Yozuvlar satrlarini tashkil etish.
Har bir yozuv – bu kiritilgan atributlar
bo„lib, ularning nomlari bilan jadvallarning ustunlari nomlanadi. Jadvaldagi
atributlar soni yozuvlar orasidagi munosabatlarni tavsiflaydi, ya‟ni munosabatlar
darajasini belgilab beradi. Har bir atribut uchun bir turdagi qiymatlarning
cheklangan to„plami belgilanadi va u
domen
deyiladi. Bitta domenga tegishli
bo„lgan ma‟lumotlarni taqqoslash mumkin. Shunday qilib, GATda ma‟lumotlar
bazasini to„g„ri boshqarish ulardan samarali foydalanishga imkon beruvchi
MBBTni yaratish bilan uzviy bog„liqdir.
4.2.Axborotlarning «foydaliligi»
Har qanday korxona o„zining ishlab chiqarishini amalga oshirishi uchun asos
sifatidagi ma‟lumotlar barcha zaruriy atributlariga ega bo„ladi. Bunday atributlar
105
ularni faol yoki oddiy resurs sifatida qarashga imkon beradi. Masalan, ma‟lumotlar
«biznes maqsadlariga erishish hamda korxonaning kundalik muvaffaqiyatli ishlari»
uchun muhimdir. Bundan tashqari, ular «tashkilotda olingan, ammo ma‟lum bir
moliyaviy xarajatlar evaziga bu erda saqlanishi mumkin». Nihoyat, boshqa qator
resurslar bilan birga «tashkilotning asosiy maqsadlariga erishish uchun»
foydalanilishi mumkin. Bunday hollarda axborotlarning «foydaliligi» vujudga
keladi.
Axborotlar «foydaliligi»ning asosiy tayanch omillariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
–barcha foydalanuvchilar o„z ishlarini bajarish uchun zarur bo„ladigan
axborotlarni turli kanallar orqali oladilar;
–qimmatli axborotlar ushbu tashkilot doirasida hamda boshqa tashkilotlar bilan
birgalikda to„la tarzda foydalaniladi;
–korxona ma‟lumotlarining sifati qabul qilinadigan darajada saqlab turiladi
hamda biznesda foydalaniladigan axborotlar aniq, ishonchli va e‟tiborga loyiq
bo„ladi;
–xususiy axborotlarning maxfiyligini himoyalashga huquqiy talablar, ular
xavfsizligi va ma‟lumotlarining to„laligiga to„la rioya qilinadi;
–tashkilot ma‟lumotlar va axborotlarni qayta ishlash bo„yicha o„z faoliyatining
samaradorligi va natijaviyligining yuqori darajasini ta‟minlaydi;
–korxona ma‟lumotlarining modeli ular aloqasining eng muhim mohiyatini
anglatadi, bu esa, o„z navbatida, ular ortiqchaligi va arxitekturasi buzilishining
oldini oladi.
Albatta, har qanday to„plangan axborotlar «foydali», ya‟ni zarur bo„lishi
kerak, aks holda katta xarajatlar evaziga to„plangan axborotlardan foydalanish
kerak bo„lmasdan qolib ketadi. Shuni qayd qilish zarurki, agar axborotlar va
ma‟lumotlarni samarali boshqarish mavjud bo„lmaganida:
–kishilar o„zlariga kerak bo„lmaydigan ma‟lumotlarni to„plagan bo„lar edilar
va ularni zaruriy darajada ushlab turardilar;
106
–tashkilotlar foydalanilmaydigan tarixiy ma‟lumotlarni o„zlarida saqlab turar
va doimo shunday axborotlarga ega bo„laverar edilar;
–tashkilotlar potentsial foydalanuvchilar uchun zarur bo„lgan ko„p
ma‟lumotlarni o„zlarida saqlashlari mumkin bo„lardi;
–axborotlar ularga zaruriyat sezgan odamlar sonidan ko„p bo„lgan odamlarga
yoki bo„lmasa axborotlar kerak bo„lmagan odamlarga berilishi mumkin bo„lardi;
–tashkilotlar axborotlarni olish, tahlil qilish, saqlash va ajratib olishning
samarasiz va eskirgan usullaridan foydalanishi mumkin bo„lardi;
–tashkilotlar zaruriy axborotlarni to„plash ishi bilan etarli darajada
shug„ullanmasliklari mumkin edi.
Bundan tashqari, to„plangan axborotlar haqiqatan ham yuqori sifatli
ma‟lumotlardan olinganmi? Nimaga deganda, taqqoslash uchun ko„rsatkichlar
mavjud emas. Masalan, ma‟lumotlar sifatining pastligi ko„pincha ularni kiritish va
yangilash jarayonlarining past sifatli tekshiruvi natijasida yuz beradi. Aniq
bo„lmagan yoki to„la bo„lmagan axborotlarni kompyuterga kiritgandan so„ng
ushbu axborotlar asosida olingan har qanday axborotlar ulardagi noaniqliklarni
yoritadi.
Ma‟lumotlar sifatini oshirish, ularning «foydaliligi»ni ta‟minlashning asosiy
yo„llaridan biri axborotlarni boshqarish jarayonidan foydalanish hisoblanadi. Bu
jarayon axborotlar siyosati va standartlarini belgilaydi, ekspertizani tashkil etadi,
yangi xizmatlar uchun ma‟lumotlar bilan bog„liq bo„lgan qirralarni qayta ishlashni
engillashtiradi. Bu, o„z navbatida, quyidagilarni ta‟minlashi zarur:
–mijozlarga taklif etiladigan xizmatlar qimmatini oshirish;
–tadbirkorlikdagi tahlikani kamaytirish;
–biznes jarayonlarga sarf-xarajatlarni kamaytirish;
–ichki biznes jarayonlarga innovatsiyani qo„llab-quvvatlash.
Ma‟lumotlar va axborotlarning «foydaliligi»ni aniqlash uchun ular
baholanadilar (Valuing data).
Ma‟lumotlar resurs, aktiv hisoblanadi va shu sababli ma‟lum qimmatga
egadir. Ba‟zi korxonalarda bu holat yaqqol namoyon bo„ladi, boshqalarida esa
107
aksincha, unchalik yorqin namoyon bo„lmaydi. Boshqa korxonalarga ma‟lumot
etkazib beruvchi tashkilotlar tashqi tashkilotlarga ularni olish uchun buyruq berish
nuqtai nazaridan «mahsulot» sifatida qiymatini baholashlari mumkin. Shu bilan
birga boshqa tashkilotlarga ichki axborotlarning qiymati to„g„risida ham fikr
yuritishlari mumkin. Umuman, amaliyotda ushbu ma‟lumotlarning egasi bo„lgan
tashkilotga bu qanchaga tushishi nuqtai nazaridan baholash juda keng tarqalgan.
Buni qanday qilish mumkinligini aniqlash uchun bir necha usullar taklif etiladi:
|