89
ega bo„lgan loyihalarni boshqarish umumiy tizimining bir qismidir. Loyihalarni
bajarish davomida har qanday o„zgarishlar atrof-muhitda yuz beradigan
o„zgarishlar hisobiga rejada yuzaga keladigan farqlarni kamaytirishga
yo„naltirilgan javob ta‟sirini shakllantiradi.
Teskari bog„liqlikka ega bo„lgan boshqarish tizimining eng oddiy shaklini
blok-sxema ko„rinishida berish mumkin(3.1-chizma).
Tizim kirish, chiqish va loyihani bajarish jarayoniga egadir. Ular loyihaning
istalgan qismiga, ishlar paketiga, alohida ish turiga mos kelishi mumkin.
Chiqish ko„rsatkichlari nazorat qilinadi, berilgan aniq bir konturdagi (rejalar,
muddatlar, resurslarga chegaralanishlar bilan emas, balki ba‟zi bir qayd qilingan
parametrlar bilan, masalan, xona ichidagi harorat kabi) ba‟zi bir oldindan
o„rnatilgan qo„rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Agar ular farq qiladigan bo„lsa,
bunday holda teskari bog„liqlik zanjiri bo„ylab to„g„rilash ta‟siri shakllantiriladi. U
yuzaga keladigan farqlarni bartaraf qilish yoki kirish parametrlarini to„g„rilash
uchun tizimning kirish qismiga qaytib keladi.