6.3. GAT loyihalarini boshqarish bo„yicha xalqaro sertifikatlash
Loyihalarni boshqarish sohasida mutaxassislarni sertifikatlash ularni haqiqiy
mutaxassis sifatida tan olinishini belgilaydi. Bunday sertifikatlash xalqaro darajada
amalga oshirilsa, demak, bu mutaxassis xalqaro darajada tan olinishini bildiradi.
Umuman, loyihalarni boshqarish bo„yicha mutaxassislarni xalqaro darajada
sertifikatlash – bu quyidagilarning mosligini aniqlash jarayonidir:
156
–nomzodning malakaviy bilimlari, tajribalari va ko„nikmalarining – loyihani
boshqarish bo„yicha mutaxassisga qo„yilgan talablarga;
–nomzod faoliyatining loyiha menejerining axloq kodeksiga.
Sertifikat mustaqil, katta obro„-e‟tiborli organ tomonidan loyihani boshqarish
sohasidagi mutaxassisning tajribasi va kasbiy malakasini e‟tirof etishdir.
Loyihani boshqarish bo„yicha sertifikatlangan mutaxassisning bunday
sertifikatga ega bo„lmagan mutaxassisdanafzalligi quyidagilardan iborat:
–malakasi va vakolatliligining xalqaro darajada tan olinishi;
–lavozimining o„sishida alohida afzallikka ega ekanligi;
–malakaviy reytingi va u tomonidan ko„rsatiladigan xizmatlar bahosining
oshishi.
Aynan ushbu tartib va qoidalar GAT loyihalarini boshqarish bo„yicha xalqaro
sertifikatlashga ham taalluqlidir.
GAT loyihalarini boshqarish bo„yicha sertifikatlangan mutaxassislarga ega
bo„lgan kompaniyalarning boshqa kompaniyalardan afzalliklarini ham e‟tirof etish
zarur. Bunday afzalliklar quyidagilardan iborat:
–GAT loyihalarini boshqarish sohasidagi malakali mutaxassislarga bo„lgan
tashkilotlar talablarini qondirish;
–loyihalarning sertifikatlangan boshqaruvchilari xizmatlaridan foydalanuvchi
tashkilotlar ishlarining samaradorligini oshirish;
–kasbiy malakali loyihalar boshqaruvchilarining mavjudligi hisobiga
kompaniyaning reytingi va raqobatbardoshligini oshirish.
GAT loyihalarini boshqarish bo„yicha sertifikatlashning xalqaro dasturlari
ichida ikkita alohida ahamiyatlisini ajratish mumkin:
1.Loyihalarni boshqarish bo„yicha xalqaro birlashmaning standartlari asosida
sertifikatlash (IPMA).
2.Amerikaning loyihalarni boshqarish instituti (PMI).
GAT loyihalarini boshqarish bo„yicha mutaxassislarni sertifikatlashni
tushunish uchun ularni alohida-alohida ko„rib chiqamiz.
Loyihalarni boshqarish bo
‘
yicha xalqaro birlashmaning standartlari asosida
sertifikatlash
. IPMAning sertifikatlash tizimi loyihalarni boshqarish bo„yicha
mutaxassislar vakolatliligining xalqaro talablari (IBC –International Competence
Baseline) ga asoslangan. Sertifikatlash tizimi GAT loyihalarini boshqarish
sohasidagi mutaxassislarga qo„yiladigan talablarning nomzodlarning kasbiy
bilimlari, tajriba va mahoratlariga mos kelishini aniqlashga mo„ljallangan.
157
IPMAning sertifikatlash dasturi to„rtta darajani o„z ichiga oladi. Ularning har
biriga o„zining moslik talablari ishlab chiqilgan. Sertifikatlash natijasi bo„yicha
mutaxassisgasertifikatlash darajasiga qarab quyidagi lavozimlardan bittasi berilishi
mumkin:
1)loyiha direktori (Project Direktor, IPMA Level A)–tegishli metodologiyalar
va qurollardan foydalangan holda alohida yagona loyihalarnigina emas, balki
loyihalar yoki dasturlar portfelini boshqarish qobiliyatiga ega bo„lgan shaxs;
2)loyihalarning katta menejeri (Senior Project Manager, IPMA Level V)–
murakkab loyihalarni boshqarish, o„zining doirasida bir necha kichik loyihalarni
muvofiqlashtirish qobiliyatiga ega;
3)loyiha menejeri (Project Manager, IPMA Level S) –chegaralangan
murakkablikdagi loyihalarni boshqarish qobiliyatiga ega;
4)loyiha menejerining yordamchisi (Senior Project Manager Associate, IPMA
Level D)–loyihani boshqarish soxasida o„z bilimlarini qo„llash qobiliyatiga ega
bo„lishi va boshqarish komandasining a‟zolaridan biri sifatida loyihada
qatnashishga jalb qilinishi mumkin, ammo uning umumiy bilimlari ancha
murakkab bo„lgan masalalarni bajarish uchun etarli emas.
