Milliy ma‟lumotlar fazoviy infratuzilmasi




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

 
5.2. Milliy ma‟lumotlar fazoviy infratuzilmasi 
 
Dunyo mamlakatlari bo„ylab geoaxborot texnologiyalarining kanchalik keng 
tarqalishiga qarab fazoviy ma‟lumotlarning qadr-qimmati hamda ularning real 


125 
ahamiyatini tushunib etish shunchalik oshib bormoqda, inson faoliyatining turli 
jabhalarida ulardan foydalanish esa jadal kengaymoqda. Fazoviy axborotlarni 
tezkor almashishning yangi imkoniyatlari, ularga qulay va oddiy ravishda etishish, 
ayniqsa, korporativ va global tarmoqlar bilan «ancha fikrlangan» qarorlar qabul 
qilishni va samarali harakat qilishni ta‟minlamoqda. GAT texnologiyalariga 
investitsiyalarning doimiy o„sib borayotganligi dunyoni samarali boshqarish, 
barqaror rivojlantirish hamda saqlash uchun zaruriy fazoviy ma‟lumotlar 
infratuzilmasini yaratish bilan kuzatilmoqda. 
Ma‟lumki, fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmalari (FMI) geografik axborotlarga
tezkorlik bilan global tarzda kirishni qo„llab-quvvatlashni ta‟minlaydi. Bunga 
asosan regional, milliy va global darajalarda, shuningdek, davlat yoki nodavlat 
sektorlarida bo„lishidan qat‟i nazar alohida tashkilotlar ichidagi harakatlarni 
muvofiqlashtirish evaziga erishiladi. FMI deganda fazoviy ma‟lumotlarni to„plash, 
qayta ishlash, taqsimlash, foydalanish, bugungi kun talabi darajasida ushlab turish 
va saqlash uchun zarur bo„ladigan texnologiyalarni, qo„shma strategik faollikni, 
umumiy standartlar, moliyaviy va mehnat resurslari, shuningdek, ular bilan 
bog„liq bo„lgan harakatlar majmuasini tushunish mumkin. 
Bugungi kunda O„zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlari, 
davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat organlari, xo„jalik yurituvchi 
sub‟ektlar fazoviy ma‟lumotlarni yaratmoqdalar va ulardan foydalanmoqdalar. 
Milliy darajada yaratilayotgan FMIning asosiy vazifalari quyidagilar qilib 
belgilanishi zarur: 
– davlat kadastrlarining yagona tizimini, xususan, er kadastrini yuritishda 
axborotli o„zaro harakatlarni amalga oshirish; 
– raqamli navigatsiya kartalari, shuningdek, mamlakat, hududiy va idoraviy 
kartografik, geodezik fondlarning materiallari hamda ma‟lumotlaridan foydalanish 
va taqsimlash; 
– davlat boshqaruv organlari hamda geodeziya, kartografiya va davlat 
kadastrlari hamda navigatsiya faoliyatlari sohasidagi korxonalar va tashkilotlarning 
bazaviy fazoviy ma‟lumotlarini hal etish va taqdim etish; 


126 
– davlat xizmatini ko„rsatish, shu jumladan idoralararo elektron o„zaro 
harakat tizimi (IEO„HT) ramkasida xizmat ko„rsatish. 
Yuqorida e‟tirof etilganlardan shu narsa ayon bo„ladiki, bugungi kunda 
O„zbekiston Respublikasi bo„yicha milliy fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasini 
yaratish katta ahamiyatga ega bo„lgan dolzarb masalaga aylangan. Bunday milliy 
FMI eng muhim axborot resurslaridan hisoblangani holda har qanday joyning 
geografik holati, davri va vaqti bilan uzviy bog„liq ko„pgina tarqoq manbalardan 
axborotlarni birlashtirishga yo„naltirilgan. Bunday axborot resursi iqtisodiyot 
sohasida, qurilishda, atrof-muhitni muhofaza qilishda, hududlarni rejalashtirishda, 
tegishli davlat xizmatlarini ko„rsatishda fazoviy ma‟lumotlardan foydalanish bilan 
bog„liq bo„lgan qator amaliy masalalarni hal qilishga imkon beradi. 
Umuman olganda, yagona davlat chegarasi uchun yaratiladigan FMI bu 
fazoviy ma‟lumotlarni to„plash, qayta ishlash, saqlash va iste‟molchilarga berish 
bo„yicha hududiy taqsimlangan tizimdir. Bunda fazoviy ma‟lumotlar deganda 
koordinatali vaqtli tizimda taqdim etilgan ob‟ektlarning joylashgan o„rni, shakli va 
xususiyatlari to„g„risidagi ma‟lumotlarni o„z ichiga olgan fazoviy ob‟ektlar 
haqidagi raqamli ma‟lumotlar tushuniladi. 
Respublikaning milliy FMI iste‟molchilarga taqdimnomaning turli shakllarida 
ham, ularning metama‟lumotlari ko„rinishida ham fazoviy ma‟lumotlarni beradi. 
Fazoviy ma‟lumotlar va metama‟lumotlar, umumlashgan holda ma‟lumotlar 
to„plami, metama‟lumotlar bazalari, kartalar va atlaslar, kartografik veb-servislar 
shakllaridagi, raqamli yoki bo„lmasa qog„ozli ko„rinishda fazoviy ma‟lumotlarga 
aylantiriladigan iste‟molning yakuniy mahsulotlari hisoblanadi. 
Milliy FMIdan foydalanuvchilar sifatida quyidagilarni alohida ajratish 
mumkin: 
–fazoviy mahsulotlarni yaratuvchilar – fazoviy mahsulotni mustaqil ravishda 
yaratadigan har qanday davlat yoki nodavlat shaxs; 
–fazoviy mahsulotga ega bo„lgan, mustaqil ravishda uni yaratgan yoki ularni 
olish imkoniga ega bo„lish huquqiga yoki shartnomasiga asosan bunday 
ma‟lumotni oladigan shaxs; 


127 
–fazoviy ma‟lumotlarning operatori (provayderi) – fazoviy mahsulotlar va 
veb-servislar to„g„risidagi ma‟lumotlarni nashr etish va nashrga tayyorlashga 
mas‟ul, shuningdek, milliy FMI vositasida mahsulotlarni sotib olish, o„z faoliyat 
bozorining monitoringi masalalari bo„yicha iste‟molchilar bilan o„zaro birga 
harakat qilish masalalarini hal qiluvchi shaxs; 
–fazoviy mahsulotlarning iste‟molchisi – fazoviy mahsulotlar yoki ular 
to„g„risidagi axborotlarni olgan manfaatdor har qanday davlat yoki nodavlat shaxs. 
Iste‟molchi FMI yordamida o„zini qiziqtirgan ma‟lumotni qidirishi, tanlashi yoki 
bunday ma‟lumotga buyurtma berish ishini bajarishi, buyurtmaning bajarilish 
holatini kuzatishi va olishi mumkin. 
Respublika milliy fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasi hududiy taqsimlangan 
tizimdir, chunki u mamlakat, regional va mahalliy darajalardagi davlat korxonalari 
asosida ham, tabiiyki, tijorat tashkilotlari FMI uzellarining ham fazoviy 
mahsulotlarini yaratish imkonini ko„zda tutadi. 
Respublika milliy FMI o„zining arxitekturasi nuqtai nazaridan ikki 
komponentdan tashkil topishi mumkin: geoaxborot portali va OGC standartlariga 
qat‟iy rioya etilgan holda ArcGIS platformasida quriladigan geoportal. ArcGISning 
server va stol usti dasturiy mahsulotlari bazasida qurilgan respublika milliy 
geoaxborot platformasi bazaviy fazoviyma‟lumotlarni yuritishni va OGC standarti 
bo„yicha veb-serverlar shaklida ularning nashr etilishini ta‟minlaydi. 
Milliy FMIda metama‟lumotlar katalogi va himoyalangan servislar hamda 
ularni boshqarish funktsiyalari muhimdir. Xususan, metama‟lumotlar katalogining 
funktsiyasi o„z ichiga tanlangan standart asosida metama‟lumotlarni ko„rib chiqish, 
tahrirlash, butunlay olib tashlash, yaratish, kiritish va tekshirishni, shuningdek, 
toifalari bo„yicha metama‟lumotlarni qidirishni oladi. Geoportal qidiruv natijalarini 
kartaga qo„shishga, tanlangan tarkib va formatda ma‟lumotlarni ko„chirib olishga 
imkon beradi. 
Himoyalangan servislar hamda ularni boshqarish funktsiyasi foydalanuvchilar 
yoki ularning guruhlari tomonidan belgilangan kirish siyosati va huquqiga 


128 
asoslanadi hamda geoaxborot platformasining servislariga kirishni chegaralash 
ishlarini bajarishga imkon beradi. 
Servisga kirishni chegaralash funktsiyasidan tashqari geoportal ulardan 
foydalanishni litsenziyalashga ham imkon beradi. Litsenziyalash funktsiyasi 
yordamida bajariladigan operatsiyalarga, olinadigan axborotlar hajmiga, hududga 
va foydalanish davriga qarab servislardan foydalanishni baholash mumkin bo„ladi. 
Bulardan tashqari, geoportalda GAT loyihalarni boshqarish bo„yicha funktsiya 
ham mavjuddir, buning uchun Portal for ArcGIS instrumentariyasidan 
foydalaniladi. Foydalanuvchiga portalda kartografik ilovalarni yaratish va chop 
etish imkoniyati ham berilgan. Ilovalarni chop etishda milliy FMI geoaxborot 
platformasining servislaridan, shu bilan birga OGC standartlari yoki ArcGIS 
bo„yicha chop etilgan tashqi servislardan ham foydalanish mumkin bo„ladi. 
Milliy FMIni keyingi yillarga rivojlantirishni bir necha yo„nalishlarda olib 
borish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, elektron shakldagi fazoviy 
ma‟lumotlarni foydalanuvchilar tomonidan olishni osonlashtirish uchun me‟yoriy-
huquqiy tizimni takomillashtirish kerak. Ikkinchidan, bazaviy fazoviy
ma‟lumotlar va metama‟lumotlarni yaratish va taqdim etish, shuningdek, ushbu 
ma‟lumotlar bazasini yuritish bo„yicha davlat boshqaruv organlari va mahalliy 
organlar funktsiyalarini qonun asosida mustahkamlash zarur. Nihoyat, bu 
O„zbekiston Respublikasi fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasining tashkiliy 
tarkibini FMIning idoraviy va hududiy uzellarini yaratish, shu jumladan respublika 
viloyatlarining FMIlarini, tarmoqli kartografik geodezik fondlarni yuritishga 
mas‟ul davlat boshqaruv organlarining FMIni yaratish yo„li bilan rivojlantirish 
zarurdir. 

Download 2,58 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Milliy ma‟lumotlar fazoviy infratuzilmasi

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish