–
aniq bir masalalarning hal qilinishiga, ko„zda tutilgan iqtisodiy ko„rsatkichlarga,
prognoz qilinadigan loyihalashga erishishga bog„liq bo„lgan loyiha bo„yicha u yoki
bu tadbirlarning (tadbirlar majmuasining) bajarilishi. Loyihani boshqarishni
baholash darajasining muhim ko„rsatkichlaridan biri – bu loyiha bo„yicha
bajarilgan ishlar majmuasining natijasidir:
S
(S
h.n.
-S
r.n.
),
180
bunda:
S
–
loyihani boshqarishtizimining samaradorligi;
S
h.n
.
–
loyiha bo„yicha
bajarilgan ishlarning haqiqiy natijasi;
S
r.n
.
–
loyiha bo„yicha ishlarning rejaviy
natijasi.
Tannarxning pasayib ketishi loyihani boshqarish samaradorligining oshganligi
to„g„risida guvohlik beradi.
Loyihani boshqarishning iqtisodiy samaradorligining boshqa bir muhim
ko„rsatkichi – loyihaning amalga oshirilish davomiyligidir. Agar rejaviy byudjet
ko„rsatkichlariga rioya qilish qisqa muddatlarda tugasa, bunday holatda ham
loyihani boshqarish samaradorligining oshganligi to„g„risida fikr yuritish mumkin.
2.Loyihani amalga oshirish natijalarini o„xshash loyihalar natijalari bilan
taqqoslash yo„li bilan boshqarish samaradorligini baholash. Foydalilik indeksi,
xarajatlarning qoplanish davri, loyihalarning rentabelligi ichki me‟yori kabi asosiy
nisbiy iqtisodiy ko„rsatkichlar bo„yicha taqqoslash nainki tarmoq ichida, balki
mamlakat iqtisodiyotining boshqa tarmoqlarida va chet mamlakatlarda mavjud
bo„lgan analog (o„xshash)lari bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda eng
muhimi shundan iboratki, taqqoslash aniq va to„g„ri bo„lishi, ya‟ni ularning tashqi
shart- sharoitlari, loyihalarning amalga oshirilishi hamda maqsadga erishishning
xarakteri bir xilda bo„lishi zarur.
3.Boshqarishning o„zi bilan bog„liq bo„lgan resurslardan foydalanish darajasi
bo„yicha loyihani boshqarish samaradorligini baholash.Ushbu holatda GAT
loyihalarini boshqarish samaradorligi boshqaruv apparatiga yoxud u yoki bu
boshqarish tadbiriga sarflangan xarajatlar hisobiga keladigan natija bo„yicha
baholanadi.
Loyihani boshqarish samaradorligini baholashda loyihani amalga oshirishda
jalb qilingan xodimlar umumiy soniga nisbatan loyihani boshqarish apparati
xodimlarining nisbiy solishtirma miqdori ko„rsatkichi qo„llaniladi.
Loyihani boshqarishni tavsiflash uchun boshqarishga sarflangan xarajatlar
summasining loyihani amalga oshirishning umumiy qiymatiga nisbati ko„rsatkichi
qo„llaniladi.
181
Loyihani boshqarish tizimi samaradorligini o„lchashga imkon beruvchi
ko„rsatkichlar ichida mehnat unumdorligi alohida o„rin tutadi. U asosan bajarilgan
ishlar (alohida ishlar, ishlar majmuasi yoki butun loyiha) qiymatining ushbu
ishlarni bajargan ishchi-xodimlar soniga nisbati kabi aniqlanadi:
A
m.u.
=P/R,
bunda:
A
m.u
.
– mehnat unumdorligi;
P
– bajarilgan ishlar hajmi;
R
– ushbu ishlarni
bajargan ishchi-xodimlar soni.
So„zsiz, boshqarish samaradorligini baholash qandaydir bir shablon (qolip)
yordamida amalga oshirilishi mumkin emas. Loyihani boshqarish samaradorligini
baholash mezonlari, ko„rsatkichlar, me‟yorlar va metodlar to„plami loyihaning
o„zining xususiyatlariga va ko„lamiga, shuningdek, iqtisodiy holatning
xususiyatlariga hamda ushbu loyiha amalga oshirilayotgan tashqi muhitga mos
kelishi zarur.