Demak, yuqoridagilardan ko„rinadiki, IPMA bo„yicha GAT loyihalarini
boshqarishda to„rtta darajada ( A, V, S, D) sertifikatlash mavjud ekan. Albatta, har
bir darajani olgan mutaxassis ma‟lum bir bilim va tajribalarga ega bo„lishi zarur.
Shularni e‟tiborga olib, quyida har bir darajadagi mutaxassisning bilimlari,
vakolatlari va tajribalariga talablarni keltirib o„tamiz. Bu talablar ushbu
mutaxassisni sertifikatlashda o„z tasdig„ini topgan.
Loyiha direktoriga quyidagi mas‟uliyatlar yuklatilgan:
–kompaniyaning barcha loyihalarini, yoki uning bo„limlari loyihalarini, yoki
barcha dasturlar loyihalarini boshqarish qobiliyatiga ega bo„lishi;
–majmuaviy dasturlar va loyihalarni boshqarish bo„yicha kamida besh yillik
tajribaga ega bo„lishi, shundan kamida uch yili–loyihalar portfelini boshqarish,
rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish bo„yicha bo„lishi;
–kompaniyaning
yoki
uning
bo„limlarining
barcha
loyihalarini
muvofiqlashtirish va nazorat qilishga rahbarlikni amalga oshira bilishi;
–kompaniyada umumiy boshqarish bo„yicha aniq strategik takliflar portfeliga
ega bo„lishi;
–loyihani boshqarishga jalb qilinadigan xodimlarni hamda loyihalar
boshqaruvchilarini tayyorlashda ishtirok etishi;
158
–loyihalarni boshqarishning tatbiq qilinishiga rahbarlik va me‟yoriy
materiallar ishlab chiqishga, shuningdek, loyihalarni boshqarishning asosiy
usullari va vositalarini qo„llashga mas‟uliyatni sezishi.
Loyihaning katta menejeriga quyidagi mas‟uliyat yuklangan:
–murakkab loyihalarni mustaqil tarzda boshqarish qobiliyatiga ega bo„lishi;
–loyihalarni boshqarish bo„yicha kamida besh yillik tajribaga, shulardan uch
yildan kam bo„lmagan muddatda murakkab loyihalarga rahbarlik va boshqarishga
mas‟ul sifatidagi tajribaga ega bo„lishi;
–kompaniyaning
yoki
uning
bo„limlarining
barcha
loyihalarini
muvofiqlashtirish va nazoratiga rahbarlik qila bilishi;
–kompaniyada umumiy boshqaruv bo„yicha aniq bir strategik takliflar
portfeliga ega bo„lishi;
–loyihani boshqarishga jalb qilinadigan xodimlarni hamda loyihalar
boshqaruvchilarini tayyorlashda ishtirok etishi;
–loyihalarni boshqarishning tatbiq qilinishiga rahbarlik va me‟yoriy
materiallar ishlab chiqishga, shuningdek, loyihalarni boshqarishning asosiy
usullari va vositalarini qo„llashga mas‟uliyatni sezishi.
Loyiha menejeriga quyidagilar yuklatiladi:
–unchalik murakkab bo„lmagan loyihalarni mustaqil boshqarish va loyihani
boshqarishning barcha funktsional sohalaridagi murakkab loyihalarni boshqarishda
boshqaruvchiga yordam berish qobiliyatiga ega bo„lishi;
–murakkab bo„lmagan loyihalarning funktsional sohalarida rahbar sifatida
loyihalarni boshqarishning kamida uch yillik stajiga ega bo„lishi;
–murakkab bo„lmagan loyihani amalga oshirishga mas‟ullik qilishi;
–loyihani boshqarish bo„yicha katta bo„lmagan xodimlar guruhini
boshqarishi;
–loyihalarni boshqarish usullari, vositalari va yo„l-yo„riqlarini qo„llay bilishi;
–murakkab loyiha komandasiga kiruvchi mutaxassislar guruhida rahbar
sifatida ishlash qobiliyatiga ega bo„lishi hamda uning tegishli ko„lamlariga
mas‟ullikni sezishi.
Sertifikatlashning turli darajalarida GAT loyihalarini boshqarish bo„yicha
mutaxassislarga qo„yiladigan talablar 6.1-jadvalda keltiriladi.
6.1-jadval
|