• Ma‟lumotlarning yo„qotilishini baholash
  • Ma‟lumotlarning yashash tsiklini hisobga olgan holda ularni baholash
  • Foydalanish imkoniyatlari bo„yicha ma‟lumotlarni baholash –




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/83
    Sana25.05.2024
    Hajmi2,58 Mb.
    #253842
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
    Bog'liq
    LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

    Foydalanish imkoniyatlari bo„yicha ma‟lumotlarni baholash –
    ko„p 
    foydalaniladigan yondashuvlardan biri. U bir qism ma‟lumotlarni olish mumkin 
    bo„lmagan taqdirda qanday biznes jarayonlarni amalga oshirish hamda bu biznesga 
    qanchaga tushishi mumkinligini o„lchashga asoslanadi. 
    Ma‟lumotlarning yo„qotilishini baholash –
    yana bitta juda ko„p 
    foydalaniladigan yondashuv. Agarda ma‟lumotlar qandaydir bir sabablarga ko„ra 
    yo„q qilinsa, ma‟lum bir ma‟lumotlarni olish (tiklash) uchun zarur bo„ladigan 
    xarajatlar to„g„risida o„ylashga asoslanadi. 
    Ma‟lumotlarning yashash tsiklini hisobga olgan holda ularni baholash –
    bu usul ushbu ma‟lumotlar qay tarzda yaratilganligi yoki boshlang„ich tarzda 
    olinganligi, qay tarzda ular kishilar foydalanishlari uchun mumkin bo„lishi hamda 
    ushbu ma‟lumotlar eskirganidan so„ng ularni nima qilish zarur, arxivlashtirish 
    zarurmi yoki to„la holda yo„q qilish zarurmi, degan fikr-mulohazalarga asoslangan. 
    Ma‟lumki, bir qator ma‟lumotlar tashqi manbalardan taqdim etilgan, keyin esa ular 
    tashkilot ichida saqlangan, yoki bo„lmasa boshlang„ich fazadan boshlab ushbu 
    ma‟lumotlar tashkilotning ichki tizimi tomonidan yaratilgan. Bunday hollarda 
    hayotiy tsikllar bir-biridan farqlanadi va ma‟lumotlarni to„plash uchun 
    foydalaniladigan jarayonlar turlicha bo„ladi. Ikkala holatda ham ushbu bosqichlarni 
    qaytadan tashkil etish xarajatlari baholanishi zarur. Ma‟lumotlar qanchalik 
    qimmatli bo„lsa, ularning yaxlitligini, maxfiyligini va olish mumkinligini 
    ta‟minlashga sarflanadigan xatti-harakatlar va sarf-xarajatlar shunchalik ko„p 
    bo„ladi. 


    108 
    Ma‟lumotlarning «foydaliligi»ni belgilash bilan bir qatorda ularni 
    tasniflash
    ham muhimdir. Ma‟lumotlar boshlang„ich tarzda operatsion, taktik va strategik 
    sifatlarda tasniflanishi mumkin. 

    Download 2,58 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydalanish imkoniyatlari bo„yicha ma‟lumotlarni baholash –

    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish