-bob. FAZOVIY AXBOROTLARNING INFRATUZILMALARI




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

5-bob. FAZOVIY AXBOROTLARNING INFRATUZILMALARI
5.1. Fazoviy axborotlar infratuzilmalari to„g„risida umumiy
tushunchalar 
Turli-tuman korxonalarning uzoq yillar davomidagi ishlab chiqarish faoliyati 
natijasida to„plangan fazoviy axborotlarning katta hajmi, ularning shakllari va 
tarkibining xilma-xilligi fazoviy axborotlardan foydalanish jarayonini 
murakkablashtiradi, ba‟zan hatto ushbu jarayonga to„sqinlik qiladi. Joy to„g„risida 
axborotlarga qo„yilayotgan bozorning yangi talablaridan kelib chiqqan holda 
hamda informatsion texnologiyalarning rivojlanishini e‟tiborga olib, bu muammoni 
xal qilishning yangi echimlarini qidirib topish zaruriyati tug„iladi. 
Vujudga kelgan bunday holatdan chiqishning asosiy yo„llaridan biri – bu 
fazoviy axborotlarni elektron ko„rinishga o„tkazish va undan samarali foydalanish 
orqali iste‟molchilarning fazoviy mahsulotlarga bo„lgan talabini qondirishdir. Chet 
mamlakatlarda bunday tizim «fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmalari» (FMI) nomini 
olgan. Aynan shunday tizimni yaratish maqsadida Rossiya Federatsiyasida 2006 
yili hukumatning «Rossiya Federatsiyasida fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasini 
yaratish va yuritish Kontseptsiyasi» qabul qilingan va ma‟qullangan. 
Birinchilar qatorida fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmalari (Spatial Data 
Infrastructure – SDI) Amerika Qo„shma Shtatlarida vujudga kelib, milliy FMIni 
yaratish bo„yicha ish boshlanganligi to„g„risida AQSh prezidenti Klintonning 1994 
yil 13 apreldagi 12906-sonli ijroiya farmonida ushbu infratuzilmaga ta‟rif 
keltirilgan. Farmonda FMI «fazoviy ma‟lumotlarni to„plash, qayta ishlash, 
jamg„arish, saqlash, taqsimlash va oqilona foydalanish uchun zarur bo„ladigan 
texnologiyalar, siyosatlar, standartlar va mehnat resurslarining majmuasi» sifatida 
ta‟riflanadi. Bunday ta‟riflashdan ko„ramizki, «ma‟lumotlar infratuzilmalari» 
alohida, mustaqil ob‟ekt sifatida bunday ta‟rifda mavjud emas. 
Evropa fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasini yaratish bo„yicha direktivada 
FMIga quyidagicha ta‟rif beriladi: «Fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasi bu ushbu 
direktiva doirasida, ya‟ni ramkasida izohlangan, amalga oshiriladigan va mumkin 
bo„ladigan metama‟lumotlar, fazoviy ma‟lumotlar to„plami hamda ularni qayta 
ishlash servislari, tarmoqli servislar va texnologiyalar, axborotlarni o„zaro 


120 
almashinish va foydalanish to„g„risidagi bitimlar, o„zaro muvofiqlashtirish va 
monitoring qilish mexanizmlari, jarayonlar hamda muolajalardir». Amalda esa 
ushbu ta‟rifdagi «bu» «to„plam» so„ziga mos keladi. 
Rossiyaning «Rossiya Federatsiyasida fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasini 
yaratish va rivojlantirish Kontseptsiyasi» hujjatida FMIga quyidagicha ta‟rif 
beriladi: «Rossiya Federatsiyasining fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasi fazoviy 
ma‟lumotlarni to„plash, qayta ishlash, saqlash hamda iste‟molchilarga taqdim 
etishga mo„ljallangan hududiy taqsimlangan tizimdir». Ushbu qoidada ham 
«ma‟lumotlar infratuzilmasi» mustaqil ob‟ekt sifatida mavjud emas. Shu sababli 
FMI uchun ob‟ektning belgisini va uning funktsional mohiyatini farqlash zarur 
hamda ularni bir-biriga qarama-qarshi qo„yish kerak emas. 
Umuman olganda, yuqoridagilarni tahlil qilgan holda va olib borilgan 
tadqiqotlar asosida fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasiga quyidagicha ta‟rif berish 
maqsadga muvofiq: «Fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasi bu regional iqtisodiyotda, 
fazoviy iqtisodiyotda, erdan foydalanish sohasida boshqaruv qarorlarini qo„llab-
quvvatlaydigan axborot muhitini yaratishga asoslangan standartlar, tizimlar va 
printsiplardir». Aynan FMIni rivojlantirishdagi ba‟zi bir kamchiliklarni bartaraf 
etish uchun xorijiy mamlakatlar bilan taqqoslagan holda RFning fazoviy 
ma‟lumotlar infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish kontseptsiyasi qabul 
qilingan. 
Fazoviy boshqaruv nuqtai nazaridan FMIni yaratishning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat bo„lishi mumkin: 
–mamlakat hududi bo„yicha fazoviy ma‟lumotlarni saqlashning yagona 
standartlari va printsiplarini yaratish; 
–boshqaruvning barcha darajalariga, xususan, global, milliy, regional, lokal 
darajalarga fazoviy ma‟lumotlardan foydalanuvchilar uchun axborot resurslarini 
yaratish va ularni qo„llash; 
–FMIga asos bo„lib xizmat qiluvchi fazoviy ma‟lumotlarning regional va 
milliy fondlarini yaratish; 


121 
–davlat va tijorat tashkilotlari hamda oddiy fuqarolarning fazoviy axborotlarni 
olish imkoniyatlarini yaratish; 
–iqtisod va biznes masalalarini samarali hal qilish uchun fazoviy 
munosabatlarni belgilab borish va yangilab turish; 
–monitoringning maxsus tizimlari asosida FMI monitoringini olib borish va 
davriy ravishda yangilab turish; 
–statistik va geostatistik tahlillar tizimini davr talablari doirasida ushlab 
turish; 
–axborotlarni qidirish va yangi bilimlar olish uchun FMI asosida georeferents 
tizimlarni tashkil etish; 
–ma‟lumotlarning egalari va iste‟molchilarning o„zaro axborot ta‟sirini 
ta‟minlash. 
Xorijiy mamlakatlarda FMIni yaratish bo„yicha ishlarni tashkil etish qoidaga 
binoan me‟yoriy-huquqiy bazani yaratish, ilmiy-texnik siyosatni o„tkazish, yangi 
texnologiyalarni qo„llash, kadrlarni tayyorlash kabi keng vakolatlarga ega bo„lgan, 
hokimiyatning barcha darajalarida faoliyat olib boradigan tashkilot hisoblangan 
vazirliklararo organ tomonidan amalga oshiriladi. Rossiyada esa hozircha bunday 
tashkilot mavjud emas. O„zbekiston Respublikasida ham bunday vakolatga ega
maxsus tashkilot mavjud emas. Ammo bu sohadagi ishlarga mas‟ul bosh tashkilot 
sifatida Rossiya Federatsiyasida Rosreestr idorasi ish yuritadi. Yuqorida e‟tirof 
etilganidek, O„zbekistonda ham hozircha FMIni tashkil etish bo„yicha mas‟ul 
tashkilot mavjud emas, lekin fazoviy ma‟lumotlardan qator vazirlik va idoralarning 
foydalanayotganligi, bu tizimning jadal rivojlanayotganligi yaqin kelajakda davlat, 
ya‟ni milliy, regional, lokal fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmalarini yaratish 
vazifasini ko„ndalang qilib qo„ymoqda. 
Boshqa mamlakatlarda, xususan, Rossiya Federatsiyasida milliy FMIning 
kontseptual asoslarini yaratish va hayotga tatbiq qilish bo„yicha amalga oshirilgan 
ko„p yillik amaliy ishlanmalar uning tarkibida quyidagilarni alohida ajratishga 
imkon berdi: 
–bazaviy fazoviyaxborotlar; 


122 
–fazoviy ma‟lumotlar bazalari; 
–fazoviy ma‟lumotlarni standartlashtirish tizimi.
Bir qator davlatlarning milliy FMIlari loyihalarning to„rtinchi komponenti – 
institutsional asoslarni ham o„z ichiga oladi. Bunday institutsional asoslarga FMIni 
loyihalash va amalga oshirishni ta‟minlovchi organlar, muvofiklashtiruvchi 
mexanizmlar, xizmatlar kiradi. 
FMIni tashkil etish quyidagilarni ta‟minlashga imkon beradi: 
–boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilishda 
fazoviy ma‟lumotlardan qo„shimcha foydalanish hisobiga davlat va munitsipal 
darajalarda boshqaruv sifati hamda samaradorligini oshirish; 
–hududiy boshqaruvda qabul qilingan qarorlarning ochiqligini oshirish; 
–fazoviy tahlil muolajalarini soddalashtirish hisobiga hududlarni 
rivojlantirishda investitsiyalarni rag„batlantirish. 
GATning asosiy funktsiyalaridan biri modellashtirishdir. Nazariy tadqiqot 
usullari aynan modellashtirishga asoslangan. 
Geoaxborotda modellashtirishning quyidagi turlari mavjud: 
–kartografiyaga tegishli bo„lmagan modellar. Ular uchun ma‟lumotlarning 
fazoviy shakllanishi muhim emas; 
–ob‟ektlar yoki voqelikning fazoviy holatidan foydalanadigan modellar. 
Birinchi guruh modellariga statistik hisobotlar,fazoviy ma‟lumotlar tahlili 
(variatsiya qatorining statistik ko„rsatkichlarini hisoblash), dispertsion va 
diskriminant tahlil va boshqalar kiradi. 
Murakkab tizimlarni ifodalash uchun imitatsion modellash usullaridan 
foydalanish yaxshi natija bermoqda. Bunda birinchi bosqich geoaxborot tizimining 
ma‟lum holatlari imitatsiyalanadi. Mazkur modellardan ham global darajada, ham 
regional darajada foydalanish mumkin. Masalan, imitatsion modellar suv 
havzasining trofik darajasi o„zgargandagi unga bo„lgan kritik eng katta yuklamani 
aniqlashda qo„l keladi. Bunday modellar uchun ob‟ektning fazoviy tavsiflari 
(suvning hajmi, suv havzasining ifloslangan maydoni) asos qilib olinadi. Lekin bu 


123 
ma‟lumotlarni koordinatalar sistemasiga va proektsiyaga mosshakllantirish shart 
emas. 
Geoaxborot usullari tadqiqot predmeti va vositasi sifatida qaralayotgan 
modellar, ma‟lumot modellari va muayyan ob‟ekt modellarini ishlab chiqishni 
nazarda tutadi. Muayyan fazoviy ob‟ektlarning xossalari va ular to„g„risidagi 
ma‟lumotlarni o„zida mujassam etgan fazoviy axborot modellarining tasnifini 
quyidagi ierarxik tuzilma ko„rinishida taqdim etish maqsadga muvofiq: 
– voqelikni ifodalovchi kontseptual modellar; 
– fazoviy ob‟ektlar modellari; 
– fazoviy ma‟lumotlar modellari; 
– ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimining modeli; 
– geofazoviy modellar. 
Fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmalari asosan fazoviy ob‟ektlarning modellari 
va fazoviy ma‟lumotlarning modellarini yaratish bilan vujudga keladi. 
Ma‟lumki, tahlil natijalarini yaxshi o„ylangan interpretatsiyalash (talqin 
qilish) uchun zarur bo„lgan geografik axborotlarni to„plash va aniqlashda fazoviy 
ob‟ektlar modellari mavjud ob‟ektlarni ifodalash uchun asosiy abstraktsiya (fikran 
tasavvurda) deb tushuniladi. 
Fazoviy ob‟ektlarni raqamlar vositasida ifodalash quyidagilarni o„z ichiga 
oladi: 
– ob‟ektning nomlanishi (identifikatsiyalash); 
– ob‟ektning joyini ko„rsatish va ta‟riflash (lokalizatsiyalash); 
– ob‟ekt xossalarining miqdoriy va sifat ko„rsatkichlarini belgilab chiqish; 
– ob‟ektning atrofdagi boshqa ob‟ektlar bilan fazoviy joylashuvini baholash. 
Qayd qilingan modellash usullari taqribiy hisoblanadi, chunki ularda mavjud 
holat va o„zgarishlar o„zining aniq ifodasini topmaydi. Shunga qaramasdan, 
tuzilgan model fazoviy ob‟ektlar bilan xuddi raqamli axborotlar to„plami singari 
ishlashni davom ettirish imkonini beradi. 
Fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasida fazoviy ma‟lumotlarning modellari 
ham muhim o„rin tutadi. 


124 
Har qanday GATning ma‟lumotlar bazasi fazoviy ma‟lumotlar modeli deb 
nomlanuvchi fazoviy ma‟lumotlarning raqamlar shaklidagi ifodasidan iborat. 
Bunday modellar mavjud ob‟ektlarning raqamlar tarzidagi formallashgan 
ifodasining mantiqiy qoidalarini aks ettiradi. 
An‟anaga binoan, fazoviy ma‟lumotlarning tayanch modellari quyidagicha 
alohida-alohida ajratiladi: 
– Vektor modellar. Ular topologik vektor va notopologik vektor modellarga 
bo„linadi. 
– Rastr modellar. 
– Muntazam yacheykali modellar. 
– Kvadratomik modellar. 
Umuman, FMI har qanday geografik axborotlarga global ravishda etishishni 
qo„llab-quvvatlashni ta‟minlashga yo„naltirilgan. Bunga regional, milliy va global 
darajalardagi harakatlarni muvofiqlashtirish hisobiga erishiladi. 
Bugungi kunda respublikamizning ba‟zi vazirliklari, tashkilotlari va idoralari, 
shuningdek, xo„jalik yurituvchi sub‟ektlari o„zlarining fazoviy ma‟lumotlarini 
yaratmoqdalar 
va 
ulardan 
muvaffaqiyat 
bilan 
foydalanmoqdalar. 
«Ergeodezkadastr» Respublika Davlat qo„mitasi tarkibidagi qator ilmiy, ilmiy-
loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda mamlakatda yangi texnologiyalarni 
qo„llash va fazoviy ma‟lumotlar sohasida me‟yoriy-huquqiy bazani yaratishga 
mas‟uldir. 
ArcGISning stol usti dasturiy mahsulotlari va serverlari bazasida qurilgan 
FMIning geoaxborot platformasi bazaviy fazoviyma‟lumotlarni yuritishni hamda 
OGC va ESRI standartlari bo„yicha veb-servislar formatida nashr etilishini 
ta‟minlaydi. 

Download 2,58 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. FAZOVIY AXBOROTLARNING INFRATUZILMALARI

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish