1. Inson sog’lom bo’lishi uchun nimalar qilishi kerak?
2. Konstitutsiyamizda bu haqida nimalar deyilgan?
3. She’rdan qanday xulosa chiqardingiz?
X. Yangi mavzu bayoni: Aqliy hujum.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, o’zingizga tegishli bo’lgan qanday
shaxsiy buyumlaringiz
bor?
O’quvchi: Kitob, daftar, qalam, ruchka, velosiped, qo’g’irchoq va hokazo.
O’quvchi: Ota-onangiz sizga ana shu buyumlaringizni qayerdan sotib olib beradi?
O’quvchi: Supermarketdan yoki bozordan.
O’qituvchi: Har kuni maktabga nimada kelasiz?
2-o’quvchi: Avtobusda yoki metroda.
O’qituvchi: Barakalla, siz sanayotgan narsalarning barchasi mulk turlariga kiradi. Ularning
hech qaysinisi o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmaydi. Inson ushbu narsalarga
faqat mehnat qilish
orqali erishadi. Biz bugun sizlar bilan “ Mulk – mehnat bilan topiladi” mavzusini o’tamiz.
XI. Darslik bilan ishlash.
Mulk - mehnat bilan topiladi.
17
Atrofimizdagi barcha narsalar, buyumlar kimgadir tegishli bo’lsa, bular mulk deb atalishini
birinchi sinfdan bilamiz. Davlatga tegishli narsalar davlat mulki deyiladi. Alohida odamga tegishli
narsalar shaxsiy mulk deyiladi.
Biz foydalanadigan avtobus, metro, tramvay,
trolleybuslar, maktablar davlat mulkidir.
Bizning shaxsan o’zimizga tegishli mulk, masalan, velosiped, o’yinchoqlarimiz, kiyimlarimiz, kitob
va boshqalar bizning shaxsiy mulkimizdir. Shunday mulk bizning sinfdoshlarimiz va boshqa
o’rtoqlarimizda ham bor.
Ruhsatsiz birovning mulkini olish, unga zarar yetkazish mumkin emas. Biz o’z mulkimizni
qanday asrab – avaylasak, davlatning va o’zgalarning mulkini ham ehtiyot qilishimiz shart. Bu
bizning burchimizdir.