Loyihani tashkil etish va boshqarish




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

 
6.1-chizma. 
Loyiha menejmenti sohasida ma‟lum bo„lgan standartlar
 
–ISO 10006: 2003. Sifatni boshqarish tizimlari. Loyihalar sifatini boshqarish 
bo„yicha rahbarlik ko„rsatmalari; 
–PMI. A Guide to the Project Management Body of Knowledge. (PMBOX 
Guide). Loyihalarni boshqarish bo„yicha bilimlar to„plamiga ko„rsatma. Uchinchi 
nashr. ISO 1006: 2003. Sifatni boshqarish tizimlari. Loyihalar sifatini boshqarish 
bo„yicha rahbarlik ko„rsatmalari.
Standartlarda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatiga ta‟sir 
ko„rsatuvchi asosiy printsiplar va amaliy uslubiyatlar keltiriladi. Unda loyiha 
bo„yicha barcha jarayonlar ikkita toifaga guruhlangan: loyihani boshqarish 
jarayonlari va loyihaning mahsulotlari (ya‟ni loyihalash, ishlab chiqarish, 
tekshirish kabi) bilan bog„liq jarayonlar. Loyiha mahsulotiga tegishli 
PMBOX Guide 
PMBOX Guide 
Covernment Ext 
The Standard for Project 
Portfolio M
а
n
а
gement 
PMI 
WBS Earmed Valne 
IPMA Competence 
Baseline+(ICB) HTK 
POCC
ИЯ
OPM3 
ISO 10006 
GPBSPM 
The Standard for Program 
Management PMI 
Prince 2 
P2M Japan 
PMCDF PMI 
Managing Successaul 
Programmes OGS UK 
Лойи
ҳа Дастур 
Портфел
Ташкилотлар
Мутахассислар




144 
jarayonlarning sifati bo„yicha rahbarlik ko„rsatmalari ISO+90040-1 standartida 
ko„rib chiqiladi. 
Standartda boshqarish jarayoni va loyihani amalga oshirish fazalari 
tushunchalari alohida ajratiladi. Loyiha rejalashtirish vositasi hamda maqsadlarni 
amalga oshirishni nazorat qilish va ushbu tahlika bilan bog„liq baholash vositasi 
sifatida turlicha o„zaro bog„liq jarayonlar va fazalarga bo„linishi mumkin.Fazalar 
loyiha hayotiy tsikli kontseptsiyasini va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, amalga 
oshirish, foydalanishga topshirish singari boshqariladigan bosqichlarga ajratadi. 
Loyiha jarayonlari uni boshqarish, shuningdek, loyiha mahsulotini amalga 
oshirish uchun zarur bo„ladigan jarayonlardir. Jarayonlar bir- birlariga yaqinlik 
printsiplari asosida guruhlangan (masalan, vaqt parametrlari bo„yicha boshqarilish 
bilan bog„liq barcha jarayonlar bitta guruhga kiritilgan). Standartda jami quyidagi
guruh jarayonlar alohida ajratiladi: 
–strategik (loyiha yo„nalishini aniqlash); 
–resurslarga va xodimlar tarkibiga kiruvchi; 
–o„zaro bog„liqliklarga tegishli; 
–qo„llanilish sohasiga tegishli; 
–vaqtga tegishli; 
–xarajatlar bilan bog„liq; 
–axborotlarni uzatish bilan bog„liq; 
–tahlikalarga tegishli; 
–xaridlarga tegishli. 
O„zgarishlarga va tahlilga hamda doimiy takomillashishga tegishli jarayonlar 
ham alohida qaraladi. Standartda har bir jarayonning izohi, shuningdek, aniq bir 
jarayonning sifatini boshqarish bo„yicha rahbarlik ko„rsatmalari mavjud bo„ladi. 
Ushbu xalqaro standartda mavjud bo„lgan loyihalashda sifatni boshqarish 
bo„yicha ko„rsatmalar asosida sifatni boshqarishning 8 ta printsipi yotadi: 
1.Iste‟molchiga mo„ljallanish. 
2.Rahbarning yo„lboshchiligi. 
3.Xodimlarni jalb qilish. 


145 
4.Jarayonli yondashuv. 
5.Menejmentga tizimli yondashuv. 
6.Muntazam takomillashish. 
7.Dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish. 
8.Etkazib beruvchilar bilan o„zaro foydali munosabatlar. 
Ushbu umumiy printsiplar tashkilotlar – loyihaning tashabbuskorlari va 
tashkilotlar– loyihani bajaruvchilar uchun sifat menejmenti tizimining asosini 
vujudga keltiradi. 
PMBOX Guide. Loyihalarni boshqarish bo

Download 2,58 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish