Osmoninngda hilpirar bayroq,
Gerbing uzra humo charx urar
Qomusing hech so’nmas bir mayoq.
Ozodlikning ramzi bu kitob
Ezgulikka qo’yilgan tamal
Birdamlikka aytilgan hitob
Adolatdek qulamas haykal.
Unda bordir xalqim o’tmishi
Go’yo menga so’zlangan ertak
Bobolarim kechgan kechmishi
Aks etgaydir nurli kelajak.
Har satrida, har bir bobida
Millionlarning taqdirin so’ylar
Mujassamdir baxt kitobida
Nurli hayot haqida o’ylar.
Insonlarni ulug’lab yasha
Mangu porla qomusim mening
Noming kezsin asrlar osha
Konstitusiyam – nomusim mening.
XI. Darslik bilan ishlash.
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi.
18
Har bir mamlakatning qoidalari bo’ladi. Ularga o’quvchi, talaba, ishchi yoki nafaqaxo’r
bo’lishidan qa’iy nazar barcha bo’ysunishi lozim. Bu qoidalar qonunlar deb ataladi. Qonunlar davlat
tomonidan o’rnatiladi. Ularni buzgan odam jazolanadi.
Mustaqillika erishgach, davlatimizda yangi qonunlar qabul qilindi. O’zbekiston
Respublikasi fuqarolarining huquqlari ta’minlandi. Mamlakatimiz Konstitusiyasi-boshqa barcha
qonunlar bo’ysunadigan asosiy qonundir. U shuningdek, qonunlarning eng muhimi hamdir.
Konstitutsiyada mamlakatimiz aholisining eng asosiy huquq va majburiyatlari haqida yozilgan.
Mamlakatda tartibni saqlash va qonunlarning buzilmasligini nazorat qiluvchi insonlar
bo’ladi. Ular avvalo militsiya hodimlari va ko’plab boshqa soha vakillaridir. Qonun-barcha uchun
bajarilishi majburiy bo’lgan qoidalardir. Ammo qonundan tashqari boshqa qoidalar ham bor. Bu
qoidalar bizga noqulay ahvolga tushib qolmaslik yoki kimnidir hafa qilib qo’ymaslik uchun
yordam beradi. Biz o’zimizni bu qoidalarga mos tutamiz.
Jamiyatdagi mavjud o’ziga xos qoidalar an’anana-udumlar yoki urf-odatlar deb ataladi.
Bizning ota-onamiz ham, bobo-buvilarimiz ham ana shunday qonun-qoidalar asosida hayot
kechirishgan.