Geofazoviy axborotlar sohasida standartlashtirish tushunchasi va




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

6.2. Geofazoviy axborotlar sohasida standartlashtirish tushunchasi va
uning afzalliklari 
Standartlashtirish –iste‟molchiga imkon qadar to„g„ri keladigan bahoda etarli 
darajadagi sifatga ega bo„lgan tovarlarni sotib olish, shuningdek, xavfsiz va 
yuqori darajali shart-sharoitlar asosida mehnat qilish huquqini ta‟minlaydigan
talablar, me‟yorlar, qoidalar va tavsiflarni ishlab chiqish hamda o„rnatishga
yo„naltirilgan faoliyatdir. Standartlashtirishning maqsadi – real holatda mavjud
bo„lgan, rejalashtiriladigan yoki bo„lishi mumkin bo„ladigan masalani hal
qilish uchun o„rnatilgan qoidalar, talablar va me‟yorlardan keng ko„lamda
foydalanish asosida faoliyatning u yoki bu sohasini maqbul darajada
tartibga solinishiga erishishdan iboratdir. 
Standartlashtirish asosan o„zining ob‟ekti va sohasi bilan ajralib turadi. 
Standart – bu maxsus konsessus asosida ishlab chiqilgan, barcha
tomondan e‟tirof etiladigan organ tomonidan tasdiqlangan va ma‟lum bir
sohani maqbul darajada tartibga solinishiga erishishga yo„naltirilgan
me‟yoriy hujjatdir. Har qanday standartda faoliyatning turli xillari yoki ular
natijalariga tegishli bo„lgan umumiy printsiplar, qoidalar va tavsifnomalar
belgilanadi. Standartlarni ishlab chiqishda Xalqaro standartlashtirish jamiyati
muhim rol o„ynaydi. Xalqaro standartlashtirish asosida xalqaro standartlar
ishlab chiqiladi. Bunday standartlarni ishlab chiqishga hozirgi kunga qadar
ISO( Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) mas‟uldir. 
Xalqaro standart global tarzdagi ochiqlik va haqqoniylikni, konsessus hamda
texnik jihatdan o„zaro kelishilganlik kabi printsiplarni o„zida
mujassamlashtirgan. Ushbu pritsiplarning hayotga tatbiq qilinishi barcha
manfaatdor tomonlarning ISOning Texnik qo„mitasi bilan birga standartlar
ishlab chiqishi hisobiga ta‟minlanadi. 
Geofazoviy axborotlar sohasidagi standartlashtirish ushbu sohani bugungi
kunda real tarzda mavjud bo„lishi, rejalashtirilishi yoki ko„zda tutilishi
mumkin bo„ladigan masalalarini hal qilish uchun aniq qoidalar, talablar va
me‟yorlar ishlab chiqish hamda ulardan foydalangan holda geofazoviy
axborotlar sohasini tartibga solishni ko„zda tutadi. Geofazoviy axborotlar,


154 
ulardan foydalanishni tartibga solib turish uchun maxsus standartlar ishlab
chiqiladi. 
An‟anaviy holda geografik axborotlar geografik jamiyatlar tomonidan
amalga oshiriladi hamda foydalaniladi. Ammo keyingi yillarda bunday
axborotlar ko„pincha boshqa odamlar va hatto biznes tashkilotlar tomonidan
keng ko„lamda foydalanilmoqda. Shu sababli ekspertlar uchun birinchi darajali
ahamiyatga ega texnik masalalar hukumat organlari va tadbirkorlik
tashkilotlari tomonidan duch kelinadigan ishlab chiqarish masalalariga
nisbatan ikkinchi o„ringa tushib qolmoqda. Ilgarilari foydalanuvchilar va
iste‟molchilar sonining kam bo„lganligi sababli standartlashtirish unchalik
katta ahamiyatga ega bo„lmagan. Ammo keyingi yillarda uning ahamiyati
nihoyatda katta bo„lmoqda, negaki soha mutaxassislari, balki shu bilan bir
qatorda umuman iqtisodiyotning barcha sohalari mutaxassislarining geofazoviy
axborotlardan foydalanishga bo„lgan qiziqishlari kundan- kunga oshib
bormoqda. 
Geografik standartlashtirishda tug„iladigan muammolarni asosan ichki va
tashqi turlarga ajratish maqsadga muvofiq. Ichki muammo shundan iboratki,
geografik jamiyatlar o„zlarining geofazoviy axborotlardan foydalanish bo„yicha
hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan an‟anaviy variantlar to„g„risidagi
fikrlaridan xatlab o„tishlari zarur. Haqiqatan ham, geofazoviy axborotlardan
foydalanish an‟anaviy shakldan boshqa shakllarga aylandi hamda aytish
mumkinki, yaqin kelajakda eng yangi va bo„lg„usi ilg„or texnologik
yangiliklarning integral birikmasiga aylanadi. Tashqi muammo shundan iborat
bo„ladiki, zamonaviy biznes bora-bora geofazoviy axborotlar o„zlarining
mahsulotlariga qo„shilib ketayotganligini chuqur xis qilmoqda. Bu esa
bugungi kunda harakatda bo„lgan mavjud va yangi bozorlarning asosini
aynan ushbu axborotlar negizidagi tovarlar tashkil etishi bilan bog„lanishini 
ko„zda tutadi. Geofazoviy axborotlardan foydalanuvchi mahsulotlar bozori bir
necha yilda multi milliardli masshtablarga ega bo„lishi kutilmoqda. Demak, 
geografik standartlash-tirishning strategik yo„nalishi ushbu chaqiriqlarga o„z
vaqtida javob berishi zarur, aks xolda geografik jamiyatlar yana o„z
o„rinlarini geofazoviy axborotlar to„g„risida etarli bilim va tushunchalarga ega
bo„lmagan begonalarga bo„shatib berishlari mumkin. 
Boshqa sohalar bilan bir qatorda geofazoviy axborotlarni
standartlashtirishda maxsus ISO/TC 211 (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti 


155 
/Texnik qo„mita bilan birgalikda) ning roli nihoyatda katta bo„lmoqda. Raqamli
geografik axborotlar sohasida standartlashtirish aynan ushbu tashkilotning
vakolatiga kiradi. Geografik axborotlar sohasidagi ushbu standartlar
ma‟lumotlar bilan ishlash uchun usullar, qurilmalar va servislarni, ushbu
ma‟lumotlarni to„plash, qayta ishlash, tahlil qilish operatsiyalarini, turli- tuman
foydalanuvchilar, tizimlar va turli joylar o„rtasida bunday ma‟lumotlarni
elektron raqamli shaklda taqdim etish va almashish muolajasini aniqlaydi. 
ISO/TC 211 ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
–geografik axborotlarni yaxshiroq tushunish va foydalanish; 
–geografik axborotlardan foydalanishni yaxshilash, uning integratsiyasi va
birgalikda foydalanish; 
–raqamli geografik axborotlardan, ularga muvofiq dasturiy-apparat
tizimlaridan yuqori saviyada, samarali va tejamkor tarzda foydalanish. 
Bugungi kunga kelib ISO /TC211 tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga 
taqdim etilgan geofazoviy axborotlar sohasini standartlashtirish infratuzilmasini 
aniqlovchi standartlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
–ISO 19101 Geographic information – Reference model (Etalon model); 
–ISO/TC 19103 Geographic information – Conseptual schema language
(Kontseptual sxemalar tili); 
–ISO/TC 19104 Geographic information – Terminology (Terminologiya); 
–ISO 19105 Geographic information – Conformance and testing ( O„zaro
moslik va test qilish); 
–ISO 19106 Geographic information– Profiles (Profillar). 
Umuman aytish mumkinki, geofazoviy axborotlar sohasidagi
standartlashtirish hamda shu asosda ishlab chiqilgan va amalga kiritilgan
standartlar ushbu axborotlardan foydalanishni tartibga solib turishda muhim
amaliy ahamiyatga egadir. 

Download 2,58 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geofazoviy axborotlar sohasida standartlashtirish tushunchasi va

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish