4-bob. MA‟LUMOTLAR VA AXBOROTLARNI BOShQARISh
4.1. Ma‟lumotlar va axborotlarni boshqarish jarayoni
Foydalaniladigan ma‟lumotlarning eng muhim belgisi – bu uning raqamli
yoki raqamsiz shaklda olinganligi, u yoki bu shakllarda olingan ma‟lumotlarning
saqlanishi va foydalanilishi, GATning raqamli muhitga ushbu ma‟lumotlarni
kiritish aniqligi va qiymati, yangiligi nimaga bog„liqligi va hokazolardir.
Ma‟lumotlar bazasining mavzuli tarkibini shakllantirish uchun birlamchi
ma‟lumotlar manbalari sifatida geografik kartalardan foydalanish qator sabablarga
ko„ra qulay va samaralidir. Kartadan olingan ma‟lumotlar quyidagi afzalliklarga
ega:
– aniqhududiy bog„lanishga ega ;
– «tushirib qoldirishlar», tasvirlangan hudud chegarasida «oq dog„lar» yo„q;
– istalgan shaklda axborotlarni kompyuterda saqlash uchun mumkinlik
darajasiga ega.
Kartografik manbalar juda ko„pligi va turli-tumanligi bilan farqlanadi.
Umumgeografik va topografik kartalardan tashqari o„nlab va hatto yuzlab turdagi
turli mavzuli kartalar mavjud.
Kartalar, seriyalar va majmuaviy atlaslarning rolini alohida qayd qilish zarur,
chunki bu erda ma‟lumotlar bir xillikda, tizimlashtirilgan, o„zaro kelishilgan
shaklda keltiriladi. Bunday kartalar to„plamlari ayniqsa mavzuli ma‟lumotlar
bazasini yaratishda muhimdir.
GAT uchun ma‟lumotlarning asosiy manbalaridan biri masofadan zondlash
materiallari hisoblanadi. Ular kosmik va aviatsion bazalanadigan barcha
manbalardan ma‟lumotlarni birlashtiradilar hamda masofadan olinadigan
ma‟lumotlarning katta qismini tashkil etadilar. Bularning asosiy qismi kontaktli
tarzda tasvirga olish hisoblanadi. Tasvirga olishning kontaktsiz usullari asosida
olingan ma‟lumotlarga aerokosmikdan tashqari dengizda va bazalangan o„lchov
tizimlarining fototeodolitli s‟yomkani qo„shgan holdagi s‟yomkalari kiradi.
Aerofotos‟yomka
materiallari
asosan
topografik
kartalashtirishda,
shuningdek, geologiyada, o„rmon xo„jaligida, erlarni inventarizatsiyalashda keng
101
qo„llaniladi. Kosmik tasvirlar o„tgan asrning 60-yillari kelib tusha boshladi,
bugungi kunda ularning fondi 10 millionlarni tashkil etadi.
Keyingi yillarda GAT muhitida GPS global navigatsiya tizimidan ob‟ektlar
koordinatalari to„g„risidagi ma‟lumotlarning kichik qabul qilgichlari keng
qo„llanilmoqda. Ular bir necha millimetrgacha aniqlashda planli va balandlik
koordinatalarini olish imkonini beradi. Aynan shular kichik shaxsiy kompyuterlar
hamda ixtisoslashtirilgan dasturlar yordamida GPS tizimi bilan ma‟lumotlarning
qayta ishlanishi ta‟minlangani holda juda tezkor bajariladigan ishlarning
zarurligiga qarab dala s‟yomkalarida foydalanishga imkon beradi.
Raqamli shaklga ega bo„lgan statistik ma‟lumotlarga e‟tiborni qaratgan holda
shuni qayd qilish zarurki, ular GAT da to„g„ridan-to„g„ri foydalanishda juda
qulaydir. Ular ichida ayniqsa davlat statistika ma‟lumotlari alohida o„rin tutadi.
Uning asosiy mohiyati iqtisodiyot tarmoqlarida, aholi tarkibida, uning turmush
darajasida, madaniy rivojlanishda, ko„chmas mulklar hisobida, moddiy zaxiralar
miqdorlarida va ulardan foydalanishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi
rivojlanish nisbatlaridagi o„zgarishlar to„g„risida ma‟lumot berishdir.
Mamlakat hududida davlat statistikasini olish uchun odatda uni to„plashning
yagona uslubiyati qo„llaniladi. O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika
qo„mitasidan tashqari bu ishni qator tarmoq vazirliklari ham o„tkazadi. Statistik
hisobotlar davriyligi bo„yicha haftalik, oylik, kvartal, yarim yillik va yillik
hisobotlarga bo„linadi.
Barcha to„plamni tartibga solish uchun davlat xizmati tomonidan
statistikaning tarmoqlari bo„yicha ko„rsatkichlar aniqlangan. Shunday guruhlar
sifatida mamlakatda statistikaning quyidagi tarmoqlaridan foydalaniladi:
1.
Sanoat.
2.
Tabiiy resurslar va atrof-muhit.
3.
Texnika taraqqiyoti.
4.
Qishloq xo„jaligi va qayta ishlash.
5.
Kapital qurilish.
6.
Transport va aloqa.
102
7.
Savdo-sotiq.
8.
Mehnat va ish haqi.
9.
Aholi, sog„liqni saqlash va ijtimoiy ta‟minot.
10.
Xalq ta‟limi, fan va madaniyat va h.k.
Ma‟lumotlarni to„plash bilan bir qatorda ularni saqlash va qayta ishlash, ya‟ni
zaruriy tartibda boshqarish kerak. Buning uchun maxsus dasturiy ta‟minot talab
qilinadi. GAT ning ko„pgina mavjud dasturiy vositalarida etarli darajadagi
samarali yondashuvlardan foydalaniladi. Bu yondashuvlar asosan ma‟lumotlar
bazasi (MB) ko„rinishidagi ma‟lumotlarni tashkil etishga, ma‟lumotlar bazasini
boshqarish tizimi (MBBT) nomini olgan boshqariladigan dasturiy vositalarga
asoslanadi. Ma‟lumotlar bazasi deganda, odatda «amaliy dasturlarga bog„liq
bo„lmagan, ma‟lumotlar izohi, saqlanishi va o„zgartirilishini ko„zda tutuvchi,
ma‟lum bir tartib-qoida asosida tashkil etilgan ma‟lumotlar to„plami», ma‟lumotlar
bazasini boshqarish tizimi deganda esa ma‟lumotlar bazasini yaratish, yuritish va
foydalanish uchun zarur bo„ladigan dasturlar hamda til vositalari tushuniladi.
Demak, ma‟lumotlar bazasini boshqarish uchun maxsus dasturlardan foydalanish
maqsadga muvofiq bo„ladi.
Zamonaviy MBBT, jumladan GAT dasturiy ta‟minotida foydalanilayotgan
tizimlar ham ma‟lumotlarni talab darajasida tutib turadigan modellarning tiplariga
qarab ierarxik, tarmoqli va relyatsion turlarga bo„linadi.
Relyatsion turdagi MBBT fazoviy ob‟ektlar to„g„risidagi ma‟lumotlarni
hamda ularning nisbiy yoki jadvallar ko„rinishidagi tavsiyalarini keltirishga imkon
beradi.
MBdagi ma‟lumotlarni o„zgartirishningqulayligi MBBTning til vositalari
bilan uzviy bog„liqdir.Bunda MBBT dan foydalanuvchiga katta imkoniyatlar
berilgan. Bunday imkoniyatlar GAT ning MB ga fazoviy so„rovlarni
kengaytirishga, ushbu holatga moslashtirishga zamin yaratadi.
Bugungi kunda GATni yaratishdagi ma‟lumotlar bazasidan foydalanish
texnologiyasi zarurligini belgilovchi bosh sabablardan biri zamonaviy MBBT
yordamida lokal ma‟lumotlar tarmoqlarini saqlash va texnologiyalardan
103
foydalanishning tarmoqli imkoniyatlari hamda tarqatilgan MB deb nomlanadigan
olib tashlangan tarmoqni ushlab turishdan iboratdir. Aynan shu asosda hisoblash
resurslaridan optimal ravishda va so„ralgan MBdan jamoa bo„lib foydalanishga
imkon yaratiladi.
Ma‟lumotlar bazasini boshqarish jarayonida ularni tahlil qilish bloki GATning
3 ta yirik moduli (kiritish, qayta ishlash va chiqarish) ishida muhim bo„lib, u
geoaxborot texnologiyasining yadrosi sanaladi. Boshqa barcha operatsiyalar uning
asosiy analitik va modellashtirilgan funktsiyalarining servis qismi sifatida e‟tirof
etilishi mumkin. Zamonaviy dasturiy vositalar analitik blokining mazmuni aniq
GATni amalga oshirish jarayonida shakllangan. Analitik xarakterga ega bo„lgan
oddiy operatsiyalarni guruhlashga imkon beruvchi turli tasniflar mavjud. Ularni
umumlashtirgan va analitik modullar tarkibiga suyangan holda ularning quyidagi
guruhlarini alohida ajratish mumkin:
– Ma‟lumotlarni qayta tarkiblash operatsiyalari.
–Proektsiyalarni transformatsiyalash va koordinatalar sistemasini o„zgartirish.
– Hisoblash geometriyasining operatsiyalari.
– Overleynli operatsiyalar (ma‟lumotlarning turli nomdagi va turli turdagi
qatlamlarini joy-joyiga qo„yib chiqish).
–Umumiy analitik, grafoanalitik va modellashtiriladigan funktsiyalar.
MBBTning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– tashqi kartadagi ma‟lumotlarni boshqarish;
– tezkor xotira buferlarini boshqarish;
– tranzaktsiyani boshqarish samaradorligini ta‟minlash;
– tranzaktsiya MBga ta‟sir ko„rsatish nuqtai nazaridan MBBT uchun yaxshi
deb qaralgan ma‟lumotlar bilan xilma-xil amallarni bajarishning ajralmas ketma-
ketligi;
– MBdagi ma‟lumotlarning saqlanish ishonchliligi;
– MBni boshqaradigan dasturiy tilni qo„llab-quvvatlash.
104
Zamonaviy MBBTlarda ma‟lumotlar bazasi bilan ishlash uchun barcha
zaruriy vositalarga ega bo„lgan yagona integrallashgan til–SQL(Structured Query
Language) qo„llaniladi.
Ba‟zi bir MBBTlarda faylli tizimlar imkoniyatlaridan foydalaniladi,
ba‟zilarida esa tashqi xotira qurilmalarini ishlatish darajasida amallar bajariladi.
Odatda, MBBTlarda MB ob‟ektlarini nomlashning o„z tizimi tuziladi va
ma‟lumotlar bilan ishlash ikki bosqichda olib boriladi: tizim modeliga mos
bo„lgan va foydalanuvchiga moslangan tashqi bosqich va MB ob‟ektlari bilan
ishlash hamda ularni joylashtirishni amalga oshirishda loyihalar va ma‟muriyatga
kirish uchun imkon yaratadigan ichki bosqich. Ma‟lumotlar bazasini tuzish va uni
ishlatish ko„pgina omillarni hisobga olish va aniq rejalashtirishni talab qiladi.
Shular ichiga ma‟lumotlar bazasining modellarini yaxshi bilish ham kiradi.
Ko„pgina GAT larda fazoviy ma‟lumotlar bazasining tashkiliy tuzilmasini
yaratish uchun ikki xil modeldan foydalaniladi: faylli va georelyatsion.
Georelyatsion model geografik axborotlarni saqlash vazifasiga ko„proq mos
keladi, chunki unda pozitsion va semantik axborotlar birga ko„rilgan. To„plangan
koordinatalar identifikatori ishtirokida indekslangan fayllarda, atributlar esa
koordinatalari kiritilgan geometrik ob‟ektlar soniga teng qatorga ega bo„lgan
jadvallarda saqlanadi.
|