166
13.Loyihani boshqarish bo„yicha sertifikatlangan
mutaxassis qanday
vazifalarni bajaradi?
14.GAT uchun standartlarning o„zaro mosligi nima uchun zarur?
167
7
-
bob. GAT LOYIHALARINI AMALGA OShIRISh SAMARADORLIGI
VA RIVOJLANISh ISTIQBOLLARI
7.1. GAT loyihalarini amalga oshirish natijalarini baholash
Har qanday loyihani amalga oshirish oldindan berilgan va aniq
shakllantirilgan maqsadlarga hamda shu bilan uzviy bog„liq bo„lgan aniq
natijalarga erishishga yo„naltirilgandir. Maqsad u yoki bu natijaga erishish istagi
sifatida aniqlanishi mumkin. O„z navbatida, rejalashtirilgan
natija loyiha
maqsadini ko„zlash ob‟ekti hisoblanadi.
Loyihaning maqsadlari va shunga mos ravishdagi natijalari iqtisodiy
(masalan, foyda olish, mahsulotning tannarxini kamaytirish, ishlar
samaradorligining ma‟lum bir darajasiga erishish, mahsulotning
raqobatbardoshligini oshirish), ijtimoiy-iqtisodiy (yangi ish
o„rinlarini
yaratish,
byudjet tushumlarini ko„paytirish), ekologik (
«toza»
texnologiyalarni qo„llash,
atmosferaning ifloslanishini kamaytirish) va boshqalar bo„lishi mumkin.
Qoidaga binoan natijalar miqdoriy ko„rsatkichlar ko„rinishida aks ettiriladi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida uning natijalarini baholash unga
ajratilgan potentsial resurslardan foydalanish va qo„yilgan maqsadga
erishilganlikni aniqlashda muhim bosqich hisoblanadi. Loyihaning
samaradorligini tahlil qilish va erishilgan natijalarni baholash asosan rejaviy
hamda haqiqiy erishilgan ko„rsatkichlarni, sarflangan xarajatlar va natijalarni
taqqoslashdan iboratdir. Bu esa, o„z navbatida, u yoki
bu tadbirlarning amalga
oshirilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to„g„risida xulosa
qilishga imkon beradi.
GAT loyihalari natijalarini baholashdan uning barcha ishtirokchilari
manfaatdordirlar. Loyiha natijalarini baholashda har bir aniq ishtirokchining
ishtirok etish shakli va darajasi loyihani boshqarishning qabul qilingan sxemasiga
bog„liqdir. Loyiha natijalarini baholash bo„yicha qabul qilingan
ko„rsatkichlarning tarkibi va mazmuni, shuningdek, baholash mezonlari alohida
ishtirokchilarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Boshqacha
qilib aytganda, nimani, qachon va qanday baholash zarurligini loyiha
ishtirokchilarining o„zlari hal qilishadi.
168
Buyurtmachi qoidaga binoan o„z vaqtida pul vositalarini o„zining
hisobidan loyihani bajaruvchining hisobiga o„tkazish hamda bajaruvchilarni
tegishli tartibda mukofotlash to„g„risida qaror qabul qilish uchun loyiha
natijalarini baholaydi (uning amalga oshirilishi qay darajada ketayotganligini
nazorat qiladi, loyiha tugashi bilan esa uni jamlaydi). Buyurtmachi uchun
berilgan muddatlarda hamda o„rnatilgan byudjet bo„yicha
loyihaning
yakunlanishi natijalar mezoni bo„lib xizmat qiladi.
Baholash natijalari investorga investitsiyalash bo„yicha qarorlarni qabul
qilish va kelgusida investitsiya strategiyasi va taktikasini shakllantirish uchun
zarur. Loyihaga qo„yilgan kapital mablag„larga daromadlarning, investitsiyalar
qaytarilishi (xarajatlarning qoplanishi)ning aniq muddatlari bilan birlashuvi bu
erda asosiy natija bo„ladi.
Tegishli shartnomalarda ko„zda tutilgan kredit resurslarini o„z vaqtida
zaruriy joyga yo„naltirish hamda loyihani keyingi kreditlash to„g„risida qaror
qabul qilish uchun ham kreditorlar loyiha amalga
oshirilishining borishini
kuzatadilar. Loyihadagi pul oqimlari, buyurtmachining to„lov qobiliyati, loyiha
egasi aktivlarining likvidliligi kreditorlarning e‟tibor berish ob‟ektlari sifatida
namoyon bo„ladi.
Loyihani bajaruvchilarning o„zlari ham uning natijalarini baholaydilar.
Loyihani amalga oshirish deyarli hamma vaqt uning strategik, taktik va tezkor
rejalashtirish bosqichida hisobga olingan yoki uncha to„liq hisobga
olinmagan
bir qator tashqi va ichki omillarning ta‟siri bilan bog„langan. Bu omillar
loyihaning ishlar tannarxi, muddatlari va hokazolar kabi loyihaning haqiqiy
parametrlariga katta ta‟sir etishi mumkin. Shu sababli ham loyihaning
rahbariyati doimiy ravishda haqiqatda erishilgan oraliq natijalarni baholab
borishi, ularni rejaviy ko„rsatkichlar bilan taqqoslab borishi, farqlarning
sabablarini aniqlashi hamda loyihaning borishiga zaruriy
tuzatmalar kiritishi
zarur (7.1 -chizma).
GAT loyihalarining natijalari oraliq va yakuniy turlarga bo„linadi. Oraliq
natijalar qoidaga binoan ma‟lum bir kompleks ishlarni ( ishlar paketini) bajarish
169
va loyihaning ma‟lum bir qismining nihoyalanishi bilan, yakuniy natija esa
butun bir loyihaning to„la amalga oshirilishi bilan bog„liqdir. Loyihaning
asosiy iqtisodiy ko„rsatkichlarinigina aniq baxolash mumkin. Ijtimoiy, ekologik,
siyosiy xarakterga ega bo„lgan natijalarni odatda miqdoriy baholash amalda
mumkin bo„lmaydi.