Loyihani tashkil etish va boshqarish




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

The Standard forProject Portfolio Management. Loyihalar portfelini 
boshqarish standarti. Loyihalarini boshqarish instituti, AQSh.
Standartni ishlab 
chiqishning asosiy maqsadlari – loyixalar portfelini boshqarish kengligi 
tushunchasini shakllantirish, biznesning tarmoqli xususiyatlariga bog„liq
bo„lmagan holda namunaviy jarayonlarini va natijalarini aniqlash, shuningdek, 
portfelni boshqarish, mas‟uliyat va vakolatlarni izohlashdan iboratdir. Tashkilotlar 
strategiyasiga, loyihalarni birlashtirilgan boshqarish jarayoni orqali maqsadga 
erishishni kuzatish imkoniyatlariga katta ahamiyat beriladi. Boshqarishning 
moliyalar, marketing, korporativ kommunikatsiyalar, xodimlar boshqaruvi kabi 
funktsional sohalari bilan o„zaro bog„liqligi ochib beriladi.
 
Portfelni boshqarishning dasturlar va loyihalarni boshqarish bilan aloqasi 
portfel menejerining quyidagi funktsiyalarini amalga oshirish orqali o„rnatiladi: 
– strategiyaga mos tarzda komponentlarni tenglashtirish; 

indikatorlarga asoslangan portfelning bir qismi sifatidagi komponentlarning 
barqarorligi va balanslanganligini ta‟minlash; 
– portfel komponentlarining qiymati va o„zaro bog„liqligini baholash; 
– resurslarni olishning oddiyligi va ustuvorliklarini joy-joyiga qo„yishni 
aniqlash; 
– portfel komponentlarini kiritish va chiqarib tashlash. 
Portfelni boshqarish jarayoni ikkita guruh orqali amalga oshiriladi: 
1.Portfelni shakllantirish jarayonlari guruhi tashkilotlarning strategik 
maqsadlari bilan loyihalar portfelining balanslanishiga erishishni ta‟minlovchi 
portfelni boshqarishni o„z ichiga oladi. Bu guruh quyidagi jarayonlardan iborat: 
loyihalarni identifikatsiyalash, toifalashtirish, baholash, tanlash, ustuvorlarini joy-
joyiga qo„yish, portfelni balansirovkalash, avtorizatsiya. 
2.Monitoring va nazorat jarayonlari guruhi faoliyatning indikatorlariga 
asoslanadi. Aynan shular yordamida strategik maqsadlariga nisbatan portfelning 


150 
komponentlari tenglashtiriladi. Bu jarayonlar davriy hisobotlarni to„plash, loyihalar 
portfellarining holatini tahlil qilish va o„zgarishlarni boshqarishni o„z ichiga oladi. 
Loyihani boshqarish qatnashchilari (loyixa menejerlari, loyihani boshqarish 
komandasining ishtirokchilari) ning malakalariga bo

lgan talablarni aniqlovchi 
standartlar
. Loyihalarning yuqori saviyada tayyorlanishi va yuqori samara bilan 
amalga oshirilishida loyihani boshqarish qatnashchilariga alohida talablar 
qo„yiladi. Shu sababli ham ushbu qatnashchilar malakasini aniqlaydigan standartlar 
bu sohada muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Loyiha menejerining vakolatlariga bo„lgan talablarni aniqlovchi standartlar 
orasida loyihalarni boshqarishning xalqaro birlashmasi IPMA ( Shveytsariya) 
tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni boshqarish bo„yicha mutaxassislarga 
xalqaro talablar (ICB) hamda PMBOX Guide tarkibi va jarayonlari bazasida PMI 
tomonidan ishlab chiqilgan loyiha menejerining vakolatlarini rivojlantirish 
bo„yicha qo„llanma (Project Management Competence Development Framework) 
larni alohida ajratish mumkin. 
Loyihalar menejerining vakolatlariga xalqaro talablar. IPMA Comretence 
Baseline
. Ushbu talablar mutaxassislar bilimlariga va malakalariga, shuningdek, 
loyihaviy menejment sohasidagi malakalarning to„rtta darajasi bo„yicha ularni 
sertifikatlash jarayoniga talablarni aniqlaydi: 
1.Loyiha menejmenti bo„yicha mutaxassis. 
2.Loyihaviy menejment. 
3.Loyihaning etakchi menejeri. 
4.Dastur direktori

Loyihalarni 
boshqarish 
tizimiga 
va 
umuman 
tashkil 
etishda 
qo

llaniladiganhamda 
boshqarishning 
tashkiliy 
tizimining 
etuklik 
darajasinibaholashga imkon beruvchi standartlar
. Keyingi yillarda barcha 
tashkilotlar miqyosida loyihalarni boshqarish tizimi to„g„risida majmuaviy 
fikrlashga yo„naltirilgan standartlarni ishlab chiqish va takomillashtirish ishlari 
olib borilmoqda.