Loyiha samaradorligini baholash loyiha bo„yicha to„la tartibda ham, alohida
ishlar majmuasi bo„yicha ham, shuningdek, loyihani boshqarishning o„ziga xos
masalalari (resurslarning taqsimlanishi, pul oqimlarini tartibga solish, mehnatni
tashkil etish va h.k.) bo„yicha ham amalga oshiriladi. Loyiha nihoyalanishi bilan
loyihani amalga oshirish samaradorligini yakuniy baholash o„tkaziladi. U integral
xarakterga ega bo„ladi, ya‟ni hisob-kitoblarda barcha mezonlar va ko„rsatkichlar
e‟tiborga olinadi. Bunda yig„ma baholashda har bir ko„rsatkichga uning nisbiy
(ustuvorligi) ahamiyatini yorituvchi solishtirma hajm beriladi. GAT loyihasi
samaradorligini integral baholash quyidagi umumiy ko„rinishga ega:
S
i
=
S
1
α
1
+
S
2
α
2
+...+
,
bunda: S
i
– loyihani amalga oshirish samaradorligini integral baholash;S
1
, S
2
,
... –integral ko„rsatkichga kiritilgan alohida ko„rsatkichlar bo„yicha loyihani
amalga oshirish samaradorligini baholash; α
1,
α
2
, ...
– ko„rsatkichlarning
solishtirma qiymatlari (hajmlari).
Samaradorlikning yig„ma ko„rsatkichiga kiritilgan ko„rsatkichlarning
solishtirma hajmlari ekspert baholash usuli yordamida aniqlanadi. Bunda quyidagi
shartlarga rioya qilinishi zarur:
182
Yakuniy baholash, shuningdek,hisob-kitoblar uchun qabul qilingan
ko„rsatkichlarning butun bir to„plami loyihani amalga oshirish samaradorligini
tahlil qilish uchun asos bo„lib xizmat qiladi.
Loyiha samaradorligini tahlil qilishning quyidagi turlari ajratiladi:
retrospektiv tahlil, joriy tahlil va istiqbolli tahlil. Birinchi holatda erishilgan
natijalar tahlil qilinadi, ikkinchida – joriy holat tahlillari asosida voqelik
rivojlanishining mumkin bo„ladigan ko„rinishi o„rganiladi va tegishli prognozlar
beriladi.
Loyiha samaradorligini tahlil qilish barcha bosqichlarda amalga oshiriladi.
Loyihani boshqaruvchi «qo„lini pultga»qo„ygan holda uning mumkin qadar yuqori
samaradorligini ta‟minlash maqsadida loyiha amalga oshirilish jarayonining
borishiga ta‟sir ko„rsatish imkoniyatiga ega bo„ladi.Ammo loyihani amalga
oshirish samaradorligini tahlil qilish ishini nainki to„g„ridan-to„g„ri loyihani
amalga oshirish jarayonida, balki loyiha ishlari nihoyasiga etganidan keyin ham
o„tkazish zarur. Agar bunday tahlil investor yoki loyihani bajaruvchi tomonidan
o„tkazilayotgan bo„lsa, uning asosiy maqsadi kelgusida xatolarga yo„l
qo„ymaslikdan iboratdir. Loyihani amalga oshirish samaradorligini tahlil qilish
quyidagilarga imkon beradi:
–loyihani amalga oshirish samaradorligiga ta‟sir ko„rsatuvchi omillarni
aniqlash (identifikatsiyalash);
– loyihani amalga oshirish samaradorligiga ta‟sir ko„rsatish darajasi bo„yicha
ushbu omillarni ranjirovka qilish (asosiy va ikkinchi darajali omillarni aniqlash);
–alohida omillar o„rtasidagi o„zaro bog„liqliklar va o„zaro o„rin egallashlar
shakllari va darajalarini topish (nima nimaga ta‟sir ko„rsatadi va qanday qilib);
–alohida omillarni bartaraf qilish yoki aksincha kuchaytirish maqsadlarida
ularga ta‟sir etishning mumkin bo„ladigan choralarini aniqlash;
– optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Umumiy holatlarda loyihani amalga oshirish samaradorligi deganda loyiha
natijalarining va uni amalga oshirish jarayonida sarflangan resurslar qiymatining
183
(moddiy, mehnat, moliyaviy va boshqalar) nisbati tushuniladi. Bundan tashqari,
loyihani amalga oshirish samaradorligi erishilgan natijalarning oldinga qo„yilgan
maqsadlarga mos kelishlik o„lchovi sifatida ham aniqlanishi mumkin.
|