7.2. GAT rivojlanishining asosiy bosqichlari
174
Ma‟lumki, geografik axborotlar tizimi (GAT) – bu asbob- uskunalar,
dasturiy ta‟minot, xodimlar va geografik ma‟lumotlarning mujassamlashgan
to„plami bo„lib, barcha turdagi geografik tashkil etilgan axborotlarning
ma‟lumotlarini samarali kiritish, saqlash, yangilash, qayta ishlash, tahlil qilish
va vizuallashtirishga mo„ljallangan tizimdir. Geoaxborot tizimlari jadvalli,
matnli va kartografik ma‟lumotlarni, demografik, statistik, er, munitsipal, manzilli
va boshqa axborotlarni birxillikka olib kelib tahlil qilishning ko„p funktsiyali
vositasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, geoaxborot tizimlari–bu fazoviy
ob‟ektlar to„g„risidagi ma‟lumotlarni saqlash va foydalanish imkoniga ega
bo„lgan tizimdir.
Geoaxborot tizimlari bugungi kunda nainki tabiiy resurslarni boshqarish,
qishloq xo„jaligi, ekologiya, kadastr, shaharlarni rejalashtirish kabi sohalarda,
balki shu bilan bir qatorda tijorat sohalaridan tortib to telekommunikatsiyalar,
hattoki savdo-sotiq sohalarida ham keng tarqalmoqda. Shunday ekan, ushbu tizim
rivojlanishining asosiy bosqichlari, tarixiy ildizlari to„g„risida qisqacha
ma‟lumotga ega bo„lish foydadan xoli bo„lmaydi.
Geoaxborot tizimlari to„g„risida gap ketganda, albatta, uning
texnologiyalari, ya‟ni GAT texnologiyalari to„g„risida to„xtab o„tish zarur.
GAT texnologiyalari axborotlarni saqlash, boshqarish va taqdim etish, qayta
ishlash hamda qabul qilingan qarorlarni qo„llab-quvvatlash jarayonlarining
samaradorligini oshirishga mo„ljallangan. GAT va geoaxborot
texnologiyalarining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular
jamiyatni axborotlashtirishning elementlaridan biridir. Shu nuqtai nazardan
ham uning rivojlanish bosqichlariga bir nazar tashlash kerak bo„ladi.
Geoaxborot tizimlarining rivojlanish tarixi R. Tomlison rahbarligi ostida
o„tgan asrning 60-yillarida yaratilgan Kanada GATidan boshlab bugungi
kungacha 50 yillar deb hisoblanadi. Mavjud adabiyotlarni o„rganish shuni
ko„rsatadiki, haqiqatan ham ushbu tizim fazoviy axborotlarga taalluqli birinchi
avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi bo„lgan. Ammo Kanada GATi ham, 60-
va 70-yillarning birinchi yarmida Evropa va Shimoliy Amerikada ishlab
chiqilgan boshqa geoaxborot tizimlari ham ma‟lumotlarni kiritish, oddiy qayta
ishlash hamda oddiy chiqarish qurilmali kartografik ma‟lumotlar bankini
tashkil etgan, xolos. Shu munosabat bilan GATning bugungi tushunchasi va
mazmunini tashkil etgan birinchi avlodining yaratilishi 70- yillarga va 80-
yillarning boshlariga to„g„ri keladi. Aynan ushbu yillarda birinchi marta 16,0
175
bitli mikro- va mini EHMlar paydo bo„ldi hamda etarli darajada keng tarqaldi.
Aynan shu paytda qator ilmiy va amaliy sohalarda umumiy tarzdagi fazoviy
ma‟lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish va taqdim etishning
texnikasi tegishli ravishda rivoj topdi. Bundaylarga, birinchi navbatda,
kartografiya va avtomatlashtirilgan kartografik tizimlarni, masofadan zondlash
va masofadan zondlash ma‟lumotlarini qayta ishlash usullarini, kompyuterli
loyihalash tizimi (SAD) va kompyuter grafikasini, fazoviy tahlil, geografik va
kartografik modellashtirishni kiritish mumkin.
Shu va shunga o„xshash boshqa sohalarda fazoviy-taqsimlangan
ma‟lumotlarni qayta ishlash va taxlil qilish vositalari hamda usullarining
oldiniga parallel tarzda, keyinchalik esa bir-birlari bilan uzviy yaqin holda
rivojlanishi aynan geografik axborotlar tizimini, aniqrog„i, geografik
axborotlar tizimi texnologiyalarini tashkil etdi.
GAT texnologiyalari rivojlanishida harbiylarning ham ma‟lum o„rnini
e‟tirof etmasdan bo„lmaydi. Negaki Piter Barrof ta‟kidlaganidek: «GAT
ko„pgina fanlar sohalarida o„zaro bir-birlarini to„ldiruvchi hamda eng asosiy
ahamiyatga ega bo„lgan».
Yuqoridagilarga qaramasdan , GATning birinchi avlodi vujudga kelgan
davrning 60- va 70-yillarini sifat bosqichlari sifatida e‟tirof etish mumkin.
Aynan 60-yillarda birinchi avtomatlashtirilgan kartografik tizimlar paydo bo„ldi.
1963 yili Xovard T. Fisher EHM ning alfavit-raqamli chop etish qurilmasidan
kartalarni tuzish dasturi (SYMAP –Synagrapfic Mapping System) ni yaratdi.
Bu dastur o„z ichiga fazoviy ma‟lumotlarni tahlil qilish uchun dasturiy
modellar to„plamini ham olgan edi. Keyingi yillari Garvard universitetining
kompyuter grafikasi va fazoviy tahlil laboratoriyasida (1965 yili uni Xovard
T. Fisher boshqargan) GRID, IMGRID, CALFORM va boshqa qator
hammaga ma‟lum paketlar yaratildiki, boshqa ilmiy markazlarda 60- va 70-
yillarda yaratilgan paketlar bilan birga ularning barchasi ushbu paytda
mavjud bo„lgan chiziqli va peroli plotterlardan foydalangan holda
avtomatlashgan kartalashtirishga moslashtirilgan.
60-yillarning oxiri va 70-yillarning boshlaridagi davr uchun fazoviy, shu
jumladan statistik tahlil usullarini hamda fazoviy ma‟lumotlarni kodlash va
taqdim etish texnologiyalarini ketma-ket takomillashtirish xosdir. 60-yillarning
oxiriga kelib topologik axborotlarni saqlashning faylli tarkibi deb nomlangan
DIME ishlab chiqildi, uch o„lchamli tasvirlarni grafik jihatdan yaratish
176
texnologiyasi paydo bo„ldi va h.k. GATni yaratuvchilar muhitida, ayniqsa,
olimlar va muxandislar o„rtasida fanlararo aloqalarni kuchaytirishga harakatlar
ushbu davr uchun o„ta xarakterli bo„lgan. Ammo bu davrda geoaxborot
tizimlari baribir ixtisoslashgan tizim bo„lgan, aynan ushbu tizimlar o„ta kuchli
va qimmatli EHMlar bazasida yaratilgan va shu sababli ham ular juda
qadrlangan hamda ulardan foydalanuvchilar soni chegaralangan.
70-yillarning ikkinchi yarmida va 80-yillar boshlarida G„arbda GAT
texnologiyalarini ishlab chiqishga davlat tomonidan ham, ayniqsa,Shimoliy
Amerikada xususiy agentliklar tomonidan ham katta investitsiyalar kiritilgan.
Ushbu davrda yuzlab kompyuter dasturlari va tizimlari ishlab chiqilgan.
Grafik displeyga ega bo„lgan, unchalik qimmat bo„lmagan kompyuterlarning
paydo bo„lishi va keng tarqalishi, ma‟lumotlarni qayta ishlashning «paketli»
tizimidan kompyuterning buyrug„iga muvofiq o„zaro muloqot tizimiga o„tish
GAT texnologiyalari sohasidagi tadqiqotlarni turli joylarda
markazlashtirilmagan tarzda olib borishga imkon berdi. Fanlararo
tadqiqotlarning kuchli integratsiyalanishi, loyihalash, rejalashtirish va
boshqarish bilan bog„liq majmuaviy masalalarni hal qilishga yo„naltirilganligi
integrallashgan GAT yaratilishiga olib keldi. Faqatgina Shimoliy Amerikada
1984 yilga kelib 1000 ga yaqin geoaxborot tizimlari ishlab turgan. Evropada
GATni ishlab chiqish kichikroq masshtablarda olib borilgan, ammo shunga
qaramasdan bu erda ham GAT texnologiyalarini yaratish va foydalanish
bo„yicha katta qadamlar qo„yilgan. Bunda ayniqsa Shvetsiya, Norvegiya,
Daniya, Frantsiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va G„arbiy Germaniya alohida
o„rin tutadi.
