1.
Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbat.
2.
O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Dam olish va mehnat qilish huquqi.
Takrorlash yuzasidan savollar:
1. Konstitusiyamizning 37-moddasida nima deyilgan?
2. 38-moddasida-chi?
3. Mamlakatimiz qonunchiligiga ko’ra, har bir ishchi yoki
xizmatchi qancha muddatdan
so’ng ta’til olish huquqiqiga ega?
X. Yangi mavzu bayoni: aqliy hujum:
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, bilim olish haqida qanday maqollar va ibratli fikrlarni
bilasizlar?
O’quvchilar:
- Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni.
- Ilmli kishi xor bo’lmas.
- Beshikdan to qabrgacha ilm izla.
- Ilm olish igna bilan quduq qazishga teng.
O’qituvchi: Barakalla, aziz o’quvchilar, insonning ko’rki uning tashqi ko’rinishida emas,
balki uning aql-u odobidadir.
Aynan mana shunday intiluvchan, sog’lom, bir so’z bilan aytganda
bilimli yoshlar jamiyat tayanchidir. Bugun biz sizlar bilan darsligimizdagi “ Bilim olish huquqi”
mavzusi haqida gaplashamiz.
XI. Darslik bilan ishlash.
Bilim olish huquqi.
19
Har kim bilim olish huquqiga ega.
O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi, 41 – moddasidan.
Siz bilan bilim olish huquqi haqida 3 – sinfda ham o’qigan edik. Har bir inson qobiliyati va
intilishiga qarab istaganicha bilim olish huquqiga ega. Aholi uchun yetarlicha umumta’lim
maktablarini ochish davlatning zimmasidadir. Davlat moddiy jihatdan kam ta’minlangan oilalarning
farzandlariga moddiy yordam ko’rsatadi. Bilim olish huquqi barchaga barobar bo’lib, har bir bola
ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar o’qish imkoniyatiga ega.
O’zbekistonda umumiy o’rta ta’lim olish barcha uchun majburiy va bepuldir. Bu har bir
bolaga bilimli bo’lish imkoniyatini beradi. Kelajakda jonajon vatanimizning
munosib farzandlari
bo’lish uchun o’qimishli, bilimli bo’lishimiz lozim. Shuning uchun ham bilim olish bizning nafaqat
huquqimiz, balki burchimiz hamdir.