165
Add Geometry Column va Drop Geometry Column jarayonlarni bajarish
ma‟lumotlarni GEOMETRY-COLUMNS da yoritishda avtomatik ravishda
yangilanishni ta‟minlaydi.
Fazoviy ob‟ektlar to„g„risidagi «grafik» va «atributika» ga bo„linish –
umuman keng tarqalgan hamda rus tiliga o„girilgan ESRI matnlarida hamko„p
uchraydigan holatdir. Bu odatda kartografiyaning «og„ir merosi» sifatida qaralishi
mumkin yoki bo„lmasa fazoviy ob‟ektni raqamli izohlash atributlarining ham
koordinatali izohlanishdan iborat ekanligini to„la tushunib etmaslikdan vujudga
keladi. Kompyuter grafikasidan meros bo„lib qolgan an‟anaviy terminologiyaga
qat‟iy bo„ysunilsa, «geometriya» to„g„risida, geometrik ob‟ektlar (nuqtalar,
chiziqlar va poligonlar – bu geometriya) to„g„risida gapirish o„rinli bo„ladi.