|
M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012
|
bet | 58/71 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 236,88 Kb. | | #155384 |
Bog'liq M. artikova, M. Tursunova-fayllar.org3-SINF
I. Dars mavzusi: Vaqt birliklari.
II. Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga vaqt birliklari, soat va minut haqidagi tushunchalarni
to’la tushuntirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chaqqon, tadbirkor, vaqtning qadriga yeta oladigan
qilib tarbiyalsh;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda erkin va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini
shakllantirish, matematik tafakkurini rivojlantirish;
III. Asosiy tushuncha va atamalar: soat, minut, sekund.
IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
-
soatning kichik mili nima deb atalishini bilish;
-
soatning katta mili nima deb atalishini bilish;
-
1 soat necha minut ekanligini bilish;
-
1 minut necha sekund ekanligini bilish;
Ko’nikma va malakalar:
-
misol va masalalarni mustaqil yecha olish;
V. Darsning metodlari: aqliy hujum, “SMS” strategiyasi.
VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot.
VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.
VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 3-sinf “Matematika” darsligi, jonli soat, soat
maketi va boshq.
IX. Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini aniqlash, yangiliklar haqida suhbat.
2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Massa birliklari.
Takarorlash yuzasidan savollar:
1. Kichikroq narsalarning massalari nimalarda o’lchanadi?
2. 1 kg necha grammga teng?
3. 1 sentner necha kilogrammga teng?
4. 1 tonna-chi?
X.Yangi mavzu bayoni.
Aqliy hujum:
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so’raydi qadrin
Fursat g’animatdir, shox satrlar-la
Bezamoq chog’idir umr daftarin.
O’qituvchi: Darhaqiqat, bolajonlar, o’tib borayotgan har bir daqiqamiz oltinga teng.
Shuning uchun ham ana shu bir tutam umr mobaynida yaxshi amallarni bajarmog’imiz, odamlarga
yaxshilik qilmog’imiz kerak. Shundagina biz o’z hayotimizga mazmun baxsh eta olamiz. Biz sizlar
bilan bugun o’tadigan mavzu “Vaqt birliklari “ deb ataladi.
|
| |