2.3. GAT loyihalarini rejalashtirish jarayoni GAT loyihalarini rejalashtirish jarayoni asosan barcha talab qilinadigan
ishlarni kafolatli aniqlashga imkon beruvchi, ya‟niloyihaning maqsadli
natijalargaerishishi uchun zaruriy tadbirlarni o„z ichiga oladi. GAT loyihalarining
natijalari, ularning tavsifi, shuningdek, ishlar majmuasining ro„yxati–aynan
shularning barchasi loyihaning predmet sohasini tashkil etadi.
Har qanday boshqa loyihalar singari GAT loyihalarining predmet sohasini
rejalashtirish murakkab, ko„pbosqichli jarayon bo„lib, u quyidagi asosiy
qadamlarni o„z ichiga oladi:
–loyihaning predmet sohasini aniqlash–navbatdagi qarorlarni qabul qilish
uchunasos bo„ladigan loyihaning predmet sohasining shakllarini tasdiqlovchi
hujjatni tuzish;
–loyihaning predmet sohasiga aniqlik kiritish–GAT loyihalarining amalga
oshirilishida eng yaxshi nazoratni ta‟minlash uchun boshqariladigan
komponentlarga asosiy natijalarni tarkibli maydalashtirish.
Shularni e‟tiborga olgan holda GAT loyihalarini rejalashtirish jarayonida
ularning predmet sohasini ishlab chiqish muhim amaliy ahamiyatga molik bo„ladi.
GAT loyihasining predmet sohasini ishlab chiqish –bu predmet sohani hujjatli
tarzda aniqlash va tasdiqlashdir. U quyidagilarni o„z ichiga oladi:
–GAT loyihasini asoslash;
–loyihaning asosiy maqsad va vazifalarini belgilash;
–loyiha yoki uning qismlarining mezonlarini aniqlash va muvaffaqiyatini
baholash.
GAT loyihasining predmet sohasini rejalashtirish- bu loyihaning yoki uning
alohida fazalarining muvaffaqiyatli nihoyasiga etkazilishini baholash mezonlarini
o„z ichiga olgan holdaloyihabo„yicha kelgusi qabul qilinadigan qarorlar uchunasos
sifatidagi loyihaning predmet sohasini aniqlovchi hujjatni ishlab chiqishdan
iboratdir. Bu hujjat loyiha komandasi va buyurtmachi o„rtasidagi, qayd qilingan
53
maqsadlar, rejalashtiriladigan natijalar va loyiha komandasi ishlarining
muvaffaqiyatini baholash mezonlari o„rtasidagi kelishuvlar uchun asos bo„ladi.