‘
yicha bilimlar to
‘
plamiga oid
qo
‘
llanma. Loyihalarni boshqarish instituti. AQSh.
PMBOXGuide loyihalarni
boshqarishning Amerika milliy standarti hisoblanadi va dunyoda keng qo„llaniladi.
Standartning asosida loyihani boshqarish bo„yicha faoliyat izohining jarayon
modeli qo„yilgan.
Qo„llanmada quyidagilar aniqlanadi:
– loyihani boshqarish tarkibi (1-qism). Ushbu bo„limda loyihani boshqarish
bo„yicha asosiy ma‟lumotlar berilgan, asosiy terminlar va qo„llanma boblarining
umumiy izohnomasi aniqlangan. Loyihaning hayotiy tsikllari, tashkiliy tarkiblari
va muhiti tushunchalariga alohida e‟tibor berilgan;
– loyihani boshqarish standarti (2-qism) o„z ichiga boshqarish jarayonlarining
beshta guruh izohlarini oladi: 1) initsiatsiya, 2) rejalashtirish, 3) ijroni tashkil etish,
4) nazorat va 5) yakunlash. Jarayonlarning ushbu guruhi doirasida 44 bazaviy
boshqarish jarayonlari va ular o„rtasidagi o„zaro bog„liqliklar yoritilgan;
– loyihani boshqarish bo„yicha bilimlar sohasi (3-qism) 9 bilimlar sohasidan
tashkil topgan: boshqarish: 1) integratsiya asosida, 2) mazmun asosida, 3)
muddatlari bo„yicha, 4) qiymati bo„yicha, 5) sifatni, 6) mehnat resurslarini, 7)
kommunikatsiyalarni, 8) tahlikani, 9) loyiha bo„yicha xom ashyolarni etkazib
berishni. Ushbu qismda jarayonning umumiy izohini, kiruvchi va chiquvchi
axborotlarni, shuningdek, tavsiya qilinadigan usullar va vositalarni hisobga olishni
inobatga olgan holda boshqarish jarayonlarining har biri uchun batafsil izoh
keltiriladi.
146
Loyihaning integratsiyalanishini boshqarish – bilimlar sohasining eng
muhimlaridan biri bo„lib, jarayonlar guruhi doirasida loyihani boshqarishning turli
elementlarini o„z ichiga oladi. Bu sohaga quyidagi jarayonlar kiradi:
– loyiha nizomini ishlab chiqish;
– loyiha mazmunining boshlang„ich izohnomasini tayyorlash;
– loyihani boshqarish rejasini ishlab chiqish;
– loyihaning bajarilishiga rahbarlik va boshqarish;
– loyiha ishlarini boshqarish va monitoringi;
– o„zgarishlarni umumiy boshqarish;
– loyihaning yopilishi.
Loyihaning mazmunini boshqarish bu erda asosan yordamchi rolni o„ynaydi,
chunki loyihaning rejasi loyiha muvaffaqiyatli bajarilishi uchun zaruriy va
etarlicha hajmlarda ishlarning tarkiblarini batafsil qamrab oladi. Ushbu sohaga
quyidagi jarayonlar kiradi:
– mazmunni rejalashtirish;
– mazmunni aniqlash;
– ishlarning ierarxik tarkibini yaratish;
– mazmunni tasdiqlash.
Loyihaning muddatlarini boshqarish loyihaning muddatlariga rioya qilish
maqsadida uning kalendar rejasini shakllantirish uchun vaqt parametrlari bo„yicha
boshqarish jarayonlarini o„z ichiga oladi. Xususan:
– operatsiyalar tarkibini aniqlash;
– operatsiyalarning o„zaro bog„liqligini aniqlash;
– operatsiyalar faoliyatlarini baholash;
– kalendar rejani ishlab chiqish;
– kalendar rejani boshqarish.
Loyiha qiymatini boshqarish rejalashtirish jarayonini birin- ketinlikda amalga
oshirishni, xarajatlarni aniqlash va nazorat qilishni, umuman loyihani ko„zda
tutadi. U quyidagi jarayonlarni o„z ichiga oladi:
– qiymat jihatidan baholash;
147
– sarf-xarajatlar byudjetini ishlab chiqish;
– qiymatni boshqarish.
Loyihadagi tahlikalarni boshqarish tahlikalarni identifikatsiyalash, tahlikalar
kartasini ishlab chiqish va ushbu tahlikalarga munosabat bildirish rejasini tuzishni
qamrab oladi, shuningdek, u boshqarishning quyidagi jarayonlaridan iborat
bo„ladi:
– tahlikalarni boshqarishni rejalashtirish;
– tahlikalarni identifikatsiyalash;
– tahlikalarni sifat jihatidan tahlil qilish;
– tahlikalarni miqdoriy tahlil qilish;
– tahlikalarga munosabatni rejalashtirish;
– tahlikalarning monitoringi va boshqarish.
Sifatni boshqarish loyihaning ham, mahsulotning ham sifat bo„yicha
talablarini qondirishga yo„naltirilgan. Bu soha quyidagi jarayonlarni o„z ichiga
oladi:
– sifatni rejalashtirish;
– sifatni ta‟minlash;
– sifatni nazorat qilish.
Mehnat resurslarini boshqarish loyihalarni boshqarish amaliyotida asosiy
o„rinlardan birini egallaydi. Shu sababli ham quyida sanab o„tiladigan jarayonlar
qanchalik mahorat bilan amalga oshirilsa, maqsadga shunchalik to„la erishiladi va
umuman loyihaning muvaffaqiyati shunchalik to„la ta‟minlanadi:
– inson resurslarini rejalashtirish;
– loyiha komandasini tanlash va to„plash;
– loyiha komandasini rivojlantirish;
– loyiha komandasini boshqarish.
Loyihada kommunikatsiyalarni boshqarish loyihada o„zlariga ajratilgan
rollariga qarab loyiha komandasiga kiruvchi barcha ishtirokchilar uchun o„z
vaqtida va haqqoniy axborotlarni to„plash, taqsimlash, saqlash va foydalanishdan
iboratdir:
148
– kommunikatsiyalarni rejalashtirish;
– axborotlarni tarqatish;
– bajarilishi bo„yicha hisobot;
– loyiha qatnashchilarini boshqarish.
Loyihada xom ashyo, materiallarni etkazib beruvchilarni boshqarish
mahsulotlar, xizmatlar va natijalarni sotib olish va umuman olishni, shuningdek,
shartnomalarni boshqarish jarayonlarini izohlaydi. Bilimlarning ushbu sohasiga
quyidagi jarayonlar kiradi:
– sotib olishlar va sotuvlarni rejalashtirish;
– shartnomalarni rejalashtirish;
– sotuvchilardan axborotlarning so„rovi;
– sotuvchilarni tanlash;
– shartnomalarni ma‟muriylashtirish;
– shartnomalarni yopish.
Bundan tashqari, PMI loyihalarni boshqarishning alohida uslubiyati bilan
bog„liq bo„lgan standartlarni ishlab chiqqan va nazorat qilish metodlarini ko„rsatib
beruvchi standartlar chop etilgan.
Alohida loyihalarni boshqarishni ko„rsatib beruvchi yana bitta juda qiziq
loyiha Buyuk Britaniyaning Davlat tijorat departamentida ishlab chiqilgan –
Prince2 (Projects in Controlled Environments). Ushbu standart alohida loyiha
darajasida boshqarish jarayonini va nazorat parametrlarini ko„rsatib beradi.
Standartda loyiha doirasida yaratiladigan mahsulotning tarkibi va tavsifiga talablar
asosidagi boshqarish jarayonlari ancha yaxshi yoritilgan. Standart Buyuk
Britaniyaning davlat va xususiy sektorlarida keng qo„llaniladi va keyingi yillarda
xalqaro darajada ham qo„llanilmoqda.
Standartlarning nisbatan yangi sohasi– bu loyihalarning dasturi va portfeli
kabi ob‟ektlarni boshqarish jarayonlaridir. Buyuk Britaniyaning Davlat tijorat
departamenti tomonidan chiqarilgan standart bu sohadagi ilk standartlar
hisoblanadi. Deyarli o„n yillar davomida menejerlarni sertifikatlashda ushbu
standartlardan foydalaniladi.
149
Ammo xalqaro darajadagi standartlar bu sohada deyarli ishlab chiqilmagan.
Shu o„rinda 2006 yili PMI tomonidan chiqarilgan quyidagi standartni e‟tirof etish
mumkin:
|