Korporativ GAT loyihalari ma‟lumotlarini boshqarish




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

4.4. Korporativ GAT loyihalari ma‟lumotlarini boshqarish 
 
«Korporativ» so„zini bugungi kunda har qanday «firma» xizmatchisi yaxshi 
biladi. Bu tadbir kompaniya xizmatchilarining barchasini bayramga, masalan, 
Yangi yilni kutib olishga to„playdi. Axborot tizimiga nisbatan ham «korporativ» 
so„zi aynan shu ma‟noni anglatadi, ya‟ni axborot tizimlari bilan ishlashda 
kompaniyaning barcha xizmatchilarini jalb qiladi. 
Axborot texnologiyalari yoyilishining asosiy chegaralovchi omillaridan biri 
yuqori qiymatga ega «temir» ekanligi hamda uni ish holatida ushlab turish katta 
sarf-xarajatlar talab qiladigan davr ancha oldin o„tib ketdi. Hisoblash vositalari va 
saqlash tizimlarining arzonlashish fonida jadalsur‟atdakompyuterlarning o„sishi 
bilan kun tartibiga umuman boshqa masalalar qo„yildi: ilovalarning 
integrallashuvi, foydalanish imkoniyatlari himoyalanishi, ATlarning yangi 
tashkiliy-texnik 
modellari 
(masalan, 
orientirlangan-texnik 
arxitektura), 
ma‟lumotlarni modellashtirish va boshqa vazifalar. Umuman, tashkilotni 
boshqarish uchun ilovalardan keng foydalanila boshlandi, masalan, resurslarni 


113 
rejalashtirish tizimlari, boshqarish tizimlari, hujjat aylanish tizimlari va h.k. 
Shunday tizimlar bilan turli bo„limlarning ko„pgina xizmatlari ishlaganliklari 
sababli ular korporativ deb nomlanadilar. 
Shu bilan birga fazoviy axborotlar bilan yaqin vaqtlarga qadar avtonom 
kompyuterlarda ish olib borilgan, chunki keng foydalaniladigan ma‟lumotlar 
bazasini boshqarish tizimi ( MBBT ) ning grafiklarini saqlash odatdagi fayllardan 
anchagina orqada qolib ketgan edi. Korporativ ATning o„rnini hujjat aylanish 
avtomatlashtirish tizimi bilan integrallanadigan jadvalli tizimlar egallagan edi. 
Geoaxborot tizimlari (GAT) esa bizning maydonning asosan ilgari qog„ozli 
kartalar foydalanadigan chegaralarinigina kengaytirgan edi. Endilikda esa fazoviy 
tahlil ham talab qilinadi. 
Natijada geoaxborot texnologiyalari endi mijoz-serverli va ko„p 
foydalanuvchili bo„lganidan so„ng korxonaning umumiy integrallashgan 
texnologiyalarga bo„lgan talabi ERP, EAM, CRM va hujjat aylanish tizimlari bilan 
qondiriladi. Ammo yaxshi bilamizki, axborotlarning matn-jadvalli taqdimoti grafik 
ko„rinishiga qaraganda kamroq ko„rgazmalidir. Kishilar mumkin va imkoni bor 
barcha joylarda biznes-grafiklar va kartogrammalardan foydalanishga harakat 
qilishadi. Bunday ko„rgazmalilik modellashtirish imkoniyatlari hamda ob‟ektlar va 
voqelikning fazoviy o„zaro munosabatlari tahlili bilan birga GAT texnologiyalarini 
korporativ axborot tizimlarini rivojlantirishning navbatdagi bosqichining asosiy 
harakatlantiruvchisiga aylantirdi. 
Korporativ GAT loyihalarini qo„llashdan muddatli foyda – bu biznesning 
ichki sarf-xarajatlarini qisqartirish va qarorlar qabul qilish muddatini 
kamaytirishdan iboratdir. Aynan shular tijorat tashkilotlarida ham, notijorat 
tashkilotlarida ham bir xilda ishlaydi. Ma‟lumki, hujjatlarni tayyorlashgaham, 
ulardan foydalanishga ham mehnat resurslari va vaqt sarflanadi. Bunda yakuniy 
natija hujjat emas, muallifdan ushbu hujjatni qabul qilib oluvchiga ushbu 
hujjatdagi axborotlar hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda umumiy axborot 
kengligidagi ishlar faqat ma‟lumotlarning ma‟lum holatlarini qayd qilishni talab 
qiladi. 


114 
Yangicha 
yondashuv 
ma‟lumotlarni 
ma‟murlashtirishning 
yangi 
funktsiyalarini qo„shishnigina emas, shu bilan birga bo„limlar va mutaxassislarning 
o„zaro harakat usullarining o„zgarishini, ba‟zan hatto biznes jarayonlarni tubdan 
o„zgartirishni talab qiladi. Shuning uchun ham korporativ GAT loyihalar bo„lib, 
ularda ishlab chiqarish tajribasini olish umumiy xarajatlarning nisbatan kichik bir 
qismini tashkil etadi. Bunda qiymatning asosiy qismini konsalting va ishlab 
chiqarishga qo„llash xarajatlari tashkil etadi. Bular biznesni tizimli tahlil qilish, 
ishlab chiqarishni tanlash va joyga moslashish, ma‟lumotlarni tayyorlash , o„zaro 
harakatlar tartibini tuzish, yangicha ishlash usullarini buyurtmachining 
mutaxassislariga o„rgatish va hokazolardir. 
Korporativ GAT loyihalarining o„rta muddatli foydasiga qisman 
yondashuvlarga nisbatan biznesni avtomatlashtirish darajasini mumkin bo„ladigan 
yuqori darajaga oshirish kiradi. Elektron axborotlarning umumiy axborot kengligi 
odamlar o„qiydigan hujjatlar asosidagi yondashuv talab qilinadiganga qaraganda 
ma‟lumotlarni yuqori formallashtirishni talab qiladi. Natijada oldinlari qo„lda 
bajariladigan jarayonlarning bir qismini yaxshiroq formallashtirish va 
avtomatlashtirish talab qilinadi. O„rta muddatli istiqbolda korporativ GAT 
loyihalarida zarur bo„ladigan ma‟lumotlar sifatini oshirish ham o„zini namoyon 
qiladi. Bu esa, o„z navbatida, xato va noma‟qul qarorlar foizini kamaytirishga olib 
keladi. 
Yuqorida e‟tirof etilganidek, korporativ GAT loyihalarining xususiyatlari 
ulardan butun tashkilotda foydalanish hisoblanadi, ya‟ni bu GAT funktsiyalar bilan 
malakali ishlovchi mutaxassislar uchun nainki bir quroldir, balki barcha 
funktsional bo„linmalar, shuningdek, rahbarlar, aktsiyadorlar, mijozlar va 
kompaniyaning hamkorlari ishlarini avtomatlashtirish uchun vositadir. 
Korporativ GAT loyihalar tashkilotlarning asosiy biznes ilovasi hisoblanadi. 
Bu shuni anglatadiki, unga muhim funktsiyalar «bog„lanadi», ularniboshqarishga 
korxonaning asosiy jarayonlari uzviy bog„liqdir. 
Ba‟zi bir biznesjarayonlarga korporativ GATning integratsiyalanish darajasi 
juda katta bo„lishi mumkin. Masalan, aktivlarni boshqarish yoki operativ 


115 
monitoring va boshqarishni amalga oshirishda GAT loyihalar biznes uchun 
nihoyatda muhimdir. Jumladan, «intellektual tarmoqlar» kontseptsiyasi doirasida 
ishlaydigan energetika kompaniyalarida GAT umuman tarmoqni dispetcherlash va 
boshqarish uchun foydalaniladi. Yuqoridagilardan ma‟lum bo„ladiki, korporativ 
GAT loyihalarini qo„llash korxona yoki tashkilot darajasida har qanday boshqa 
axborot tizimlarini yaratishdagikabi jiddiy va tizimli yondashuvni talab qiladi. 
Bundan bir necha yil avval shunday bir vaziyat vujudga kelgan: GATdan keng 
ko„lamda foydalanishni boshlashga tayyorlanayotgan kompaniya uni qo„llashning 
boshlang„ich bosqichida bir qator muammolarga duch kelgan. Bu ba‟zida jiddiy va 
salbiy oqibatlarga olib kelgan – sotib olingan litsenziyalar polkalarda yaxshi 
vaqtlarni kutib bir necha yillar qolib ketgan. Ishlarning bunday holatga kelib 
qolishining asosiy sabablaridan biri – GAT loyihalarining bazaviy, kontseptual 
asoslarining etarli darajada ishlanmaganligi bo„lgan. Ushbu mazmun va 
tushunchalarga mos tarzda bajaruvchi uchun tizimga bo„lgan talablar 
shakllantiriladi. Qoidaga binoan, undan quyidagi asosiy xizmatlar toifalarini olish 
talab qilinadi: 
1.
Konsalting – korporativ GAT strategiyalarini shakllantirish, korporativ 
GATning asosiy parametrlarini yaratish va aniqlashning kontseptsiyasini va 
amalga oshirish rejasini tayyorlash, tizimdan foydalanuvchilar va ularning rollarini 
aniqlash, loyihani ishlab chiqish uchun texnik topshiriq tayyorlash. 
2.
Loyihalash – GAT infratuzilmalariga dasturiy-apparat talablari tizimining 
arxitekturasini aniqlash va biz xohlaydigan mehnat unumdorligiga erishish uchun 
qarorni tanlash. 
3.
Ishlab chiqish va qo„llash – tayyor GAT loyihalarini shu joyga 
moslashtirish vatuzish, ixtisoslashtirilgan modullarni va servislarni yaratish, 
buyurtmachini qo„llash, fazoviy ma‟lumotlarni tayyorlash va kiritish, boshqa 
tizimlarbilan bog„lash, testlashtirish va ishga tushirish. 
4.
Qo„llab-quvvatlash – foydalanuvchilarni o„qitish, yaratilgan tizimga 
hamrohlik qilish, foydalanuvchilarni texnik jihatdan qo„llab-quvvatlash, 
ma‟lumotlarni yangilash. 


