|
M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012
|
bet | 57/71 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 236,88 Kb. | | #155384 |
Bog'liq M. artikova, M. Tursunova-fayllar.orgXI. Darslik bilan ishlash.
O’qituvchi: bir xil qo’shiluvchilarni qo’shishni ko’paytirish deyiladi. Bir xil
qo’shiluvchilarni yig’indisi 2 + 2+2+2+2= 10 ni bunday yoziladi. 2 x 5 = 10
Nuqta (.) ko’paytirish belgisidir. Ko’paytirishga oid misollar bunday o’qiladi.
Agar ikkitalab besh marata olinsa, 10 hosil bo’ladi yoki 2 ni 5 ga ko’paytirganda 10 hosil
bo’ladi.
Agar 5 dan 5 marta olinsa, 25 hosil bo’ladi yoki 5 ni 5 ga ko’paytirsa, 25 chiqadi.
Agar 6 tadan uch marta olinsa, 18 hosil bo’ladi yoki 6 ni 3 ga ko’paytirsa 18 hosil bo’ladi.
Agar 3 tadan 4 marta olinsa, 12 hosil bo’ladi yoki 3 ni 4 ga ko’paytirsa, 12 hosil bo’ladi.
439-misol orqali qo’shish ko’paytirishga almashtiriladi.
440-misol orqali ko’paytirish qo’shishga almashtiriladi.
444-masaladagi yechim bo’yicha masala tuziladi.
Dam olish daqiqasi: “ 7” raqami sir-sinoatlari.
Bir hafta-yetti kundan iborat. Nima uchun 7 kundan? Chunki hammamizga yaxshi
ma’lumki, fanda fazodagi yeti o’zgaruvchi sayyora haqida ilmiy asoslangan haqiqat mavjud. U ham
bo’lsa, oy, mushtariy, mirrix, zuhro, uran, Saturn, Neptun sayyoralarining har yeti kunda
almashinishi yeti kunlik vaqt birligiga binoan hafatning yaralganidir.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, vaqt hisobining asosiy yo’nalishi yetti kundan yetti
ajdodgacha bog’liq ekan.
XII. Mustahkamlash uchun metodlar: “6x6x6” metodi.
Ushbu metod yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar o’quvchini muayyan faoliytga jalb
etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek guruhlarning har bir a’zosi
imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. “6x6x6” metodi asosida tashkil
etilayotgan mashg’ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan guruhlar o’rtaga tashlangan
muammoni muhokama qilishadi. Belgilangan vaqt nihiyasiga yetgach, o’qituvchi 6 ta guruhni qayta
tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi.
Yangi shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo yechimi
sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama
etadilar.
Eng muhimi, mashg’ulot ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt mobaynida ham munozara
qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.
Toshiriqlar:
1 – topshiriq. Matematik diktant.
2 – topshiriq. Masala yechish.
3 – topshiriq. Katakchalarga to’g’ri javobni yozing.
4 – topshiriq. Test ishlash.
5 – topshiriq. Boshqotirma.
6 – topshiriq. Sonlar ishtirokida maqollar.
|
| |