5.4. Global fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasi
134
Bugungi kunga qadar yaratilgan ilmiy va ilmiy-ommabop manbalarda global
axborot infratuzilma (GAI)lariga qator ilmiy ta‟riflar keltirilgan. Ushbu ta‟riflardan
biri quyidagicha: Global axborotlar infratuzilmalari (GAI) deganda quyidagilar
orqali tavsiflanadigan telekommunikatsiya va axborot servis (xizmat)larining
global integrallashgan, ya‟ni birlashtirilgan muhiti tushuniladi:
– fazoda va vaqt bo„yicha «tanaffussiz» bo„lgan jismoniy jihatdan foydalanish
mumkin bo„ladigan GAI servislar, ya‟ni har qanday vaqtda va geografik
kenglikning istalgan nuqtasida GAIdan foydalanish imkoniyatlari;
– ixtisoslashtirilgan axborot kirishining yangi avlodini chiqarish qurilmalari
vositasida GAIdan foydalanishning texnik jihatdan oddiyligi;
– GAI servislarining hamma uchun ochiqligi, eng avvalo, xizmat ko„rsatish
qiymatlari bo„yicha bu holat har bir kishiga uncha katta bo„lmagan to„lovlar
asosida GAIning axborot va telekommunikatsiya servislaridan zaruriy foydalanish
imkonini yaratganligi;
– GAI xizmatlaridan foydalanishda xizmat ko„rsatishning talab qilingan
sifatini va axborotlarni himoyalashni ta‟minlashning kafolatlanganligi;
– barcha mavjud axborot turlari: audio, video, grafikli, dinamik-grafikli
ma‟lumotlar, gipermultimedialarni qamrab olgan holdagi taqdim etiladigan amaliy
xizmatlarning keng turlarini tanlash.
Global axborot infratuzilmasining yana bir muhim jihati qator bazaviy
texnologiyalarni kompozitsiya ko„rinishida aks ettirishdir. GAI kontseptsiyasi
ramkasida uni integrallashtirish inson hayoti va faoliyatini sifat jihatidan
o„zgartirishga imkon beradi. GAIning bazaviy texnologiyalar paketi quyidagi
turdagi industriyalarni o„z ichiga oladi:
– kompyuter;
– telekommunikatsiya;
– maishiy elektron qurilmalar;
– axborot ilovalari va servislar.
GAI nihoyatda murakkab bo„lgan majmuaviy texnologiya hisoblanadi. Ushbu
muammo bilan shug„ullanuvchi mutaxassislar shunday xulosaga kelishganki, GAI
135
texnologiyasini ixtisoslashtirish ba‟zi bir yagona etalonlashgan modelsiz deyarli
mumkin emas. Shuning uchun ham GAIning xususiyatlari, xizmatlari, mavjud
bo„lish printsiplari, tashkiliy tarkiblari va boshqa qirralarini ixtisoslashtirish
maqsadlari uchun bir qator bazaviy modellardan foydalaniladi. Ular yordamida
tadqiqot ob‟ekti turli nuqtai nazarlardan qaraladi. Quyida GAIni taqdim etishning
bir qator modellarini ko„rib chiqamiz.
Shunday modellardan biri GAIning amaliy va kommunikatsiya servislariga
foydalanuvchilarning erkin kirish modelidir. Bunday modelda GAIning asosiy
tizim tashkil etuvchi elementi sifatida GAIning tarmoq infratuzilmasi qabul
qilinadi.
GAIning tarmoq infratuzilmasi quyidagi asosiy funktsiyalarni amalga
oshiruvchi fazoviy ko„rinishga ega:
– elektron pochta, videokonferentsiyalar va hokazolar kabi amaliy servislarni
o„zida jamlagan turli-tuman axborot, kommunikatsiya, muammoli yo„naltirilgan
servislar va resurslar;
–foydalanilayotgan
axborot
qurilmalarini
qo„llash
yordamida
foydalanuvchining vaqtidan va joylashgan manzilidan qat‟i nazar, GAIning
servislari va resurslariga kafolatlangan yakka tartibda etib borishni ta‟minlash.
Ushbu
maqsadda
turli
terminallardan,
ma‟lumotlarning
kirish-chiqish
qurilmalaridan, kommunikatsiya qurilmalaridan, axborotlarni qayta ishlash
qurilmalaridan, shuningdek, ularning kombinatsiyalaridan foydalanish mumkin;
– GAIning zaruriy darajada ishlashini ta‟minlash uchun kerak bo„lgan barcha
tashkiliy-texnik qirralar.
Tarmoq infratuzilmasi turli xildagi axborotlarni tashish uchun ishonchli servis
hisoblanadi. Bunday axborotlarga ma‟lumotlar, matnlar, faksimil xabarlar, audio-
va videoaxborotlar, gipermultimedia hujjatlari, grafik obrazlar, turli axborotli
konteynerlar kiradi. U tarmoqlarning turlicha turlaridan quriladi. Ular yordamida
foydalanuvchilarning GAI resurslariga etib borishi amalga oshiriladi. GAI
infratuzilmasiga integrallashtirilgan tarmoqlar o„zining xususiy, anchagina
136
maydalashtirilgan tarkibiga ega bo„lishi mumkin. GAIning tarmoq infratuzilmasi,
shuningdek, yakuniy iste‟molchilar tarmog„ini ham qamrab oladi.
GAIning funktsional tarkibini ochib berishning navbatdagi qadami bir turdagi
funktsiyalar guruhlarining izohlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Buning uchun
funktsional guruhlashtirish modellari deb nomlangan modellardan foydalaniladi.
Bunday modellar sifatida quyidagi mohiyatlardagi to„rtta guruhni o„z ichiga olgan
tarkiblarni misol tariqasida keltirish maqsadga muvofiq:
1.
Tarmoqli daraja (Network Level):
– kommunikatsiya, transport, foydalanuvchilar tarmoqlarini o„z ichiga oladi;
– oxirgi tizimlar o„rtasidagi axborotlarni transportirovka qilish xizmatini
ta‟minlaydi;
– tarmoqli boshqaruvni qo„llab-quvvatlashni ta‟minlaydi.
2.
Tarmoq infratuzilmasi (Networking Level) ishini tashkil etish darajasi:
– tarmoqlar ishini ma‟muriy boshqarishning tegishli vositalari, birlashmalar
va servislarni boshqarish vositalari bilan birga logik tarmoqni modellashtiradi;
–
turli
turdagi
tarmoqli
texnologiyalarning
birgalikdagi
ishini
komplekslashtirish va tashkil etishni o„z ichiga oladi; o„zidan pastda joylashgan
tarmoqli darajaning ishlashini boshqarish uchun turli funktsiyalarni ta‟minlaydi.
3.
Servis darajasi (Service Level):
– axborotlarni qayta ishlash, saqlash va taqsimlash funktsiyalarini amalga
oshiradi;
– texnologiyalar multimediasi qo„llab-quvvatlanishini amalga oshiradi;
–rivojlangan telekommunikatsiya servislarini biznes ilovalar uchun ham,
yakuniy foydalanuvchilar uchun ham beradi.
4.
Ilovalar darajasi (Application Level) GAI tomonidan etkazib beriladigan
amaliy xizmatlarning to„la spektrini o„zida jamlaydi.
Axborot industriyasining tarkibiy roli quyidagilarni o„z ichiga oladi:
– tayyor bo„lmagan axborotlarni foydalanish uchun qulay ko„rinishga
keltiruvchi axborotlar manbai;
137
– etkazib beriladigan axborotlarning uning asosida olinadigan axborotlarni
yaratish va ishlab chiqishdagi roli;
– ba‟zi hollarda tarqatuvchi axborot xizmatlari, ba‟zida uni konteynerlarga
bo„luvchi, foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan axborot xizmatlarini
etkazib berish roli;
– yakuniy foydalanuvchi roli.
GAIda ishtirok etadigan bir qator quyidagi rollarni ham aniqlash mumkin:
– bazaviy va kengaytirilgan telekommunikatsiya xizmatlari va ilovalarni
ta‟minlash (masalan, telefon xizmatlari);
– bazaviy va kengaytirilgan tijorat telekommunikatsiya xizmatlari va ilovalar
(masalan, kompyuterli telefonlashtirish);
– radioeshittirish va televizion xizmatlar va ilovalar (keng tarzda olib
beruvchi xizmatlar);
–ma‟lumotlarni taqsimlangan tarzda qayta ishlash va saqlash xizmatlari
hamda ilovalarni ta‟minlash.
Global axborot infratuzilmalaridan foydalanish jarayonida GAIni tatbiq qilish
modeli ham muhim ahamiyatga egadir.
Ushbu model quyidagi aniqlovchilarga tayanadi:
– asbob-uskunalar – bitta jismoniy elementda bitta yoki undan ortiq
funktsiyalarni bajaradi; asbob-uskuna, apparat tariqasida tatbiq qilingan kamida
bitta funktsiyaga ega bo„ladi;
–dasturiy model – dasturiy usulda bitta yoki undan ortiq funktsiyalarni amalga
oshiradi;
– axborot qurilmasi – GAIda foydalanishga mo„ljallangan, dasturiy
modellardan foydalanish imkoniyatiga ega bo„lgan, GAI tarkibiy rollarining
funktsionalligini ta‟minlovchi qurilmaning ma‟lum bir turi;
–amalga oshirish interfeysi – amalga oshirish komponentlari o„rtasidagi
interfeys, ya‟ni ikki xil tipdagi qurilmalar o„rtasidagi yoki qurilma bilan dasturiy
model o„rtasidagi interfeys;
138
– jismoniy interfeys – axborotlarni uzatish uchun jismoniy muhitni talab
qiladigan ikkita tipdagi qurilmalar o„rtasidagi aloqani amalga oshirish interfeysi;
–amaliy dasturiy interfeys – qurilma va dasturiy modellar o„rtasidagi qurilma
uchun ichki interfeys ;
– tizim – yagona mohiyat va mazmun sifatida ishlaydigan qurilmalar va
dasturiy modellar to„plami;
–segment –funktsional modelning segmentida aniqlangan funktsiyalarni
bajaruvchi bir yoki bir necha tizim.
Infratuzilma modeli segmentlarining birlashuvi tizimning amalga
oshirilganligini bildiradi. Ular quyidagi turlarni o„z ichiga oladi:
– axborot qurilmalari, ular foydalanuvchiga GAIga kirishga imkon beradi,
masalan, tarmoqli kompyuter, minikompyuterlar, faylli va videoserverlar,
telefonlar, faksimillar, televidenie;
– axborot qurilmalarida ishlaydigan dasturiy modellar;
– amaliy dasturiy modellar;
– axborot qurilmasini bog„lovchi telekommunikatsiya tarmoqlarining
segmentlari, masalan, kirish segmentlari, bazaviy segmentlar, kengaytirilgan
xizmatlarni beruvchi segmentlar, boshqaruv segmentlari.
Demak, global axborotlar infratuzilmalari texnologiyasi jahon hamjamiyati
tomonidan amalga oshirilayotgan hamda insonlar hayoti va faoliyatini sifat
jihatidan tubdan o„zgartirishga qaratilgan eng yirik loyihalardan hisoblanadi.
|