Strategiyaning o’tkazilish tartbi. O’quvchilar jamoasi uch guruhga bo’linadi:
1-guruh “soatlar”;
2-guruh “minutlar”;
3-guruh “sekundlar”.
O’qituvchi tomonidan savollar tushirilgan soat maketi doskaga ilinadi.
Bunda har bir soat
oralig’ida 1 tadan, jami 12 ta topshiriq aks etadi.
Uchchala guruh sardorlari doskaga chiqadilar va teng miqdorda to’rttadan topshiriqni
tanlab oladi.
Har bir topshiriqni bajarish uchun 4 daqiqadan 16 daqiqa vaqt beriladi.
Eng tez va to’g’ri bajargan jamoa g’olib hisoblanadi.
Uyga vazifa: 435-mashq.
4-SINF
I. Dars mavzusi: Sonli ifodalar.
II. Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarda sonli ifodalar
haqida tushuncha hosil qilish, ularni
farqlay olishga va amalda qo’llashga o’rgatish, egallagan
bilimlarini mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni hamkorlikda ishlash madaniyatiga, o’zgalar
fikrini
hurmat qilishga o’rgatish;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini o’stirish.
Dars jarayonida quyidagi vazifalar bajariladi:
1. O’quvchilarda sonli ifodalar haqidagi ilk bilimlarni berish.
2. O’quvchilarni mavzu yuzasidan berilgan mashqlar majmui bilan tanishtirish.
3. O’quvchilar tomonidan mavzuning maamuni va mohiyatini chuqur o’zlashtirilishini
ta’minlash.
4. Sonli ifodalar va unda ishlatiladigan (“+”, “-”, “:”, “*”) arifmetik amallarining turmush
hayotidagi roli haqida tushuncha hosil qilish.
Dars jihozi: mavzu yuzasidan tarqatma materiallar, arifmetik
amallar tasviri tushirilgan
jadval, ko’rgazmali vositalar.