116 
Qabul qilingan ESRI standartiga binoan GAT loyihalarining hayotiy tsikli 
oltita bosqichni o„z ichiga oladi: 
1.
Strategiya va rejalashtirish. Ushbu bosqichda maslahatchi buyurtmachi 
bilan birgalikda GATga bo„lgan talablarni, uning maqsad va vazifalarini, 
kutiladigan natijalarni shakllantiradi; tegishli ravishdagi amalga oshirish rejasi 
ishlab chiqiladi. Bu bosqichda bo„lishi mumkin bo„lgan tahlikalarni hamda ushbu 
tahlikalarni boshqarish usullarini ko„zda tutish muhimdir. Rejalar yangi 
vazifalarning vujudga kelishiga, resurs ta‟minotidagi o„zgarishlarga va boshqalarga 
qarab loyihani amalga oshirish davomida tuzatilishi mumkin.Ushbu bosqichning 
natijalari, shuningdek, barcha o„zgarishlar yuzasidan buyurtmachi bilan kelishish 
zarur. 
2.
Talablar tahlili. Ushbu bosqichda buyurtmachining bugungi kunda mavjud 
biznes jarayonlari to„g„risidagi axborotlarni to„plash va tahlil qilish ishlari 
bajariladi hamda GATdan foydalanishning asosiy tartibi aniqlanadi.Tahlil asosida 
tizimning har bir moduli va komponentining funktsionalligiga talablar ishlab 
chiqiladi. Bu talablar keyingi bosqichning asosi sifatida mavjud bo„ladi. 
3.
Dizayn va loyihalash. Loyihalash talablarni ESRI funktsiyasining to„plami 
sifatida katta o„zgartirishdan, zarur hollarda ilovalar va servislarni ishlab chiqishga 
topshiriqni tuzishdan iborat bo„ladi, deb qarash mumkin. Shuningdek, ushbu 
bosqichda ma‟lumotlar modellari loyihalanadi hamda dasturiy-apparat 
platformasiga talablar tayyorlanadi. 
4.
Tizimni ishlab chiqish. Aynan ushbu bosqichda GATning o„zi, uning 
ilovalari, modullar va ma‟lumotlar bazasi yaratiladi. 
5.
Amalga oshirish. Ishlab chiqish nihoyasiga etganidan hamda dasturiy-
apparat platformasi o„rnatilganidan keyin buyurtmachida tizimni amalga oshirish 
ro„y beradi, texnik uzilishlar mavjud emasligi berilgan talablarga mosligiga testlar 
o„tkaziladi, shundan so„ng uni sanoat asosiga o„tkazgan holda foydalanishga 
oshiriladi. Qoidaga binoan, aynan ushbu bosqichda tizimdan foydalanuvchilarni 
o„qitish yuz beradi, foydalanuvchilar va tizim ma‟muriyati uchun 
hujjatlartayyorlanadi. 


117 
6.
Foydalanish va qo„llab-quvvatlash. Ishga layoqatlilikni hamda tizimning 
yangilanishini ta‟minlash bilan bir qatorda ushbu bosqichning maqsadi foydalanish 
samaradorligini takomillashtirishdan iborat. 
Qayd qilish zarurki, korporativ GAT loyihalarini tatbiq etish jarayonida veb-
GATlarmuhim ahamiyatga egabo„lmoqda. Aynan veb-GAT korporativ geoaxborot 
tizimlarining asosiy formatiga aylangan. Kartografik veb-servislarning bunchalik 
ommalashib ketishining asosiy sababi shundaki, undan maxsus tayyorgarlikka ega 
bo„lmagan shaxslar ham foydalanishi mumkin. Ulardakompyuterdan umumiy 
foydalanish tajribasi va intuitsiyasi bo„lsa etarlidir. Ommaviylashib ketishining 
ikkinchi bir omili mobil qurilmalarga engil kartografik mijozlarni o„rnatish 
imkoniyatining mavjudligidir. Ularning bozori keyingi yillarda ham miqdoriy, ham 
sifat jihatidan o„sib bormoqda. Fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasining yaratilishi 
hamda sifatli tarmoq servislarining paydo bo„lishi ham bunday yondashuvning 
ommalashuviga imkoniyat yaratmoqda. 

Download 2,58 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Korporativ GAT loyihalari ma‟lumotlarini boshqarish

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish