Ichkilikbozlik va giyohvandlikka qarshi tarbiya




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

Ichkilikbozlik va giyohvandlikka qarshi tarbiya
Ichkilikbozlik - inson aqliy va jismoniy kamolotining 
dushmani. Kishilik jamiyatida inson «kayf beruvchi» bu 
ichimlikni yaratibdiki, uni ichib keladi. Ammo hozirgi davrda 
hatto, o‘smir yoshlar, ayollar o‘rtasida ham ichkilikbozlikka, 
giyohvandlikka ruju qo‘yish hollari paydo boimoqda.
Inson onadan ichuvchi yoki kashanda bo‘lib tug‘ilmaydi. 
Buni keltirib chiqaradigan bir qator sabablar mavjud. Ba’zida 
to‘qlikka sho‘xlik qilib ichishadi, ba’zan tashqi salbiy ta’sir 
tufayli ichishadi.
Keyingi 
yillarda 
yoshlar 
o‘rtasida 
ichkilikbozlik, 
giyohvandlik kabi XX asming vabosini tarqalishiga ota- 
onalaming o‘z yumushlari bilan o‘ta bandligi tufayli 
bolalaming nazoratsiz qoldirilishi va ulaming turli'guruhlarga
81


qo‘shilib qolishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga 
e’tibor berilftiayotganligi, ayrim nizolar, er-xotinning ajralish 
hollari, ortiqcha boylik orttirishga ruju qo‘yish, keragidan ortiq 
ta’minlanganlik va boshqalar sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumki, spirtli ichimliklar va turli narkotik moddalami 
iste’mol qilish, insonning moddiy va ma’naviy rivojlanishiga 
salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ichkilik va nashavandlik 
paydo bo‘lgandan buyon undan iste’mol qilmaslikka da’vat 
etib kelinadi. Axloq-odobga oid hadislarda ham bu mashhum 
ichimlikdan saqlanishga da’vat etiladi. Allomalarimizdan Qozi 
ibn Koshifiddin Muhammad (XVII asr) sharob ichishni uch 
bosqichga bo‘ladi.
Birinchisi: ovqat bilan ozgina miqdorda ichish. Bu 
bosqichda kishi uchun xursandchilik hosil bo‘lmaydi. Ammo 
chanqashlik bartaraf bo‘lib, ovqat yaxshi hazm bo‘ladi. Mijozi 
issiq kishilarga shu miqdordan oshirish zarardir.
Ikkinchisi: bunda xushxollik kayfiyati paydo bo‘ladi. Biroq 
bosh og‘irlashib, sezgilar buzilish darajasiga bormaydi. Ko‘zni 
uyqu tortish, til sustlashuvi ham bo‘lmaydi. Aql esa joyida 
bo‘ladi.
Uchinchisi: 
bunda til sustlashadi, aql xiralashadi, 
bo‘g‘inlar qaltiraydi, ya’ni oyoqda to‘g‘ri turolmaydi, bu holat 
mastlik deb ataladi. Hakimlaming ta’kidlashicha, shu darajada 
ichish salomatlikka zarardir.
Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Beruniy, Ibn Sino, Umar 
Hayyom, Sa’diy, Alisher Navoiy kabi donishmandlarimiz ham 
ichkilikbozlikning zararli oqibatlarini qayd qilishib, odamlami 
unga ruju qo‘ymaslikka da’vat etdilar.
Ichkilik odamni subutsiz, beburt, yolg‘onchi, razil kishiga 
aylantirib qo‘yadi. U miyaga qattiq ta’sir etadi, jigami, asabni 
ishdan chiqaradi, yurak faoliyatini zaiflashtiradi, me’da 
faoliyatini uzaytiradi.
82


