55
Predmet sohani aniqlash bo„yicha hujjatlar to„plami
. Turli-tuman
masalalar bo„yicha qarorlarni qabul qilgani va loyiha qatnashchilarining o„zaro bir-
birlariga munosabatlarini ta‟minlagani holda ushbu hujjatlar loyihalarning predmet
sohasi izohnomasini o„zida jamlaydi. Loyihaning
rivojlanib borishiga qarab
predmet sohani tasdiqlaydigan hujjat qaytadan ko„rib chiqilishi yoki to„g„rilanishi
mumkin hamda ushbu o„zgarishlar loyihaning barcha ishtirokchilari uchun
majburiy bo„ladi. Ushbu hujjatlar to„plami quyidagi axborotlarni o„z ichiga olishi
zarur:
–loyiha asosnomasi;
–loyihaning mahsuloti – mahsulot izohining qisqacha bayoni;
–loyihaning natijalari–loyiha natijalarining to„la ro„yxati, bularga erishish
loyihaning nihoyasiga etganligidan darak beradi;
–loyiha natijalarining tavsifi–loyihaning natijalari
mikdoriy tavsiflarga ega
bo„lishi zarur: vaqt va pul xarajatlari, sifati va boshqalar. Bu ko„rsatkichlar
loyihaning muvaffaqiyatli nihoyalanishini baholash uchun mezon bo„lib xizmat
qiladi. Miqdoriy jihatdan izohlash imkoni bo„lmagan loyiha natijalari (masalan,
buyurtmachining qoniqishi) loyihauchun
odatda tahlika hisoblanadi, chunki
bunday holatda noaniqliklar yuqori darajada bo„ladi.
Agar loyihaning predmet sohasi to„g„risida qo„shimcha axborotlar paydo
bo„lsa, ulardan loyihani boshqarish jarayonida foydalanish osonlashishi mumkin.
Qo„shimcha axborotlar doimo barcha identifikatsiyalangan ko„zda tutilishlar va
cheklanishlarning hujjatlarini o„z ichiga olishi kerak.