Yozuv taxtasiga bosqichma-bosqich bug’doy va paxta rasmini tasvirlash, tushuntirib berish.
Ranglar tanlay olishlarini kuzatish.
Amaliy mashg’ulot: O’quvchilarga namunadan
foydalanib, rasm ishlashni topshirish.
III. Darsga yakun yasash. O’quvchilar rasmlardagi paxta va bug’doy boshog’i
ranglar
yordamida qanday tasvirlanganligini kompozitsiyaning asosiy belgilarini qay darajada
yig’ilganligiga e’tibor qaratiladi. Yaxshi bajargan o’quvchilar ishi namoyish etiladi.
O’quvchilar ishlari baholanib darsga yakun yasaladi.
4-SINF
I.Dars mavzusi: Patnis ichiga naqsh ishlash.
II. Maqsad va vazifalar:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga patnis ichiga
naqsh ishlashni tushuntirish, patnis yoki
doira ichiga ishlangan naqshlar haqidagi
tushunchalarni kengaytirish;
b) tarbiyaviy maqsad: tabiatni sevishga,
uni kuzatishga, undagi ketma-ketlikni aniqlashga
o’rgatish;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni tasviriy malakalari, chizish, rang tanlash, bo’yash,
tabiatni estetik idrok etishni rivojlantirish.
III. O’quv jarayoni mazmuni: o’quvchilarga naqsh va doira ichiga naqsh chizish haqidagi
tushunchalarini bilib o’rgatish. Suhbat orqali mavzuni yoritish. O’tilgan
mavzuni yodga olish,
o’xshashligini aniqlash. Naqshlar yuzasidan suhbat o’tkazish. Naqshlardagi yorqin ranglar
tabiatdagi
meva va uning guli, bargidan olingan ketma-ketlik ekanligini yoritish.
IV. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Uslub: suhbat, ko’rsatish, ijodiy ish.
Shakl: mustahkamlovchi.
Darsning jihozi: Naqshlardan namunalar. Kitobdan, me’moriy obidalardan foydalanish.