Ichimlik 
ichgan 
odam 
or-nomus, 
urf-odat 
va 
mulozamatlarga yomon murtosabatda, shuningdek, rahm- 
shafqat degan tushunchalardan uzoqda boiadi. Bunday kishilar 
o‘ta surbet, parishonxotir, nafosatsiz, didsiz jonli bir maxluqqa 
aylanib qoladilar.
Hakimlarning yozishicha, ichkilikka ruju qo‘ygan kishida 
quyidagi illatlar mujassam boiadi:
«Vasvasa, tentaklik, xotiraning buzilishi, aqlsizlik, uyqu 
bosishi, sarosimalik, tomoq og‘rig‘i, beparvolik, befahmlik, 
uyquning buzilishi, balg‘am va safroviy qaltirash «terlatuvchi» 
isitma, tif, panja bo‘ginlarining og‘rig‘i, plevrit, meningit, jigar 
zaifligi, 
bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘i, issiq shishlar, issiq, 
isitmalar, ishtahaning buzilishi, zehnning o‘tmaslashuvi, 
tutqanoq, 
qaltiroq, falaj, ko‘zdan yosh oqishi, ko‘zning 
xiralashuvi ko‘z zaifligi, asablaming sustlashuvi, kam 
quvvatlik, uyquda cho‘chish, bosh aylanishi va quloq 
ogirligi».
Ichkilik kishilarda maqsadsiz mag‘rurlikni kuchaytiradi. 
Piyonista odamning hamma harakatlari be’mani bo‘lib, 
atrofdagilarga masxara boiadi. Vujudiga titroq kiradi, aql 
chirog‘i xiralashadi, o‘zi qaltiraydi, og‘zi ham, so‘zi ham 
be’maza 
boiadi. 
Kaykovus 
ta’biri 
bilan 
aytganda: 
«Sharobxo‘rlikning hosili ikki narsadir: yo bemorlik, yo 
devonalikdir, chunki sharobxo‘r yo mast boiadi yo axmoq. 
Agar mast boisa, devonalar jumlasidan boiadi, agar axmoq 
boisa, bemorlar hisobiga kiradi, chunki xumor bemorlikning 
bir navidir, demak, bunday ishga moyil boiishning nima 
keragi borki, yo kishi devona boiadi yoki bemor boiadi...
Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy 
taraqqiyotiga 
zarba 
beruvchi 
illatlardan 
yana 
biri 
giyohvandlikdir. Giyohvandlik ham ichkilikbozlik kabi inson 
salomatligining kushandasidir. Giyohvandlik atamasining
83


lug‘aviy ma’nosi giyo (X) - ba’zi o‘simliklaming shirasidan 
tayyorlanadigan narkotik mahsulotlardir (nasha, qora dori, 
ko‘knori va shu kabilar).
Giyohvandlik - nasha, qora dori, ko‘knori va shu kabi 
narkotiklami iste’mol qilishga odatlangan odamni bangi, 
nashavand, narkaman deyishadi.
Giyohvandlik esa bir yoki bir necha xil narkotik moddalar 
(morfin, afyun, nasha va boshqalar)ga o‘rganib qolib, ulami 
iste’mol qilmaslikdan turolmaslik, xumor tutish holatidir.
Taniqli sayyoh Xristofor Kolumb XV asrda Markaziy 
Amerikadan Yevropaga giyohvand o‘simligining bargini 
keltirganida, shifobaxsh modda va uning tutuni turli 
kasalliklarga dori deb uning quritilgan bargidan naycha qilib 
odamlarga chekishni o‘rgatganida, uning insoniy at uchun 
naqadar xavfli ekanligini bilmagan bo‘lsa kerak. Shu sababli, 
uni ekish va ko‘paytirishga alohida e’tibor beriladi. Birinchi 
bo‘lib bu o‘simlik Yevropada shved tabiatshunosi Karl Linney 
tomonidan o‘stirildi va Jan Niko degan kishi sharafiga 
«nikotin» deb nom beriladi.
Nikotin tutuni tarkibida nikotin, oltingugurt, ammialc, azot, 
turli efir moylari, chumoli kislotasi, sirka va valeriana kislotalari, 
shuningdek, inson oraganizmi uchun zararli bo‘lgan turli zaharli 
moddalar mavjud.
Giyohvandlik asosan uch turga boiinadi: ko‘knori giyohi, nasha 
giyohi, tamaki giyohi. Ko‘knori giyohi tarkibida xuddi o‘tkir ta’sir 
etuvchi narkotik modda bo‘lib, uning tanasidan maxsus asboblar 
vositasida shilimshiq, yelimsimon modda sizdirib olinadi. Bu modda 
«qora dori» deb atalib, undan iste’mol qilgan lashi jismoniy va aqliy 
tomondan zaif, turli jinoyatlar sodir etishdan qaytmaydigan, bir umr 
farzand ko‘rmaydigan ham bo‘lib qoladi. Surunkali «qora dori» 
iste’mol qiluvchilami xalqimiz «ko‘knorilar» deb ataydi. Ko‘knorilar 
jamiyat uchun ham, oila uchun ham xavfli hisoblanadi.
84


Nasha giyohini iste’mol qiluvchilar «bangilar» deb ataladi. 
Nasha giyohini dumaloq holda, 
sigaretalarga 'qo‘shib 
chekadilar va ovqatlarga aralashtirib, geroin qon tomiriga 
qo‘yish orqali iste’mol qilinadi. Bangilik insonni odamiylik 
xususiyatlaridan mahrum etadi. Ular odam oidirish, o‘g‘irlik, 
qaroqchilik kabi turli vahshiyliklar qilishdan ham toymaydilar. 
Nasha giyohi 0 ‘rta Osiyo hududidagi ba’zi joylarda yashirin 
holda ekib, o‘stiriladi. Bugungi kunda mamlakatimizda nasha 
giyohining zararli oqibatlarini tugatish maqsadida uni ekuvchi 
va ko‘paytiruvchilarga qarshi keskin kurash olib borilmoqda, 
ular qonun tomonidan jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Tamaki tutuni oshqozon, gastrit, o‘n ikki barmoqli ichak 
yarasi kabi kasalliklami, qonning buzilishini ham keltirib 
chiqaradi, ovoz pardalarini dag‘allashtiradi.
Narkotik moddalaming qaysi turini iste’mol qilishdan qat’i 
nazar, hammasi ham naslga yomon ta’sir etadi. Narkoman ayol 
yoki erkakning farzandlari tug‘ma nogiron, mayib-majruh, aqli 
zaif, jismoniy rivojlanmaydigan boiib tug‘iladilar.
Oilada bolaning tug‘ilishi ba’zan quvonch emas tashvish
g‘am keltiradi. Ichuvchi ota-onadan ishyoqmas, ma’nan 
qashshoq, aqlan zaif, beqaror, xunuk, badfe’l, jinnisifat, dovdir 
farzandlar tug‘iladi. Bunday bolalar ota-ona uchun ham, 
jamiyat uchun ham falokatdir.
Kuzatishlarimizdan shunday xulosaga keldikki, llOOga 
yaqin aqli zaif bolalaming 400 tasining onasi, 700 tasining 
otasi ham, onasi ham spirtli • ichimlik iste’mol qilar ekan. 
Fransuz shifokori Demma 20 yil davomida eri ham, xotini ham 
ichkilikbozlikka berilgan o‘nta oilani kuzatgan. Bu oilalarda 
tug‘ilgan 60 bolaning 26 tasi yoshiga yetmay oigan, 6 tasi 
tutqanoq, 7 tasining bosh miyasi suyilgan, 14 tasi aqli zaif 
boigan, faqat 10 tasigina sogiom tugilgan.
85


Tutqanoq kasali bilan og‘rigan har 100 boladan 60 tasining 
ota-onasi ashaddiy ichuvchi ekan. Ichimlik turli jinoyatlar 
qilishning asosidir. Faktlarga murojaat qilinsa, 70 foizga yaqin 
qotillik, 80-90 foiz bezorilik, asosan mastlikda ro‘y berar ekan. 
Agar spirtli ichimliklar iste’mol qilish 35 foizga kamaytirilsa, 
qotillik 40 foiz, bezorilik 25 foizga kamayadi. 100 gramm aroq 
ichish inson jismidagi faol ishlayotgan 7.500 to‘qimani yo‘q 
qiladi. 75 gramm aroq iste’mol qilgandan so‘ng muskullaming 
kuchi 20—40 foizga kamayadi. Bu esa mehnat unumdorligini 
pasayishiga olib keladi.
Erkak kishi alkogolizmga o‘rganish uchun 7-10 yil doimiy 
ichishi kerak boisa, ayol 1-3 yil mobaynida o‘rganib qoladi. 
13-14 yoshli o‘g‘il yoki qiz bolaga beriladigan 1 qadah vino 
katta yoshli odamning bir shisha aroq ichgani kabi yomon 
ta’sir etadi.
Oilada ichkilikbozlikmi, giyohvandlikmi, kashandalikmi, 
nosvoy chekishmi, qaysi biri mavjud ekan, bunday oilada 
sogiom
fikrli 
farzand 
kamoloti, 
oilaviy 
baxtiyorlik, 
hamjihatlik, 
o'zaro 
ma’naviy-madaniy 
hurmat-izzatning 
boiishi mumkin emas.
Oilaning pok turmush tarzi, dunyoqarashi, ota-onaning 
halolligi, pokligi, mehnatsevarligi, e’tiqodi, farzandlami 
ichkilikbozlikdan, giyohvandlikdan, kashandalikdan asrovchi 
mezon hisoblanadi.
Ichkilikbozlik, 
giyohvandlik, 
kashandalikning 
oldini 
olishda barcha taiim muassasalari, oila va jamoatchilik 
hamkorligi alohida o‘rin tutadi.

Download 5,2 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ichkilikbozlik va giyohvandlikka qarshi tarbiya

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish