173
Yuqorida ko„rib chiqilgan ko„rsatkichlar loyihaning iqtisodiy
samaradorligini turli tomondan tavsiflaydi. Shuning uchun loyihani baholashda
ko„rsatkichlarning butun bir to„plamidan foydalanish zarur.
Bundan loyihaning
iqtisodiy samaradorligining umumlashtirilgan mezonlarini shakllantirish
mumkin.
Quyidagi hollarda loyiha samarali bo„ladi:
–sof keltirilgan qiymat noldan yuqori bo„lsa;
–foydalilik indeksi noldan yuqori bo„lsa;
–xarajatlar qoplanishining keltirilgan davri eng qisqa bo„lsa.
Ko„rsatkichlar tizimida alohida ko„rsatkichlarning nazorat qiymatlari,
shuningdek, oxirgilarining solishtirma qiymatlari (nisbiy qiymatlari) loyiha
ishtirokchilarining ixtiyoriga ko„ra aniqlanadi.
Ko„pgina hollarda loyihaning samaradorligi loyihada ko„zda tutilgan
maqsadlarga erishish darajasi bo„yicha baholanadi. Bunda quyidagi misolni
keltirish joizdir:
Aytaylik, oldiniga loyihani amalga oshirish
davomiyligi bir yil deb
aniqlandi. Bunda rejalashtirilgan sarf-xarajatlar 1 mln. so„mni tashkil etdi.
Aytaylik, loyihani amalga oshirish oldinga qo„yilgan maqsadga erishishga olib
keldi, ammo bunda loyihaning haqiqiy davomiyligi va sarf-xarajatlar
rejalashtirilganidan 10 va 15 foiz oshib ketdi.
Berilgan holatda loyihaning
samaradorligini loyiha muddatlari va byudjetiga rioya qilish mezonlari
bo„yicha quyidagi tartibda aniqlash mumkin:
S
t
= 100%/(1 + 10%/100%) = 91%,
S
b
= 100%/(1 + 15%/100%) = 87%.
Bunday farqlar deyarli barcha loyihalarni amalga oshirish jarayonida
uchraydi. Bu holat ba‟zan ko„zda
tutilmagan tashqi muhit bilan, ba‟zida esa
loyihani samarasiz boshqarish bilan bog„liq bo„lishi mumkin.