151 
Yaponiyaning loyihalarni innovatsion rivojlantirish va boshqarish birlashmasi 
tomonidanishlab chiqilgan R2M (Program and Project Management for Innovation 
of Enterprises) standartini bu sohadagi ilk qadam desa bo„ladi. Ammo dunyo
miqyosida bugungi kunda PMI tomonidan ishlab chiqarilgan OPM3 ® 
(Organizational Project Management Maturity Model) standarti anchagina keng 
ommalashgan.
P2M. Program and Project Management for Innovation of Enterprises

Mutaxassislar tomonidan xalqaro standart sifatida tavsiya qilingan, loyihalar va 
dasturlarni boshqarish sohasida anchagina ma‟lum va mashhur bo„lgan zamonaviy 
standartlardan biridir. Ko„pgina milliy va xalqaro korporatsiyalar boshqarish 
amaliyotida uning qoidalari va tartiblaridan keng foydalanadilar.
Loyihalar va dasturlarni tashkilotlarning strategik boshqarishni asosiy tashkil 
etuvchi elementlari sifatida e‟tirof etish R2M standarti kontseptsiyasining asosiy 
boshlang„ich g„oyasi hisoblanadi. Standart loyihalar va dasturlarni boshqarishning 
kontseptsiyasi va terminologiyalarining maydalashgan, aniq izohlovchi 
bo„limlarini hamda boshqarishning o„n bitta segmenti (sohalari) ni o„z ichiga oladi. 
Segmentlari bo„yicha loyihani boshqarish quyidagi boshqarish sohalaridan 
iborat: 
1) strategik; 
2) moliyalash orqali; 
3) tizimlar orqali; 
4) tashkiliy tarkiblar bilan; 
5) maqsad va ko„rsatkichlarga erishish orqali; 
6) resurslar bilan; 
7) tahlikalar orqali; 
8) axborot texnologiyalari bilan; 
9) loyiha qatnashchilarining o„zaro munosabatlari orqali; 
10) kommunikatsiyalar orqali; 
11)takomillashtirishga yo„naltirilgan loyihalarniboshqarish bilan. 


152 
ORM3 ® Organizational Project Management Maturity Model
. 2003 yili 
RMI loyihalarni tashkiliy boshqarishning etilish modeli ORM3 chiqarildi. U 
oldiniga ushbu sohadagi xalqaro standart deb e‟tirof etildi. 
PMI ning e‟tiroficha, loyihalarni tashkiliy boshqarish- kompaniyaning 
strategik maqsadlarga erishishiga yo„naltirilgan loyihalar, dasturlar va loyihalar 
portfellarini tizimli boshqarishdir. Bu loyihalarni amalga oshirish orqali strategik 
maqsadlarga erishish uchun tashkilotlarni loyihalash faoliyatida bilimlar, 
ko„nikmalar, asbob- uskunalar va texnikadan foydalanishdir. 
ORM3 standarti bilimlar to„plamidan, shuningdek, elektron ko„rinishdagi 
ma‟lumotlar bazasi vainstrumentariyadan iborat. Bugungi kunda ma‟lumotlar 
bazasiga va instrumentariyaga kirish internet orqali ta‟minlanadi.
Kitob ko„rinishida taqdim etilgan bilimlar to„plami standartning asosiy 
kontseptsiyalarini va tarkibini hamda modellardan foydalanish muolajasini o„z 
ichiga oladi. 
Standartning asosiy tarkibiy tashkil etuvchilari uchta o„zaro bog„liq 
elementdan tashkil topgan: 
1.Bilimlar elementi (
Knowledge
) –loyihalarni boshqarish bo„yicha eng 
yaxshi amaliy bazani aks ettiradi (loyihalar portfellari, dastur va loyihalarning turli 
ob‟ektlarini boshqarishni aks ettirgan 600ga yaqin amaliyot to„plangan). 
2.Baholash elementi 
(Assissment
)–so„rovvaraqasiga (150tadan ortiq savollar) 
javob bergani holda tashkilotlarda loyihani boshqarishning joriy etukligini 
mustaqil baholash, mavjud amaliyotlar va vakolatlarning asosiy sohalarini 
aniqlashda foydalanuvchiga yordam beruvchi qurol. 
3.Tashkilot loyihani boshqarish amaliyotini rivojlantirishga qaror qabul qilsa 
hamda loyihani boshqarish bo„yicha etuklikning ancha yangi, yuqori darajasiga 
o„tadigan bo„lsa, bunday holda yaxshilash (
Imprement)
elementi ishga kirishadi. U 
kompaniyalarga loyihani tanlash va tizimni rivojlantirish ketma-ketligini 
aniqlashga yordam beradi. 
PMI ning yangi standarti boshqarishning turli darajalarida tashkilotlarda 
loyihani boshqarish tizimining izohlanishiga majmuaviyyondashuvni (alohida 


153 
loyiha va dasturdan loyihalar portfeligacha) ko„zda tutadi. Bu standartda 
elementlarning ierarxik o„zaro bog„liqligi ko„rinishida tizim elementlarining izohi 
qulay va ko„rgazmali tarkibda taklif qilingan.

Download 2,58 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish