Evropa davlatlarida GAT mutaxassislariga qo„yiladigan talablar
Talablar turlari
Firmalar
Mahalliy va
regional
boshqarmalar
Universitetlar
Markaziy
ilmiy va
tarmoq
markazlari
Barcha
tashkilotlar
Majburiy bazaviy
tabiiy-ilmiy,
birinchi navbatda
geografik ta‟lim,
% da
67
63
89
80
76
GAT sohasida
o„rtacha minimal
ish staji, yillarda
3,2
2,1
Ko„rsatilmagan
6,6
2,7
(universi-
tetsiz)
ESRI dasturi
bilan majburiy
kasbiy ishlash
ko„nikmasi, % da
63
91
50
50
66
ma‟lumotlar bilan ishlash sohasining tezkor ravishda kengayishi bilan bog„liq.
Geoma‟lumotlar bozori ham davlat tomonidan, ham xususiy tashkilotlar tomonidan
talabga qarab tez rivojlanmoqda. Bunday bozorni rivojlantirishning asosiy
to„siqlaridan biri – bu bozorga taklif etilayotgan ma‟lumotlarning sifati bilan
bog„liqdir. Shu sababli ham «VAR»firmalar asosan geoma‟lumotlar bilan
ishlashga ixtisoslashgan. Buning natijasida «qiluvchi va saqlovchi», shuningdek,
«ma‟lumotlarni korrektirovkalovchi» kasblari paydo bo„lmoqda.
188
7.5. Istiqbolda GAT loyihalarini rivojlantirishning asosiy muammolari
Geoaxborot texnologiyalari hududiy muammolarni tahlil qilish va hal
etishning yangi samarali yondashuvlarini taklif etgan holda mamlakatimizda
ham juda ommabop va rasmiy e‟tirof olmoqda, raqamli geofazoviy axborotlar
esa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik rivojlantirish hamda milliy
manfaatlarda, tabiiy, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatini boshqarish
masalalarida kundan- kunga katta va ijobiy rol o„ynamoqda.
Shu bilan bir qatorda ko„pgina idoralar va tashkilotlar GAT
texnologiyalaridan qay tarzda foydalanishni biladigan, ilmiy tadqiqotlar yoki
qarorlar qabul qilish uchun qanday ma‟lumotlar talab qilinishini anglab
etadigan malakali kadrlarga ega emasliklarini tan olishmoqda. Shuningdek
ular raqamli geofazoviy ma‟lumotli zamonaviy dasturiy-apparat vositalari bilan
ishlash ko„nikmalariga ham ega emaslar.
Bundan 5-7 yillar oldin axborotlashtirish bo„yicha majmuaviy milliy
dasturlar qabul qilinganidan so„ng geoaxborot tizimlari anchagina rivojlangan
mamlakatlar ham o„xshash muammoga duch kelishgan. Shu sababli ham uni
«sub‟ektiv», aynan bizning muammo deyish noo„rin bo„ladi.. Ammo umuman
mamlakat geoinformatikasini dasturiy qayta jihozlash, yirik tarmoq va
regional geoaxborot loyihalarini ishlab chiqish nuqtai nazaridan biz GAT
texnologiyalarini o„zlashtirish va foydalanish hamda malakali geoaxborot
ta‟limi va o„qitishning mavjud darajasida juda katta ko„lamdagi vazifalar
turganligini chuqur his qilishimiz zarur.
Ishonch bilan aytish mumkinki, agar bir necha yillar oldin
O„zbekistonda GAT va geoinformatikaning rivojlanish darajasi va sur‟ati
zamonaviy dasturiy-apparat vositalarining mavjudligi hamda ulardan erkin
foydalanish mumkinligi bilan belgilangan bo„lsa, bugungi kunda GAT
texnologiyalarining tartibli bozori jadal shakllanayotgan davrda bunday
rivojlanish GAT sohalarida ta‟lim dasturlarining mavjudligi hamda ularning
qo„llanilishiga bog„liq.
189
Yuqori samarali GAT ta‟limini yo„lga qo„yish bu sohani
rivojlantirishning yagona sharti emas, albatta. Etarli darajada
muvofiqlashtirilmagan, hatto ba‟zan davlat darajasidagi tushunib bo„lmaydigan
tashkiliy ishlar, raqamli geofazoviy ma‟lumotlarni ishlab chiqish, yangilash,
tarqatish va foydalanishning yagona tizimi mavjud emasligi – bu muammolar
ham juda muhim va dolzarbdir. Ammo bu muammolar faqat zamonaviy
geoaxborot bilim va ko„nikmalariga ega bo„lgan malakali kadrlar bilan
muvaffaqiyatli hal qilinishi mumkin.
GATni ishlab chiqish, yaratish va foydalanish bilan band bo„lgan
mutaxassislar o„rtasida malakali geoaxborot ta‟lim darajalarini tubdan oshirish
bilan bir qatorda ma‟muriy yoki tarmoqli boshqaruvning turli darajalarida
qarorlar qabul qiluvchi shaxslar o„rtasida geoaxborot bilim darajalarini
oshirish ham katta muammo bo„lib qolmoqda. Keyingi muammo anchagina
sub‟ektiv bo„lib, sobiq Ittifoq hududida jamiyatni axborotlashtirishning uzoq
yillar past darajada qolib ketganligi bilan yuzaga kelgan. Shuning uchun
e‟tirof etish zarurki, geoaxborot bilimlarining yo„qligi yoki etarli darajada
emasligi geoinformatika muammolari bilan qiziquvchi malakali
mutaxassislarga ham, GATni o„zlashtirish va rivojlantirish dasturlari hamda
loyihalarining bajarilishi to„g„risida qarorlar qabul qiluvchi turli toifalardagi
rahbarlar va mutaxassislarning ma‟lum qismiga ham bir xil darajalarda salbiy
ta‟sir ko„rsatadi.
Geoaxborot ta‟limi va uni o„qitish sohasida vujudga kelgan holatni
umumlashtirgan hamda umummilliy manfaatlar yo„lida uning keyingi
rivojlanish yo„llari va imkoniyatlarini muhokama qilgan holda ming afsuslar
bilan e‟tirof etish zarurki, GAT texnologiyalari va raqamli geofazoviy
ma‟lumotlarni malakali o„zlashtirish va foydalanishni ta‟minlash darajasida
bo„lgan ta‟lim berish va o„qitish personalining soni mavjud talablarga mos
kelmaydi. O„z navbatida, geoinformatika va GAT sohasida malakali kadrlarga
bo„lgan talab tezlik bilan oshmoqda. Bunday talabning oshishi geoaxborot
190
ta‟limi va o„qitishni rivojlantirishga davlat tomonidan ajratilayotgan byudjet
mablag„larining miqdorlaridan anchagina yuqori bo„lmoqda.
Ammo davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirishning etarli bo„lmagan
darajasi geoaxborot ta‟limini rivojlantirishga to„siq bo„layotgan yagona sabab
emas. Moliyalashtirish tufayli vujudga kelayotgan o„tkir holat barcha oliy
ta‟lim tizimi uchun xarakterlidir, ammo O„zbekiston oliy ta‟limining yangi
yo„nalishlari uchun kadrlar tayyorlash darajasi o„zaro katta farqlarga ega
bo„lib qolmoqda.
Geoaxborot ta‟limida, so„zsiz, ko„pgina alohida xususiyatlar mavjud. Ular
uni tayyorlashni boshqa yo„nalishlardan farqlaydi. Bu fanlararo xarakter, bu
lik-texnologik tashkil etuvchilar hamda ilovalarning keng spektri, yuqori
axborot ta‟minoti va h.k. Bu va boshqa jihatlar uning rivojlanishida ob‟ektiv
tarzda bir qator muammolar majmuasini yaratadi. Bundan tashqari, bu
muammolar barcha darajalarda GAT texnologiyalarini o„zlashtirish va
tarqatishdagi ko„rinib turgan yutuqlarga qaramasdan, bir qator mutaxassislarda
tushkunlik va yaqin kunlarda hal qilish imkoniyatlariga yanada ishonchsizlik
tug„dirmoqda.
Kasbiy faoliyat sohasida qisman bozor munosabatlariga o„tish
muqarrardir. Bu holat bugunning o„zidayoq oliy ta‟limni isloh qilishning
asosiy ustuvor yo„nalishlaridan biriga aylanmoqda. Bu yangi axborot
fikrlashning jadal rivojlanishi bilan bog„liq tayyorgarlik sohalarida yorqin
namoyon bo„lmoqda.
Umuman, O„zbekistonda ham boshqa rivojlangan davlatlar qatori
geoinformatika va GAT texnologiyalari bo„yicha yuqori malakali oliy
toifadagi mutaxassislarni tayyorlashni tartibga solish, ushbu sohaning jadal
rivojlanishiga bosh-qosh bo„lish uchun Respublika Vazirlar Mahkamasi
qoshida maxsus qo„mita tashkil etish zarur, deb hisoblaymiz. Bu qo„mita
aynan geoinformatika va GAT bo„yicha amalga oshiriladigan yoki amalga
oshirilishi rejalashtiriladigan barcha ta‟lim, ishlab chiqarish, loyihalash va
loyihalarni amalga oshirish ishlariga rahbarlik qiladi.
191
Ammo O„zbekistonda GAT rivojlanishining hozirgi bosqichi shu bilan
qiziqki, geoaxborot ta‟limini dinamik tarzda rivojlantirish muammolarini
kuchaytirgan holda unga yangi imkoniyatlar ham beradi. Ularni hisobga olish,
baholash va oqilona foydalanish ustuvor yo„nalishlar hisoblanadi.
Geoaxborot ta‟limi bo„yicha qo„mitaning vazifalari va harakat dasturi
aniqlashtirilishi mumkin, ammo shu narsa ayonki, u geoaxborot ta‟limi va
o„qitishning ustuvor muammolarini ko„rib chiqishi, shuningdek, lokal,regional,
milliy va xalqaro darajalarda amalga oshirish uchun GAT jamiyati va uning
a‟zolariga taqdim etiladigan ularni hal qilish strategiyalari, kontseptsiyalari,
usullari, uslubiyatlari bo„yicha tavsiyalar bilan birga GAT va
geoinformatikaning jamoatchilik e‟tirofini ham ta‟minlashi zarur.
7.2-jadval
|