GATning ikkinchi avlodi Xenk F. Ottensdan keyin 80-yillarning
o„rtalariga , uchinchi avlodi esa 90-yillarning boshlariga to„g„ri keladi. Keyingi
o„n yilda GAT texnologiyalarining keskin rivojlanib ketishi apparat
vositalarining rivojlanishi bilan bog„liqdir. Ayniqsa, fazoviy axborotlarni
kiritish va chiqarish vositalari hisoblangan digitayzerlar, skanerlar, grafik
displey va grafiklar qurish qurilmalarining vujudga kelishi bu sohaning
keskin rivojlanishiga olib keldi.
GAT texnologiyalarining kuchli integratsiyalashgan salohiyatining tatbiq
qilinishi 80-yillarning oxirlaridan boshlab GRID va CORINE singari atrof-
muhit monitoringi bo„yicha qator global va xalqaro loyihalarning bajarilishiga
asos bo„ldi.
177
GRID (Global Resource Information Database– Global resurslarning
axborotli ma‟lumotlar banki) loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti egidasi
ostida bajarilayotgan GEMS (Global Environment Monitoring System / Atrof-
muhit monitoringining global tizimi) dasturini bajarish vositasi hisoblanadi.
Loyiha 1988 yildan buyon qator mamlakatlar (Kanada, AQSh, Norvegiya,
Shvetsiya va b.) hamda xalqaro va milliy tashkilotlar (NASA, Tabiiy tizimlar
tadqiqotlari instituti, Jeneva universiteti va b.) tomonidan ishlab chiqilmoqda.
CORINE (Coordination Information Environment) loyihasi – Evropa
Ittifoqining geoaxborot tizimini yaratish loyihasidir. Loyihani ishlab chiqish
1985 yil 27 apreldagi Evropa Iqtisodiy Ittifoqining qaroriga muvofiq
boshlangan.
Yuqoridagilar asosida geoaxborot tizimlarining rivojlanishini asosan
to„rtta davrga ajratish mumkin:
1.Boshlang„ich davr –50-yillarning oxirlari va 60-yillarning boshlarini o„z
ichiga oladi.Bu davr printsipial imkoniyatlarni tadqiq qilish, bilim va
texnologiyalarning chegaraviy sohalarini aniqlash, empirik tajribalarni amalga
oshirish, birinchi yirik loyihalar va nazariy ishlarni bajarish davri bo„lgan.
2.Davlat tashabbuskorligi davri – 70-yillarning oxirlari va 80-yillarning
boshlarini o„z ichiga oladi.Bu davrda davlat tomonidan qo„llab-quvvatlangan
yirik geoaxborot loyihalari rivojlandi, uncha katta bo„lmagan guruhlar va
alohida tadqiqotchilarning roli va ta‟siri kamaygani holda GAT sohasida
yirik davlat institutlari shakllandi.
3.Tijorat rivojlanish davri – 80-yillarning boshlaridan to bugungi kunga
qadar.Ushbu davrda turli-tuman dasturiy vositalarning keng ko„lamli bozori ,
stol usti GAT ining rivojlanishi, fazoviy bo„lmagan ma‟lumotlar bazasi bilan
integratsiyalanish hisobiga ularning qo„llanish sohalarining kengayishi
kuzatildi. Bulardan tashqari, bu davrda ko„p sonli nomutaxassis
foydalanuvchilar, tizimlar, tarqoq ilovalar paydo bo„ldi. Ularning paydo bo„lishi
va alohida kompyuterlardagi ma‟lumotlarning individual tarzda to„planishi
geoma‟lumotlarning taqsimlangan bazasi hamda korporativ ma‟lumotlar bazasi
asosidagi tizimlarning yaratilishiga asos bo„ldi.
4.Yaratilgan tizimlardan foydalanish davri – 80-yillarning oxiridan to
hozirgi kunga qadar vaqtni qamrab oladi.Tijorat nuqtai nazaridan geoaxborot
tizimlari texnologiyalarini ishlab chiquvchilar o„rtasidagi yuqori darajali
raqobat GAT texnologiyalaridan foydalanuvchilarga dasturiy vositalardan
178
«ochiq» tarzda foydalanish imkonini yaratdi. Bundan tashqari, ushbu
tashkilotlarga dasturlarni takomillashtirish, dunyo geoaxborot infratuzilmalarini
yaratishga imkon tug„dirdi.
|