Regional fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasi




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

5.3. Regional fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasi 
 
Regional fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasining maqsadi regional 
darajadagi davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv, mahalliy organlar va 
fuqarolar uchun fazoviy ma‟lumotlarni yaratish, saqlash, yangilash, qidirish, nashr 


129 
etish, ushbu ma‟lumotlarni olish va almashinish uchun yagona axborot muhitini 
yaratishdan iboratdir. 
Regional FMIning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
–mahalliy koordinatalar sistemasidan foydalanadigan parametrlar katalogini 
yuritish; 
–regional referents-stantsiyalarning doimiy ishlab turuvchi yo„ldosh 
differentsial tarmoqlarini yaratish hamda uning bazasida navigatsiya-geodezik 
xizmatlarni ko„rsatish yo„li bilan davlat geodeziya tarmoqlarining regional 
segmentidan foydalanish samaradorligini oshirish; 
–regional va mahalliy kartografik asoslar va ortofototasvirlarni yuritish va 
faollashtirish; 
–ma‟lumotlar va xizmatlarning internet axborot-telekommunikatsiya 
tarmog„ida barcha uchun foydalanish imkonini ta‟minlash; 
–yangi fazoviy ma‟lumotlarni yaratishda reglamentlangan koordinatalar
sistemasidan va regional hamda mahalliy kartografik asoslarda va 
ortofototasvirlardan foydalanishni ta‟minlash asosida region hududida 
mamlakatning yagona yuqori aniqlikdagi koordinatalar kengligini etarli darajada 
ushlab turish va foydalanishni ta‟minlashdan iborat. 
Regional FMI oldiga qo„yilgan vazifalarni hal qilish quyidagilarni yaratish 
asosida amalga oshirilishi mumkin: 

axborot resurslari; 

tashkiliy ta‟minot; 

texnologik ta‟minot; 

me‟yoriy-huquqiy va me‟yoriy-texnik ta‟minot; 

kadrlar ta‟minoti. 
Regional FMIning axborot resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi: 

fundamental fazoviy ma‟lumotlar ; 

bazaviy fazoviy ma‟lumotlar; 

tarmoqli fazoviy ma‟lumotlar; 

mavzuli fazoviy ma‟lumotlar; 


130 

metama‟lumotlar(ya‟ni ma‟lumotlar to„g„risidagi ma‟lumotlar); 

klassifikatorlar, ma‟lumotnomalar, reestrlar. 
Fundamental fazoviy ma‟lumotlarga odatda mamlakatning yagona 
koordinatalar kengligini region hududida etarli darajada ushlab turish va 
foydalanishni ta‟minlaydigan ma‟lumotlar kiradi. Hududlarni qamrab olishiga 
qarab fundamental fazoviy ma‟lumotlar mamlakat, regional va mahalliy turlarga 
bo„linadi. 
Davlat darajasidagi fundamental fazoviy ma‟lumotlarga quyidagilar kiradi: 
– davlat koordinatalar sistemasining parametrlari; 
– davlat geodezik tarmoqlarining punktlari to„g„risidagi ma‟lumotlar; 
– davlat kartografik asoslar va geografik bog„langan hamda geometrik 
jihatdan maqbul ortofototasvirlar. 
Regional darajadagilarga quyidagilar kiradi: 
–foydalaniladigan mahalliy koordinatalar sistemasining parametrlari; 
– davlat geodezik tarmog„ining qalinlashtiruvchi tarmoqlari punktlari 
to„g„risidagi ma‟lumotlar; 
– referents-stantsiyalarning doimiy ishlab turuvchi regional yo„ldosh 
differentsial tarmoqlari hamda ular bazasidagi navigatsiya-geodezik ma‟lumotlar 
to„g„risidagi ma‟lumotlar; 
–regional kartografik asoslar va geografik bog„langan hamda geometrik 
jihatdan maqbul bo„lgan regionning ortofototasvirlari. 
Mahalliy darajadagi fundamental ma‟lumotlarga quyidagilar kiradi: 
–foydalaniladigan mahalliy koordinatalar sistemasining parametrlari; 
–mahalliy tarmoqlarni qalinlashtirish punktlari to„g„risidagi ma‟lumotlar; 
–mahalliy kartografik asoslar va geografik bog„langan hamda geometrik 
jihatdan maqbul bo„lgan mahalliy hududning ortofototasvirlari. 
Regional va mahalliy fundamental fazoviy ma‟lumotlarni yaratish va yuritish 
viloyat davlat hokimiyati organlari tomonidan ta‟minlanadi. 
Bazaviy fazoviy ma‟lumotlar bu fazoviy ma‟lumotlarning hamma uchun 
foydalanish mumkin bo„lgan resurs qismi bo„lib, ularning koordinatalarining asosi 


131 
hamda fazoviy ma‟lumotlarni pozitsiyalashtirish uchun zarur bo„lgan tanlangan 
fazoviy ob‟ektlar to„g„risidagi axborotlarni o„z ichiga oladi. 
Huquqiy cheklanishlarning yuzaga kelishi nuqtai nazaridan bazaviy fazoviy 
ma‟lumotlar davlat, ya‟ni milliy, regional va mahalliy turlarga bo„linadi. Bazaviy 
fazoviy ma‟lumotlar tarkibiga majburiy tartibda viloyat hududining quyidagi 
fazoviy ob‟ektlarining izohlari kirishi zarur: 
– viloyat,tumanlar va aholi punktlarining chegaralari; 
– kadastr bo„yicha bo„linish birliklari va davlat er kadastrida hisobga olingan 
er uchastkalari; 
– mahalliy, regional va mahalliy ahamiyatga ega bo„lgan chiziqli inshootlar 
(avtomobil tarmoqlari va h.k.)ni qo„shgan holda manzillarining axborotlari bilan 
kapital qurilish (bino va inshootlar) ob‟ektlari; 
– suv fondining er usti ob‟ektlari; 
– o„rmon fondi ob‟ektlari; 
– alohida muhofaza qilinadigan hududlar; 
– madaniy meros ob‟ektlarining hududlari; 
– hududlardan foydalanishning alohida shart-sharoitli zonalari; 
– tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda hodisalar yuzaga kelishi 
tahlikasidagi hududlar; 
– hududiy mintaqalar; 
– qizil chiziqlar. 
Regional darajadagi bazaviy fazoviy ma‟lumotlarni yaratish, ularni olishni 
ta‟minlash viloyat davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Tarmoqli fazoviy ma‟lumotlar regional xarakterga ega bo„lgan alohida 
idoralar vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur tarmoqli boshqaruvning fazoviy 
ob‟ektlari to„g„risidagi ma‟lumotlardir.Tarmoqli fazoviy ma‟lumotlar ichki 
idoraviy foydalanish uchun majburiy hisoblanadi. Tarmoqli fazoviy ma‟lumotlarni 
yaratishda regionning fundamental va bazaviy fazoviy ma‟lumotlaridan majburiy 
ravishda foydalanish zarur bo„ladi.Tarmoqli fazoviy ma‟lumotlarni yaratish, 
yuritish, ulardan keng ko„lamda foydalanishni ta‟minlash viloyat davlat hokimiyati 


132 
organining alohida idoralarga xizmat ko„rsatish printsipi hamda viloyat 
hokimiyatining tegishli qarorlari asosida belgilanadi. 
Regional FMIda mavzuli fazoviy ma‟lumotlar ham muhim o„rin egallaydi. 
Mavzuli fazoviy ma‟lumotlar – har qanday xo„jalik, ilmiy, o„quv va boshqa 
faoliyat bilan shug„ullanuvchi sub‟ektlar tomonidan o„z maqsadlariga erishishlari 
uchun zarur bo„lgan holda yaratiladigan fazoviy ma‟lumotlardir.Mavzuli fazoviy 
ma‟lumotlarni yaratish, faollashtirish, saqlash va ularni erkin tarzda olishni tartibga 
solib turish regional, mahalliy va korporativ me‟yorlarga mos tarzda mavzuli 
faoliyatlar (o„quv, ishlab chiqarish, ilmiy va h.k.) doirasida amalga oshiriladi. 
Har qanday mavzuli fazoviy ma‟lumotlar, agar ular viloyat fazoviy 
ma‟lumotlar tizimining talablariga mos kelsa, metama‟lumotlar sifatida ro„yxatdan 
o„tganidan so„ng viloyat FMI tarkibiga qo„shilishi mumkin. Metama‟lumotlar – 
fazoviy ma‟lumotlar xususiyatlarining to„plami hamda qidirish, baholash, sotib 
olish va foydalanish nuqtai nazaridan shular bilan bog„liq servislar (geoservislar) 
to„g„risidagi ma‟lumotlardir. 
Fundamental, bazaviy va tarmoqli fazoviy ma‟lumotlar hamda servislarning 
butun to„plami o„zlariga tegishli metama‟lumotlarga ega bo„lishi zarur. 
Regional FMIni yaratish va ulardan foydalanishda texnologik ta‟minot 
masalalari ham muhim o„rin tutadi. Odatda, regional, ya‟ni viloyat FMIning 
texnologik ta‟minoti tarkibiga quyidagilar kiradi: 
–viloyat FMIning ishtirokchilari o„rtasida yagona axborot-kommunikatsiya 
kengligini ta‟minlovchi telekommunikatsiya tarmog„i; 
–viloyat hududi uchun yaratilgan va yaratiladigan fazoviy ma‟lumotlarning 
yagona koordinata kengligini ta‟minlaydigan viloyat referents-stantsiyalar 
tarmog„i; 
– viloyat fazoviy ma‟lumotlari, metama‟lumotlari va ma‟lumotnomali 
ma‟lumotlarining tartibli saklanishi hamda foydalanuvchilarga taqdim etilishini 
ta‟minlaydigan ma‟lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi; 
– fazoviy ma‟lumotlarni yaratish,faollashtirish va sifatini nazorat qilishni 
ta‟minlaydigan geoaxborot tizimi ; 


133 
–internet tarmog„ida viloyat FMI masalalarining amalga oshirilishini 
ta‟minlovchi viloyat geokartasi. 
Viloyat, ya‟ni region geoportali odatda quyidagi servislar yordamida viloyat 
hududi to„g„risidagi fazoviy ma‟lumotlarni qidirish, vizuallashtirish, baholash, 
olish uchun internet resurs ko„rinishga ega bo„ladi: 
– viloyat FMIda va internet tarmog„idagi tegishli metama‟lumotlar asosida 
fazoviy ma‟lumotlar to„plamini qidirish va metama‟lumotlar mazmunini yoritish; 
–ma‟lumotlarni ko„ribchiqish imkoniyatlarini ta‟minlovchi ma‟lumotlarni 
vizuallashtirish, tasvirlar bo„yicha navigatsiyalash, ularni masshtablashtirish, 
shuningdek, kartalar legendasini hamda ma‟lumotlar to„plamida iste‟molchini 
qiziqtiradigan boshqa axborotlarni yoritish; 
–o„zaro bir-birlariga mosligini ta‟minlash maqsadida fazoviy ma‟lumotlar 
to„plamini transformatsiyalash imkonini beruvchi ma‟lumotlarning ko„rinishini 
o„zgartirish; 
–fazoviy ma‟lumotlarning to„laligi va bir-birlariga qarshi emasligini baholash; 
–viloyat FMIning fazoviy ma‟lumotlaridan foydalanish bo„yicha ruxsat 
etilganligi hisobiga viloyat fazoviy ma‟lumotlarining yangi to„plamini yaratish; 
–viloyat geoportaliga iste‟molchilar tomonidan ma‟lumotlarni kiritish; 
– ma‟lumotlarning egalari va iste‟molchilari bilan foydalanishga oid 
litsenziyali bitimlarni rasmiylashtirish; 
– pullik ma‟lumotlar va xizmatlarning elektron to„lovlarini o„tkazish; 
– iste‟molchilar bilan teskari aloqa mexanizmi xizmatini ko„rsatish. 
Shunday qilib, regional fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasi alohida 
xususiyatga ega tuzilma bo„lib, uning maqsadi ushbu region bo„yicha (viloyat 
bo„yicha) fazoviy ma‟lumotlarni yaratish, saqlash, yangilash, qidirish, nashr etish, 
ushbu ma‟lumotlarni olishga imkon yaratish va almashinish uchun yagona axborot 
muhitini yaratishdan iboratdir. 

Download 2,58 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Regional fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasi

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish