahbarlikning keyingi 
moslashtirilishini talab qiladi. 
Ushbu xalqaro standartlarning o„zi loyihani boshqarish bo„yicha qo„llanma 
bo„lmaydi. Unda loyihani boshqarish jarayonlarining sifati bo„yicha asosiy 
ko„rsatmalar keltirilgan. 
Yuqoridagilardan tashqari, loyihalarni boshqarishning juda ko„p milliy 
standartlari ishlab chiqilgan bo„lib, qisman loyihalarning menejerlari quyidagi 
milliy jamiyatlar tomonidan taqdim qilingan: APM (Buyuk Britaniya), VZPM 
(Shveytsariya), GPM (Germaniya), AFITEP (Frantsiya), CEPM (Hindiston), 
PROMAT (Janubiy Koreya) va boshqalar. 
Quyida asosiy standartlarni guruhlari bo„yicha ko„rib chiqamiz: 
Boshqarishning alohida 
ob’ektlariga
qo

llaniladigan standartlar.
O„zining 
tarkibi, mazmuni va keng tarqalganligi bo„yicha ancha to„la ishlab chiqilgan 
standartlarga asosan alohida loyihalarni boshqarish jarayonlarini ko„rsatib beruvchi 
standartlar kiradi. Ushbu guruhdagi standartlardan quyidagilarni alohida ajratish 
mumkin: 


143 

Download 2,58 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. LOYIHALARNI BOShQARISh SOHASIDA STANDARTLASh VA

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish