160
-o„z-o„zini baholash anketasini to„ldirish
-bajarilgan loyihalar ro„yxati
Seminar ishida ishtirok etish
Loyiha to„g„risidagi rezyumeni berish
Loyiha to„g„risidagi hisobotni berish
Yozma imtihon
Intervyu
Sertifikatni topshirish, apellyatsiya
Qayta sertifikatlash
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
Sertifikatlash IPMAga a‟zo mamlakatlarning vakolatli sertifikatlash
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlash
ICB ning bazasida ham,
IPMA talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan mutaxassislarning vakolatlariga
milliy talablar bazasida ham o„tkazilishi mumkin. IPMA sertifikatlangan
mutaxassislarning umumiy reestrini yuritadi hamda bitta mamlakatda berilgan
sertifikatlar istalgan boshqa mamlakatlarda ham haqiqiy ekanligini kafolatlaydi.
GAT loyihalarini boshqarish bo„yicha xalqaro sertifikatlashda Amerikaning
loyihalarni boshqarish instituti (PMI) standartlari bo„yicha sertifikatlash alohida
ahamiyatga egadir. Bunday sertifikatlash quyidagi darajalarga ega:
–loyihaning malakali menejeri (PMP–Project Management Professional);
–loyihani boshqarish bo„yicha sertifikatlangan mutaxassis (CAPM –Certifid
Associat in Project Management).
Loyihaning malakali menejeri (PMP–Project Management Professional).
Loyihaning malakali menejeri sertifikatini olish loyihani
boshqarish sohasida
nazariy bilimlar hamda ushbu nazariy bilimlarning amaliy tajribalarda
qo„llanilganligi tasdiqlanishini talab qiladi. Sertifikatlash uchun ariza berilish
vaqtiga nomzod bakalavrdan kam bo„lmagan darajadagi oliy ma‟lumotga hamda
jarayonlarning beshta guruhi bo„yicha loyihani boshqarish sohasida kamida 4500
soatlik amaliy ish stajiga ega bo„lishi zarur. Tajribani tasdiqlovchi shakllar
to„ldirilishidagi soatlar miqdori jami 4500
ni tashkil etishi, loyihalar sanasi esa
161
ariza berilishigacha oxirgi olti yil davomida nomzodning loyihalarni boshqarish
tajribasi kamida uch yilni (36 oyni) ko„rsatishi zarur.
Agar ariza berilish vaqtiga nomzod oliy ma‟lumotga ega bo„lmasa, ammo
to„liq o„rta ma‟lumot diplomiga ega bo„lsa, bunday xolda ariza bergunga qadar
sakkiz yil davomida loyihalarni boshqarish sohasidagi amaliy ish staji kamida
7500 soatni tashkil etishi zarur.
Nomzod ishtirok etadigan har bir loyiha uchun
tajribani tasdiqlaydigan
alohida shakl to„ldiriladi. Loyiha to„g„risidagi ma‟lumotlar bilan birga nomzod
bitta yoki undan ortiq guruhlar jarayonlarida loyihada sarflangan soatlarning
nisbatan miqdorlarini ko„rsatishi zarur. Ushbu izoh beshta asosiy jarayon
(initsiatsiya, rejalashtirish,
bajarish, nazorat va yakunlash) doirasida loyiha
menejeri sifatida nomzod tomonidan bajarilgan aniq bir boshqaruv
muammolarining ro„yxatini o„zida aks ettirishi zarur.
Nomzod, shuningdek, loyihalarni boshqarish sohasida 35 soatdan kam
bo„lmagan o„quv malakasiga ham ega bo„lishi zarur.
Nomzod bu sohada
sanasidan qat‟i nazar, istalgan o„qish davrini ko„rsatishi mumkin. Bundan tashqari,
nomzod loyiha menedjerining kasbiy axloq kodeksiga rioya qilishi zarur.
RMR statusini olishning yakuniy bosqichi – bu test-imtihon topshirishdir.
RMR darajasi uchun imtihon dunyo bo„yicha joylashgan Prometric halqaro
markazlarida o„tkaziladi.
GAT loyihalarini boshqarish bo„yicha sertifikatlangan mutaxassis (CAPM –
Certified Associate in Project Management). Bu sertifikatlash loyihalarni
boshqarish sohasida bilimlarga ega bo„lishga, ammo hali etarli amaliy tajribasi
bo„lmagan mutaxassislar uchun mo„ljallangan.
CAPM odatda quyidagi vazifalarni bajaradi:
–loyihalarni boshqarish rejalarini baholashga yordam ko„rsatish;
–unumdorlik va imkoniyatlar indikatorlarini baholash;
–loyihaga talablarni, yo„l qo„yilishlarni va chegaralanishlarni
aniqlashga
yordam;
–ma‟muriy va moliyaviy nihoyasiga etishni qo„llab-quvvatlash.
162
SARM darajasini olishi uchun nomzod PMI tomonidan talab qilinadigan
bilim va tajribaga mos kelishi hamda loyihalarni boshqarish bo„yicha
sertifikatlangan mutaxassis imtihoni bilan tasdiqlanadigan loyihani boshqarish
tushunchasi va bilimlarining yuqori darajasini namoyish etishi zarur.
Ariza berish vaqtida nomzod bakalavr darajasidan kam bo„lmagan oliy
ma‟lumotga hamda beshta guruh jarayonlari bo„yicha loyihalarni boshqarish
sohasida 1500 soatdan kam bo„lmagan ish hajmiga ega bo„lishi zarur. Agar ariza
berish vaqtida nomzod oliy ma‟lumotga ega bo„lmasa, ammo to„liq o„rta ma‟lumot
diplomiga ega bo„lsa, bunda ariza bergunga qadar uch yil davomida loyiha
boshqarish sohasida kamida 2500 soat ish bilan tasdiqlanishi zarur.
Nomzod shu
bilan birga loyihalarni boshqarish sohasida kamida 23 soatlik o„quv malakasiga
ega bo„lishi zarur.
Shunday qilib, GAT loyihalarini boshqarish bo„yicha mutaxassislarni
xalqaro darajalarda sertifikatlash ularning ushbu sohada muvaffaqiyat bilan
ishlashini ta‟minlaydi. Bunday sertifikatlash O„zbekiston Respublikasi hududida
faoliyat yuritayotgan GAT loyihalarining boshqaruvchilari uchun ham so„zsiz katta
ahamiyatga egadir.