• Aniq va ravshan rejaning mavjudligi.
  • Hisobotning axborot tizimining mavjudligi.
  • Aniq ko„rsatkichlar va tendentsiyalar tahlili samarali tizimining mavjudligi.
  • E‟tibor berishning samarali tizimining mavjudligi.
  • Nazoratning samarali tizimini qurish printsiplari




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/83
    Sana25.05.2024
    Hajmi2,58 Mb.
    #253842
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
    Bog'liq
    LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

    Nazoratning samarali tizimini qurish printsiplari 
    loyihani operativ 
    (tezkor) tsikli doirasida boshqarish uchun qo„llaniladi. Nazoratning yaxshi tashkil 
    etilgan tizimini loyihalash, ishlab chiqish va qo„llash to„g„ridan-to„g„ri teskari 
    aloqaga erishish uchun zarurdir. Ushbu aloqa vositasida resurslarning haqiqiy 
    foydalanilishi rejalashtirish bosqichida o„rnatilgan rejaviy ishlar bilan taqqoslanishi 
    mumkin. Nazoratning samarali tizimini qurishning bir necha printsiplari mavjud. 
    Ulardan asosiylari quyidagilardir: 


    93 
    Aniq va ravshan rejaning mavjudligi. 
    Rejalar nazorat uchun asos bo„lib 
    xizmat qilishi uchun mazmunli, aniq tarkiblangan va qayd qilingan bo„lishi zarur. 
    Agar juda tez-tez va yuz berayotgan o„zgarishlarni nazorat qilish muolajasini 
    qo„llamagan holda yangilanaversa, bunday holda loyiha ustidan umumiy nazorat 
    yo„qolishi mumkin. 
    Hisobotning axborot tizimining mavjudligi. 
    Hisobotlar boshlang„ich rejaga 
    nisbatan yagona yondashuvlar asosida loyihaning holatini yoritishi zarur. Buning 
    uchun hisobotlarni tayyorlash va olish muolajalarini aniqlash va soddalashtirish, 
    shuningdek, barcha hisobotlar uchun aniq vaqt oraliqlarini o„rnatish zarur. 
    Hisobotda taqdim etilgan natijalar yig„ilishda muhokama qilinishi zarur. 
    Aniq ko„rsatkichlar va tendentsiyalar tahlili samarali tizimining 
    mavjudligi. 
    To„plangan ma‟lumotlarning tahlili natijasida loyiha rahbariyati joriy 
    holatning rejalashtirilganiga mosligini, agar mos kelmasa, miqdorlarini hamda 
    rejadan farqlarning oqibatlari muhimligini aniqlashi zarur. Tahlil uchun asosiy 
    ko„rsatkichlar vaqt va qiymatdir. 
    E‟tibor berishning samarali tizimining mavjudligi.
    Nazorat jarayonning 
    yakuniy qadami bo„lib, loyiha ishi davrida rahbariyat tomonidan qabul qilinadigan 
    va farqlarni bartaraf etishga yo„naltirilgan harakatlar hisoblanadi. Bu harakatlar 
    aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga va loyiha doirasida salbiy tendentsiyalarni 
    chetlab o„tishga yo„naltirilgan bo„lishi mumkin, ammo qator holatlarda rejani 
    qayta ko„rib chiqish talab qilinadi.
    Odatda, loyihani boshqarishda uchta asosiy miqdoriy tavsif – vaqt, ish hamda 
    qiymatnazorat qilinadi. Bundan tashqari, rahbariyat ishlar mazmuni, sifati va 
    tashkiliy tarkiblarini boshqarishga javobgardir. 

    Download 2,58 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazoratning samarali tizimini qurish printsiplari

    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish