• Loyihani boshqarishni avtomatlashtirish
  • Loyihani boshqarishdagi vazifalar
  • Loyihani tashkil etish va boshqarish




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/83
    Sana25.05.2024
    Hajmi2,58 Mb.
    #253842
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
    Bog'liq
    LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

    Loyihani baholash –
    samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
    loyihaning rejaviy va haqiqiy ko„rsatkichlarini taqqoslash bilan bog„liq
    bo„lgan loyiha hayotining turli bosqichlarida yuzaga keladigan davriy tadbir. 
    Loyihaning biznes
    -
    rejasi –
    loyihani amalga oshirishning maqsadga
    muvofiqligini har tomonlama asoslash va olinishi mumkin bo„ladigan
    natijalarni baholash uchun mo„ljallangan hujjat. 
    Loyihani boshqarishni avtomatlashtirish–
    ma‟lumotlarni to„plash, qayta
    ishlash, uzatish va loyihadagi katta ish hajmlariga ega bo„lgan hisob-


    197 
    kitoblarni amalga oshirish, axborotlarning oqilona oqimini shakllantirish hamda
    undan foydalanish koeffitsientini oshirish, loyihadagi boshqaruv qarorlarini
    ob‟ektiv tarzda asoslash uchun sharoit yaratish, iqtisodiy-matematik usullardan
    foydalanish asosida ularni maqbullashtirish uchun zamonaviy elektron
    hisoblash texnikasini qo„llash.
     
    Loyihani boshqarish apparati –
    ma‟muriy boshqaruv xodimlari, ya‟ni
    loyihani boshqarish bo„yicha ma‟lum bir funktsiyalarni bajaruvchi menejerlar,
    mutaxassislar, texnik va yordamchi xodimlar.
     
    Loyihani boshqarishning axborot tizimlari –
    loyihani boshqarish
    tizimida qo„llaniladigan ma‟lumotlarni to„plash, saqlash, jamg„arish, qidirish
    va uzatish tizimlari. 
    Loyihani boshqarishdagi vazifalar –
    loyihani amalga oshirish davrida
    oldindan o„rnatilgan muddatlarda belgilangan usullar bilan bajarilishi zarur
    bo„ladigan ishlar, ish turlari yoki ishning bir qismi. 
    Loyihani boshqarishdagi investitsiyalar –
    loyihaga xususiy yoki davlat
    kapitalini, mulkiy yoki intellektual boyliklarni qo„yish. 
    Loyihani boshqarish metodlari –
    loyihani boshqarish jarayonini tadqiq
    qilish va amalga oshirish usullari va yo„llari. 

    Download 2,58 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish