Mahalla ham tarbiya maskani




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

Mahalla ham tarbiya maskani
Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog‘liq. 
Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila 
bag'rida kamol topganlari kabi oila ham mahalla ichida ravnaq 
topadi, nurli kelajak sari intiladi. Kerak bo‘lsa, mahalla 
oilaning eng yaqin maslahatchisi, tayanchidir.
Sharq xalqlari, chunonchi, o‘zbek xalqi xuddi shu narsani 
biladi, teran ma’no-mazmunini yaxshi tushunadi. Darhaqiqat, 
sharq xalqlari uchun muhim xususiyat xursandchilik kunlari 
ham, boshiga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va 
hamnafas bo‘lishdir. Insonlar o‘rtasidagi bunday birlik va 
hamjihatlikning muhim vositasi - mahalladir.
Mahalla 
haqida 
gap 
ketganda, 
yurtboshimiz
I.A.Karimovning 
bergan 
bahosi 
diqqatga 
sazovordir. 
«Ma’lumki, asrlar moboynida mahallalarda ko‘pdan-ko‘p 
hayotiy muammolar o‘z yechimini topib keladi. To‘y- 
ma’rakalar ham, hayitu hasharlar ham mahalla ahlisiz 
o‘tmaydi. 
Mahallalarda 
siyosiy, 
iqtisodiy 
va 
boshqa 
masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa 
xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga meros
90


bo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o’zi 
mahallalarni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quwatlashni 
taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko‘p qirrali islohotlar 
amalga oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli 
tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim»6.
Darhaqiqat, mahalla o‘zbeklaming tarixan shakllangan 
yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatadigan makoni 
hisoblanadi. U o‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, 
ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, 
milliy 
an’analarini, 
urf-odatlarini, 
axloqiy-ma’naviy 
qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan 
bo‘lib kelgan. Mahalla insonlaming millati, yoshi, jinsi, dini, 
irqi, tili e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy 
mavqeidan qat’i nazar, ulami ezgulik yo‘lida jipslashtimvchi 
va birlashtiruvchi katta oila hisoblanadi. Bu oila insonlaming 
bir-biriga bo‘lgan o‘zaro hurmati, muhabbati, mustahkam 
do‘stligi asosida yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi.
Mahalla 
katta 
mamlakatning 
ichidagi 
kichik 
bir 
mamlakatdir, katta davlat ichra kichik davlatdir. Shuning 
uchun uni boshqaruv tizimi bo‘lgani kabi, uning o‘ziga xos 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy faoliyat mexanizmi ham 
asrlar davomida shakllangan.
Mahallada ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, 
sport, tashkiliy tadbirlar o‘tkaziladi.


Download 5,2 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish