GAT loyihalari qo„llanilishining iqtisodiy samaradorligi




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

7.3. GAT loyihalari qo„llanilishining iqtisodiy samaradorligi 
Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish qator tashqi va ichki omillarga 
bog„liq. Bunda ayniqsa loyihani boshqarish birinchi darajali rol o„ynaydi. Aynan 
loyihani boshqarishning samaradorligi ko„p jihatdan loyihaning samaradorligini 
aniqlaydi. Bu qoida GAT loyihalariga ham taalluqlidir. Loyihani boshqarishning 
samaradorligini ikki tomonlama baholash mumkin. Xususan, umuman loyihaning 
samaradorligini aniqlash yo„li bilan hamda aynan loyihani boshqarish tizimini 
baholash orqali. Birinchi usul o„zining oddiyligiga qaramasdan qator 
kamchiliklarga egadir. 
Aytaylik, ikkita turli tashkilot tomonidan bir xil maqsadli loyiha amalga 
oshirilmoqda. Har ikkala loyihani amalga oshirish bir xil natijaga olib keldi. 
Ammo birinchi loyihani amalga oshirishda ikkinchi loyihaga nisbatan sarflangan 
xarajatlar kam bo„lgan. Shunday qilib, birinchi loyihaning samaradorligi ikkinchi 
loyihaning samaradorligidan yuqori bo„ladi. Ammo bu birinchi loyihani 
boshqarish samaradorligining yuqoriligidan darak beradimi? Agar loyihani amalga 
oshirishning tashqi shart-sharoitlari bir xil bo„lsa, javob qoniqarli bo„lishi mumkin. 
Endi aytaylik, birinchi loyiha ikkinchi loyihaga qaraganda anchagina past bo„lgan 
foizli va soliq stavkalari sharoitida amalga oshirildi. Shunday ekan, birinchi 
loyihaning katta darajadagi samaradorligi nima bilan ko„zda tutilgan: anchagina 
maqbul va ijobiy tashqi shart-sharoitlar bilanmi yoki ichki omillar bilan. 
Masalaning bunday murakkabligiga qaramasdan, loyihaning ichki tashkil 
etuvchilari samaradorligini nisbatan aniqlash, ba‟zi hollarda esa miqdor jihatidan 
ham o„lchash mumkin. Aynan shu narsa GAT loyihalarini boshqarish 
samaradorligi bo„ladi. 
Loyihani boshqarish samaradorligi uni amalga oshirishning mavjud tashqi va 
ichki shart-sharoitlarida ko„zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun mavjud 
resurslar (mehnat, moliyaviy, moddiy va h.k.) salohiyatidan qanchalik to„la 
foydalanilganligini ko„rsatadi. Agarda loyihaning tashqi samaradorligini baholash 
ko„pincha uning natijaviylik (loyihaga sarflangan xarajatlarning natijasi) darajasi 
sifatida aniqlanadigan bo„lsa, bunday holda loyihani boshqarish samaradorligi 
to„g„risida iqtisodiylik mezonlari bo„yicha (oldinga qo„yilgan maqsadga erishish 


179 
uchun qancha resurs sarflashga to„g„ri kelgan va ular rejaviy loyihalashlarga mos 
keladimi) xulosalar chiqarish maqsadga muvofiq bo„ladi. 
GAT loyihalarini samarali boshqarishning asosiy xususiyatlari quyidagilardir: 
–loyiha maqsad va vazifalarini to„g„ri qo„yish (maqsad unga erishiladigan 
bo„lishi zarur, ya‟ni aynan mavjud bo„lgan resurslarni hisobga olishi kerak); 
–loyihani boshqarishning shunday sxemalari, usullari va vositalarini tanlash 
zarurki, ular mumkin bo„lgan kam sarf-xarajatlar hamda mumkin qadar qisqa 
muddatlarda oldinga qo„yilgan maqsadga erishishni ta‟minlashi kerak; 
– vaqt va fazoda ularning eng optimal tarzda taqsimlanishi orqali loyihaning 
mavjud resurslaridan mumkin qadar to„la foydalanish (kam sarf-xarajat evaziga 
mumkin qadar ko„proq natijaga erishish) ; 
– loyihaning ichki va tashqi omillarining o„zgarishiga o„z vaqtida hamda 
shunga mos tarzda e‟tibor berish (tahlikani boshqarish, nazoratni olib borish, 
o„zgarishlarni boshqarish). 
Loyihaning ishonchliligi uni boshqarishning muhim tavsiflaridan biridir. 
Loyihaning ishonchliligi deganda shunday xususiyatlar majmui tushuniladiki, 
ularga:
–aynan loyihani amalga oshirishning har qanday sharoitlarida boshqaruvning 
samarali va uzluksiz faoliyatini ta‟minlovchi boshqarish tizimining barqarorligi; 
–tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish yo„li bilan tashqaridan hamda 
ichki boshqaruv mexanizmlarining qayishqoqligi; 
–vaqt va resurslar zaxiralarini yaratish va boshqarish (shu jumladan tashkiliy) 
orqali loyihalarni boshqarish «ortining ta‟minlanganligi». 
Yuqorida e‟tirof etilganidek,loyihani boshqarishning samaradorligi to„g„risida 
fikr yuritish faqat to„la holdagi loyihaning samaradorligini baholash orqali amalga 
oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, loyihani boshqarish samaradorligini 
baholashga boshqa yondashuvlar ham mavjud. Ulardan asosiylari quyidagilardir: 
1.Oldinga qo„yilgan maqsadlarni amalga oshirilish darajasi bo„yicha baholash

Download 2,58 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 GAT loyihalari qo„llanilishining iqtisodiy samaradorligi

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish