M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012




Download 236,88 Kb.
bet62/71
Sana13.02.2024
Hajmi236,88 Kb.
#155384
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
M. artikova, M. Tursunova-fayllar.org

X.Yangi mavzu bayoni: 
Dars O’zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylash bilan boshlanadi. 
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, bizga ma’lumki, ona vatanimiz, O’zbekiston 1991-yil 31-
avgustda mustaqillika erishdi. Shu kundan boshlab mardona “Mustaqillik” so’zi tilimizga ko’chdi. 
Va bizning kelajagi buyuk davlatimiz o’z ramzlariga, o’z davlat tiliga ega bo’ldi.
Yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov bu haqida to’xtalib shunday degan: “Milliy 
timsollarimiz va ramzlarning har biri milliy g’ururimizni yuksaltirishga xizmat qiladi. Ularning har
biri katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasidir”.
Bas shunday ekan biz davlat ramzlarimiz bilan faxrlanmog’imiz, ularga hurmat bilan
munosabatda bo’lmog’imiz kerak. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida O’zbekiston Respublikasi qonun
bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari-bayrog’i, gerbi va madhiyaga ega, deb belgilab qo’yilgan.


XI. O’qituvchi o’quvchilarga davlat ramzlarimiz to’g’risidagi ma’lumotlarni aytib beradi.
1. O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilga VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan.
Bayro’g’imiz va unda aks etgan ramzlar qadimiy tarix bilan bog’liq bo’lgan milliy, madaniy 
an’analarni o’zida aks ettirgandir.
Bayroqda aks etgan moviy rang musaffo osmon va obihayot ramzidir. 
Bayrog’imizdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u nurafshon kun va koinot
yoritgichlari bilan uyg’unlashib ketgan – poklik, beg’uborlik, orzular nurafshonligi va go’zallikka 
intilish timsolidir.
Yashil rang esa tabiatning yangilanish, yasharish ramzi hisoblanadi. 
Bayroqdagi qizil chiziqlar – tomirlarimizda jo’shib oqayotgan jonbahsh irmoqlardir.
Yarim oy tasviri bizning tarixiy an’ana – yu milliy qadriyatlarimiz bilan bog’liqdir. 
Bayrog’imizda 12 yulduzning aks etishi o’z ramziy ma’nosiga egadir. Bu birinchidan
quyosh yilnomamizga dahldorligini bildirsa, ikkinchidan bizning ilm – ma’rifatda dunyoga yuz 
tutgan daholarga beshik bo’lgan buyuk davlatimizda “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi, bunda Mirzo
Ulug’bek, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug’ allomalarimizning butun dunyo tan olgan ulkan 
kashfiyotlari bilan ham izohlanadi.
O’qituvchi: Bu bayrog’imiz to’g’risidagi ma’lumotlar edi. Endi gerbimizning qisqacha 
tafsilotiga to’xtalib o’taman.
Gerb so’zi aslida nemis tilidagi “gerbo” so’zidan olingan bo’lib, davlat, hudud, nasldan 
naslga meros bo’lib qoladigan mulk belgisini anglatadi.
O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
1992-yil 2-iyulda bo’lib o’tgan X sessiyasida tasdiqlangan.
Gullarga burkangan go’zal vodiy uzra nur sochayotgan quyosh aks etgan gerbimizning o’ng 
tomonida pishib yetilgan risq-ro’zimiz bo’lmish bug’doy boshoqlari, so’l tomonida esa milliy
boyligimiz hisoblanmish lo’ppi ochilgan paxta chanoqlari tasvirlangan chiroyli chambarni ko’rish 
mumkin. Uning yuqori qismida jipsligimiz ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz, sakkiz qirra ichida
esa yarim oy va yulduz tasvirini ko’ramiz. 

Gerbimiz markazida oliyjanoblik va sahovat, himmat va fidoyilik, tinchlik timsoli


hisoblanmish afsonaviy humo qushi qanotlarini keng yozib turibdi.
Pastki qismidagi davlatimiz bayrog’ini ifodalovchi uch rangdan iborat chambarga “
O’zbekiston” so’zi yozib qo’yilgan.
Shundan so’ng o’qituvchi madhiyamiz haqida ham qisqacha to’xtalib o’tadi va uning
hayotimizdagi ahamiyati haqida o’quvchilarga so’zlab beradi. 



Download 236,88 Kb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Download 236,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012

Download 236,88 Kb.