tuziladi.
O’qituvchi tomonidan berilgan tezkor savollarga “qizil” va “yashil” kartochkalarni keltirish
orqali javob qaytariladi.
Savollar taxminan quyidagicha tuzilishi mumkin:
1) arifmetik amallarda “+” (plyus) belgisi qo’shishni bildiradimi? (ha);
2) sonli ifodadadgi amallar bajarilsa, ifodaning iqymati hosil bo’ladimi? (ha);
3) o’g’il otadan kattami? (yo’q);
4) arifmetik amallarda “-”(minus) bo’lishni bildiradimi? (yo’q);
5) 1000 so’m pulingiz bor. narxi 50 so’mnlik daftardan bir nechta sotib olish uchun 1000
so’mni 50 so’mga ko’paytiramizmi? (yo’q);
6) tarvuz bilan qovunnng umumiy og’irligini bilish uchun har ikkalasining og’irligi
qo’shiladimi? (ha);
7) opa-singil yoshidagi farqni aniqlash uchun opaning yoshiga singilniki qop’shiladimi?
(yo’q);
8) sonli ifodada qo’shish va ayrish amallari qatnashsa, amallar yozilish tartibida o’ngdan
chapga bajariladimi? (yo’q);
9) sonlar va arifmetik amallardan tuzilgan yozuvlar sonli ifoda deyiladimi? (ha);
10) arifmetik amallarga “+” qo’shish, “-” ayrish, (:) bo’lish, (*) ko’paytirish amallari
kiradimi? (ha).
III. “Tafakkur cho’qqisi” metodi yordamida o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash,
o’quvchilarga mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlashni talab etuvchi savollar berish ko’zda tutiladi.